MAVZU: Mehmonxonalarni tasniflash tizimi
Yevropada tasniflash tizimi mehmonxona misolida
Yevropa tasniflash tizimi
Mehmonxona xizmatlarining sifatini boshqarish masalalarini hal qilishda mehmonxona korxonalarini shinamlik darajasiga qarab tasniflash katta rol o‘ynaydi.
Shinamlik darajasi - kompleks mezon. U quyidagilardan tarkib topadi:
nomerlar fondining holati: nomerlar maydoni (m2), bir o‘rinli (bir xonali), ko‘p xonali nomerlar, apartament nomerlarning ulushi, kommunal qulayliklarning mavjudligi va h.k.;
mebel, inventar, sanitariya-gigiyena ashyolari va sh.k.ning holati;
ovqatlanish korxonalari: restoranlar, qahvaxonalar, barlar va h.k.ning mavjudligi va holati;
binoning, unga keladigan yo‘llarning holati, mehmonxonaga yondosh hududning obodonlashtirilganligi;
axborot bilan taminlash va texnik jihozlash, shu jumladan telefon, yo‘ldosh aloqasi, televizorlar, muzlatgichlar, mini-barlar, mini-seyflar va h.k.ning mavjudligi;
ayrim qo‘shimcha bepul va pullik xizmatlar ko‘rsatish imkoniyatining mavjudligi.
Hozirda jahonda malum 30 dan ortiq tasniflash tizimlari zamirida shinamlik darajasi yotadi. Ular orasida quyidagi tasniflash tizimlari ayniqsa keng tarqalgan:
Do'stlaringiz bilan baham: |