Kapitalizmga o‘tish, uning rivoji, millatlar va milliy tillarning yuzaga kelishi, milliy iftixor kabilar qator tillarning grammatikasini tuzishga, yaratishga undadi. Ayni davrda arman, fors, venger, yapon, koreys, ispan, niderland, fransuz, ingliz, polyak, chex, nemis, ukrain va boshqa tillarning grammatikasi hamda leksikasiga oid asarlar yaratildi. - Kapitalizmga o‘tish, uning rivoji, millatlar va milliy tillarning yuzaga kelishi, milliy iftixor kabilar qator tillarning grammatikasini tuzishga, yaratishga undadi. Ayni davrda arman, fors, venger, yapon, koreys, ispan, niderland, fransuz, ingliz, polyak, chex, nemis, ukrain va boshqa tillarning grammatikasi hamda leksikasiga oid asarlar yaratildi.
- Ushbu davrda lisoniy materiallarni to‘plab, yig‘ib borish ularning mohiyatini tushunish, mazmunini anglash bilan birgalikda olib borildiki, natijada til haqida e’tiborli fikrlar o‘rtaga tashlandi. Jumladan, faylasuf Bekon “tildan boshqa aloqa vositasi mavjud” desa, faylasuf Lokk “tovush bilan tushuncha o‘rtasida tabiiy bog‘lanish yo‘q”, degan asosli fikrni ta’kidladi. Faylasuf Leybnits mantiqiy-matematik asosga qurilgan xalqaro til yaratish masalasini ko‘tardi.
Yevropa olimlarining – yunon va rimliklarning boy madaniy va ma’rifiy merosini egallashlari juda katta mehnat natijasida va lotin tiliga oid qator asarlarning – matnlarning nashr qilinishi hamda ularni sharhlash natijasida mumkin bo‘ldi. - Yevropa olimlarining – yunon va rimliklarning boy madaniy va ma’rifiy merosini egallashlari juda katta mehnat natijasida va lotin tiliga oid qator asarlarning – matnlarning nashr qilinishi hamda ularni sharhlash natijasida mumkin bo‘ldi.
- Antik (yoki klassik filologiya) davrining adabiy asarlarini nashr qilish va ularga lisoniy sharhlar yozishda, ayniqsa, quyidagi olimlarning xizmatlari, mehnatlari katta bo‘ldi. Bular: Jyul Sezar Skaliger (1484-1558), Robert Stefanus (1503-1559), uning o‘g‘li Genrix Stefanus (1528-1598), Gerxardt Iogann Fossiy, Sharl Dyukanj, Iogann Reyxlin, Iogann Melanxton va boshqalar.
- J. Skaliger «Lotin tili asoslari haqida» (1540) asarini yaratgan bo‘lsa, R. Stefanus «Lotin tili xazinasi» (1553) tadqiqotini e’lon qiladi. G. Stefanus esa yunon tiliga bag‘ishlab, «Grek tili xazinasi» asarini chop ettirdi.
Do'stlaringiz bilan baham: |