Yevropod irqiga keruvchi xalqlar Mangaloid irqiga keruvchi xalqlar Negroid irqiga keruvchi xalqlar


Avstraloid irqiga keruvchi xalqlar


Download 18.24 Kb.
bet4/4
Sana21.02.2023
Hajmi18.24 Kb.
#1219517
1   2   3   4
Bog'liq
6-mavzu

4.Avstraloid irqiga keruvchi xalqlar


Avstroloidlar terisining rangi qoramtir, sochlari qora to‘lqinsimon, jingalak va qattiq, yonoq va bosh suyaklari oldinga chiqqan bo‘ladi, burunlari katta, lablari qalin bo‘ladi. Yuzlarida va tanasi jundor bo‘ladi. Janubiy Hindiston va Shri-Lankada veddoid, dravid va hatto avstraloid-negritos tiplarini ham uchratish mumkin. Ayrim tadqiqotchilar qit’aning tub aholisi negroid va yevropoid irqlar oralig‘ida paydo bo‘lgan deyishsa, boshqa olimlar Avstraliyaliklarni katta negroavstraloid «ekvatorial» irqining maxsus tipi, deb hisoblaydilar. Ularning sochlari qora, yevropoidlarnikidek to‘lqinsimon, soqol-mo‘ylovlari va badan tuklari qalin, terisining rangi negroidlarnikiga o‘xshashroq to‘q jigarrang, kalla suyagi uzunchoqroq, peshonasi nishablik, qosh usti suyagi chiqqan, labi qalin va burni kengroq, bo‘yi o‘rtacha yoki balandroq. Bunga o‘xshash tiplarni Avstraliyadan tashqari Indoneziyada yoki janubi-sharqiy Osiyoda, (masalan,Shri-Lankadagi veddalar), Hindistonning janubidagi qabilalarda uchratish mumkin. Shuning uchun ham mazkur tip fanda ba’zan «vedda - avstraloid», deb ham yuritiladi. Hozirgi klassifikatsiyaga binoan katta avstroloid irqiga Avstraliyaning tub aholisi, papuaslar va melaneziyaliklar, negrotoslar va veddioidlar kiradi. Demak, Avstraliyalik va tasmaniyaliklarning ajdodlari bir zamonlar janubi-sharqiy Osiyoda va Indoneziyada yashaganlar. Qit’aning geografik joylanishi va Yava oroli (Vadyak)da topilgan avstraloid tipidagi ikkita kalla suyagining qoldiqlari bunga dalil bo‘la oladi. Avstraliya hududining sharqiy va janubi-sharqiy qismlarida topilgan qadimiy kalla suyagi qoldiqlari bu yerda odamlarning uzoq o‘tmishda joylashuvi va Vadyak topilmalariga o‘xshashligi etnogenez masalalariga ancha aniqlik kiritgan edi. Ayniqsa, Keylor (1940-y.) makonidagi kalla suyagi tuzilishi jihatidan hozirgi Avstraliyaliklarga yaqin turadi. Tasmaniyaliklarning kelib chiqishi hali to‘liq aniqlanmagan. Ular sochining jingalakligi, badanining to‘q jigarrangligi, past bo‘yligi bilan Avstraliyaliklardan farq qilganlar. Tasmaniyaliklar antropologik tuzilishi bilan melaneziyaliklarga, ayniqsa, Yangi Kaledoniyadagi tub aholiga o‘xshab ketadi. Aslida, olimlarning fikricha, tasmaniyaliklar qadim davrlarda Avstraliyadan siqib chiqarilgan tub aholining avlodlaridir.
Download 18.24 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling