Yeyilishga ta’sir qiluvchi omillar va detallarning shikastlanish turlari
Download 419.06 Kb.
|
Yeyilishga ta’sir etuvchi omillar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishqalanuvchi sirtning sifati.
ANDIJON MASHINASOZLIK INSTITUTI YUTT VA UE YO`NALISHI 4-KURS 355-19 GURUH TALABASI O`RINBOYEVA SEVARA, ISROILOVA MAHLIYO VA SHUXRATJONOVA SEVARANING ISHQALANISH VA YEYILISH ASOSLARI FANIDAN TAYYORLAGAN MUSTAQIL ISHIYeyilishga ta’sir qiluvchi omillar va detallarning shikastlanish turlari Mashinalar detallari sirtining yeyilish jarayoni murakkab bo‘lib, ko‘pgina omillarga bog‘liq. Bu omillar mashinalardan foydalanish sharoitlarida turlicha bo‘ladi. Ulaiga birinchi navbatda quyidagilar kiradi: detallar sirtiga tushadigan yuklanish; tutashmalar ishining harorat tartibi; moyning borligi, xarakteri va xossalari; moylash ashyosining mexanik aralashmalar bilan ifloslanganlik darajasi, aralashmalar tarkibi hamda o'lchamlari; detallarning bir-biriga nisbatan joylashishi (qo‘zg‘aluvchan tutashmalar uchun); tutash juftliklarning boshqa ish sharoitlari (titrashga, korroziyaga uchrashi va hokazo). Ishqalanuvchi sirtning sifati. Sirtning sifati deganda detal geometrik parametrlarining va ana shu detalni tayyorlashda ishlatiladigan ashyo sirtqi qatlami fizik xossalarining majmuyi tushuniladi. Detallarning fizik xossalariga tuzilish mikro qattiqlik, parchala- nish chuqurligi, qoldiq zo’riqish, issiqqa chidamlilik, moy bilan o‘zaro ta’sirlanish, kimyoviy vosita, kislorod va gazlar bilan o‘zaro ta’sirlanish va shu kabilar kiradi. Standartlarda detallarning mikrogeometriyasi, g‘adir-budirligi va sirtqi qattiqligi belgilangan, bu esa metall sirtqi qatlamining tuzilishi haqida fikr yuritish imkonini beradi. Tutash detallarning yeyilishiga faqat asosiy omillar hal qiluvchi ta’sir ko‘rsatadi. Ana shu omillami aniqlab olish lozim. Masalan, sirpanish podshipniklari (seyalkalar, kultivatorlaming tayanch g'altaklaridagi ishqalanuvchi juftliklar, paxta terish mashinasi shpindelining pastki tayanchi) uchun bunday omillarga yuklanishning kattaligi va ta’sir qi- lish xarakterini, detallar ishqalanuvchi sirtlarining sirpanish tezligi va ularning o‘zaro ta’sirlashadigan mintaqadagi muhitning holatini ko'rsatish mumkin. Traktorlarda mazkur juftliklaiga tirsakli val va taqsim- lash valining podshipnikli uzellari misol bo'ladi. Ishqalanuvchi juftliklarning yuklanish tartibi (rejimi) podshipnikka tushadigan solishtirma yuklanish bilan ifodalanadi. Uning o‘rtacha qiymati 4— 7 MPa ga, jadallashtirilgan dizellar uchun ko‘pi bilan 12—13 MPa ga teng. Tutash detallarning sirpanish tezligi dvigatel tirsakli valining aylanish chastotasiga qarab 6—7 m/s atrofida (10 m/s gacha) bo'ladi. Download 419.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling