Yeyilishga ta’sir qiluvchi omillar va detallarning shikastlanish turlari
Mashinalar detallarining ieyilish mexanizmi va ulaming kam hi- liklari
Download 419.06 Kb.
|
Yeyilishga ta’sir etuvchi omillar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Siyqalanish.
Mashinalar detallarining ieyilish mexanizmi va ulaming kam hi- liklari. Ma’lumki, hatto sinchiklab ishlov berilgan sirtlarda ham notekisliklar qoladi. Ishqalanuvchi sirtlar bir-biriga nisbatan suril- ganda notekisliklaming ayrim chiqiqlari faqat qayishqoq deformatsiyaga uchraydi, yuklanish olingandan so‘ng bu deformatsiya yo‘qoladi.
Notekisliklaming boshqa chiqiqlari esa plastik deformatsiyaga uchraydi (egiladi, eziladi, siljiydi). Bundan tashqari, tutashish sirti kichik bo‘lganidan ayrim chi- qiqlarga tushadigan haqiqiy solishtirma yuklanishlar hisobiy yuklan- ishlardan ancha katta bo‘ladi. Chunonchi, podshipnikka tushadigan hisobiy yuklanish 3 MPa ga teng bo‘lganda sirtning ayrim nuqtalari- dagi haqiqiy solishtirma bosim 3 MPa ga yetishi mumkin. Katta solishtirma yuklanishlar tez paydo bo'lganda sirtning ayrim qismlari 450— 1000° C gacha qiziydi, bu esa ulaming erib, bir-biriga yopishib qolishga va keyin qotgan qismlarning uzilishiga olib keladi. Natijada sirtlarda erigan va olingan joylar paydo bo‘ladi. Mashinalaring yangi yoki tiklangan detallari noto‘g‘ri siyqalantirilganda, shuningdek, detal- larni tikiash va uzellarni yig'ish texnologiyasi buzilganda ko‘proq yuqoridagi hodisalar sodir bo‘ladi. Ishqalanuvchi sirtlarning oddiy ko‘z bilan yoki mikroskop orqali aniqlanadigan yemirilishi alohida elementar jarayonlar ko‘rinishida sodir bo‘ladi. Bu jarayonlarning qo‘shilib ketishi sirtlarning ashyosiga va ishqalanish sharoitiga bog‘liq. Ishqalanuvchi sirtlar yemirilishining oddiy turlari quyidagilardan iborat: Siyqalanish. Ishqalanuvchi sirtlarda mayda notekislik va g‘ovaklar bo‘lishi zarur, chunki ular qiziydigan chiqiqlar va moy uchun mikrosovitgichlar vazifasini o‘taydi. Shu sababli, tiklashdan yoki tayyorlashdan so‘ng detallar sirtida yuzaga keladigan notekisliklar eng maqbul g‘adir-budirlikka ega bo‘lishi, bu g'adir-budirlik detallar me’yorida siyqalanganidan keyin vujudga keladigan notekisliklarga mos kelishi kerak. Bu talab bajarilmasa, siyqalanish jarayonida detallarning ishqalanuvchi sirtlari tez yemiriladi va ulaming o‘lchamlari o‘zgaradi. Bu hodisa notekisliklar ushbu tutashmaning ishlash sharoiti, sirtlarning ashyosi va hokazolar bilan belgilanadigan o‘lchamgacha kichraygunga qadar davom etadi. Detallarga yaxshilab ishlov berilsa, uning sirtlarida notekisliklar kamroq bo‘ladi. Bu holda siyqalanish jarayonida sirtlar kam yeyiladi. Ammo ishlov berishning bu usuli samarasizdir, chunki silliq sirt hosil qilish uchun qimmat va sermehnat jarayonlar talab etiladi. Boshqa tomondan, ko‘pgina detallar (plunjerlar, silindrlarning silliq sirti va hokazo) uchun buning zarurati yo‘q, chunki ma’lum vaqt o‘tganidan keyin ularning g‘adir-budirligi eng maqbul qiy- matga yetadi. Download 419.06 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling