Yig’ilish raisi: n usmonov Yig’ilish kotib: n nurboeva Qatnashdi
Download 16.5 Kb.
|
giyohvandlik bayonnoma
- Bu sahifa navigatsiya:
- QAROR QILADI
- Yig’ilish raisi: N Usmonov Yig’ilish kotib: N Nurboeva
Jizzax viloyati Mirzacho’l tumani 13-umumiy o`rta ta`lim maktabida “Giyohvandlik asr vabosi” mavzusida o`tkazilgan yig`ilish BAYONNOMASI “ ”____________2017 yil Yig’ilish raisi: N Usmonov Yig’ilish kotib: N Nurboeva Qatnashdi : Maktab jamoasi, 8-9 sinf o`quvchilari, Mirzacho’l tumani IIBning Voyaga yetmaganlar va yoshlar o`rtasida huquqbuzarlikning oldini olish xizmatining katta letinanti Q.Suvanov “Giyohvandlik asr vabosi” Eshitildi: Mirzacho’l tumani IIBning Voyaga yetmaganlar va yoshlar o`rtasida huquqbuzarlikning oldini olish xizmatining katta letinanti Q.Suvanov so‘zga chiqib mamlakatimizda giyohvandlik, narkotik moddalarning noqonuniy aylanishiga qarshi kurashish borasida samarali ishlar olib borilayotganini alohida ta’kidladilar. Zero, giyohvandlik kishilar sog‘lig‘iga putur yetkazib qolmay, butun jamiyat, kelajak uchun ham xavfli oqibatlar keltirib chiqarishi yaxshi ma’lum. Ayni vaqtda giyohvandlikning yoshlar o‘rtasida yoyilishini bartaraf etish, jamiyatda ijtimoiy-ma’naviy muhitni yanada sog‘lomlashtirish, o‘sib kelayotgan yosh avlodni buyuk ajdodlarimizga munosib vorislar etib tarbiyalash maqsadida huquq-tartibot idoralari, jamoat tashkilotlari, mahallalar, ta’lim va tibbiyot muassasalari tomonidan olib borilayotgan ishlar to‘g‘risida atroflicha so‘zladi. Giyohvandlikka qarshi kurashishda mahalla, ta’lim dargohlari va jamoat tashkilotlarining hamkorligi muhim ahamiyat kasb etadi, yig’ilishdan ko‘zlangan asosiy maqsad yoshlarga asr vabosining salbiy oqibatlarini hayotiy misollar orqali ko‘rsatib berishdan iborat. Maktab xotin qizlar qo`mitasi raisi F.Umirova so`ziga chiqib Mamlakatimizda hukm surayotgan tinchlik-osoyishtalik, millatlararo totuvlik, milliy qadriyatlar va an’analarning rivojlanishi iqtisodiyotimiz yuksalishi va xalqimiz farovonligining yanada oshishiga xizmat qilayotgani ta’kidlandi. Bugungi kunda tumanda o‘ndan ziyod millat va elat vakillari ahil-inoq yashamoqda. Tuman xotin-qizlari orasida iqtisodiyot, madaniyat va san’at, sport kabi talay sohalarda o‘z kuch va imkoniyatlarini namoyon etayotganlar ko‘p. Fermerlik va tadbirkorlik sohasida faoliyat yuritayotgan ayollar soni ham muttasil o‘smoqda. Ayni paytda ularni har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga, huquq va manfaatlarini himoyalashga katta e’tibor qaratilayapti. MMIB direktor o’rinbosari U.Tovbayev : Sir emaski, bugungi kunda giyohvand moddalar bilan bog`liq muammolar dunyoning hamma mamlakatlari uchun jiddiy xavf tug`dirib, o`sib kelayotgan avlod salomatligi, barkamol rivojlanishi uchun to`siq bo`lmoqda. Chunki giyohvandlik vabosiga asosan yoshlar chalingan. Mamlakatimizda giyohvandlik va giyohvand moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurash davlat tizimi yaratilgan. Unda huquqni muhofaza qilish organlari, sog`liqni saqlash, ta`lim, madaniyat muassasalari kiritilgan. Ushbu masala yuzasidan yug`ilish QAROR QILADI : O`quvchilar o`rtasida “Giyoxvandlik-asr vabosi” mavzusida ma`naviy-ma`rifiy kechalar tashkil qilinsin. Tasviriy san`at fani o`qituvchisi O.Qudratov “Giyoxvandlik-asr vabosi” mavzusida rasmlar tanlovi o`tkazilsin. Ushbu qarorning bajarilishini nazorat qilishni o`z zimmamda qoldiraman. Yig’ilish raisi: N Usmonov Yig’ilish kotib: N Nurboeva Download 16.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling