Yig’ilishbayoni №1
Download 171.5 Kb.
|
Amaliy fanlar MB Bayyonnomasi
- Bu sahifa navigatsiya:
- YIG’ILISH B A Y O N I №6 Sultonravot MFY 25. 02. 2023 yil Metodbirlashma rahbari- O.Sa’diyeva
Yig’ilish raisi : O.Sa`diyeva
Kotib: D.Qo`chqorova Toshkent viloyati Yuqori Chirchiq tuman 10-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabining Amaliy fanlar (musiqa madaniyati, tasviriy san’at, chizmachilik, texnologiya, jismoniy tarbiya, CHQBT) MetodbirlashmasiningYIG’ILISH B A Y O N I №6 Sultonravot MFY 25. 02. 2023 yil Metodbirlashma rahbari- O.Sa’diyeva Metodbirlashma mas’ul kotibi- D.Qo’chqorova Qatnashdi: Metodbirlashma a’zolari: 8 nafar KUN TARTIBIDAGI MASALALAR: 1. Fanlardan o’tkaziladigan “Fan olimpiadalari” va “Bilimlar bellashuvi”ning maktab bosqichiga tayyorgarlik ko’rish ishlari, o’tkazilishi va natijalarining tahlili. 2. Metod birlashma a’zolari tomonidan tashkil etilgan ochiq dasrlarning “Dars muqaddas” tavsiyasida berilgan darslarning tahlili turlariga ko’ra tahlil etilishi va qayd etilgan yutuq va kamchiliklari to’g’risida, hamda o’qituvchilarning me’yoriy hujjatlarini yuritilishi. 3. Metod birlashmada “O’rgan - o’rgat” tadbirlari bo’yicha amalga oshirilgan ishlar va ularning tahlili, darsdagi kompetensiyalar, DTS talablari, o’quv dasturlari to’g’risida ma’lumotlar. Eshitildi: Birinchi masala yuzasidan metod birlashma a’zosi O.Sa`diyeva so’zi; U o’z so’zida chizmachilik fanidan 2022 – 2023 o’quv yili davomida o’tkaziladigan olimpiadaning maktab bosqichini o’tkazish va iqtidorli o’quvchilarni aniqlash, ularni qiziqishlarini qo’llab quvvatlash, tasviriy san’at va chizmachilik fanlaridan olib borilayotgan to’garaklarda chizilgan rasmlar bo’yicha maktabda “Yosh rassomlar” ko’rik tanlovini o’tkazish, tanlovda o’qituvchi va o’quvchilarimizni faol qatnashishlarini, “Amaliy fanlar” metod birlashma a’zolarining 5 ta muhim tashabbus bo’yicha olib borilayotgan ishlarimizni va o’quvchilarimizni tuman, viloyat va Respublika miqyosida ommalashtirish, ko’rik tanlovlarda faol qatnashishkerakligi to’g’risida atroflicha ma’lumot berdi. Eshitildi: Ikkinchi masala yuzasidan metod birlashma rahbari O.Sa`diyeva so’zi; U o’z so’zida; “Amaliy fanlar” metod birlashma a’zolariga yaxshi kayfiyat doimo hamroh bo’lishligi tiladi. Har bir metod birlashma a’zolari o’zlari dars berayotgan fanlaridan, darslarini samarali o’tishlari uchun, yangi metodlardan to’g’ri foydalanishlari, o’quvchilarni darslariga har tomonlari qiziqtirish, dars davomida iqtidorli va bo’sh o’zlashtiruvchi oq’uvchilarni aniqlash va ochiq darslar tashkil etishlari kerakligini va kundalik dars ishlanmalarini kompyuter savodxonligi yuqori bo’lgan o’qituvchilar kompyuterda yozishlari aytildi. Yozilgan kundalik dars ishlanmalarida darsning maqsadlarini tartib bilan yozishlari va yangiliklardan qo’shib ketishlari aytildi. Har bir o’qituvchi dars tahlilliga kirishlari va o’zlariga kerakli bo’lgan bilimlarni olishlari aytildi. Eshitildi: Uchinchi masala yuzasidan metod birlashma rahbari O.Sa`diyeva so’zi; U o’z so’zida; “Amaliy fanlar” metod birlashmasida “O’rgan-o’rgat” tadbirlari bo’yicha har bir metod birlashma a’zolari yangiliklardan xabardor bo’lib borishlari, yangi qarorlarni mazmun mohiyatini tushunib olishlarini hamda Davlat Ta’lim Standartida belgilab qo’yilgan vazifalarni mazmun mohiyati, o`quv dasturlaridan foydalanish, darsda o’quvchilarda shakllantirilayotgan kompetensiyalar va ularning mazmun mohiyati haqida batafsil ma’lumot berib o’tdi. Prezidentimiz tomonlaridan Yoshlarimizni ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish bo’yicha 5 ta muhim tashabbus yuzasidan har bir fan o’qituvchilari o’quvchilarni qiziqishlari bo’yicha ish olib borishlari aytildi. Muzokaraga metod birlashma raisi O.Sa`diyeva so’zga chiqdi. U o’z so’zida “Amaliy fanlar” metod birlashma a’zolari qobiliyatli o’quvchilar bilan Xalq hunarmandchiliklari qo’l mehnatlari yasashlari aytdi. Download 171.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling