Yig’ilishbayoni №1


Download 171.5 Kb.
bet14/18
Sana07.03.2023
Hajmi171.5 Kb.
#1246152
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18
Bog'liq
Amaliy fanlar MB Bayyonnomasi

Eshitildi: Ikkinchi masala yuzasidan metod birlashma rahbari O.Sa`diyeva so’zi; U o’z so’zida; “Amaliy fanlar” metod birlashma a’zolariga yaxshi kayfiyat doimo hamroh bo’lishligi tiladi.
Yuqorida SH.SHoyimova bildirilgan fikrlariga qo’shimcha qilib, shuni aytishim mumkinki, Amaliy fanlar doirasida 11 ta to’garaklar sentyabr oyida tashkil qilingan, har bir to’garak o’zining yo’nalishi bo’yicha ish faoliyatini olib boradi.
O’quvchilarning qiziqishlarini yanada oshirish maqsadida, har bir o’quvchi bilan suhbat olib boorish, ularning o’zining qobiliyati, qiziqishi, mayli, hohshiga qarab to’garaklarni tanlab olishgan.
Insonning kelajakda hunarli bo’lishlari uchun, yoshlikdan ularga katta ahamiyat berish kerak. Zero, yoshlikda olingan bilim, toshga o’yilgan naqsh kabidir deb bejiz aytishmagan bobolarimiz.
Prezidentimizning belgilab bergan 5 ta tashabbuslari doirasida har bir to’garak rahbarlari o’zlarini yo’nalishlari bo’yicha ko’proq o’quvchilar bilan shug’ullanishlari aytildi.
Har bir metod birlashma a’zolari o’zlari dars berayotgan fanlaridan, darslarini samarali o’tishlari uchun, yangi metodlardan to’g’ri foydalanishlari, o’quvchilarni darslariga har tomonlari qiziqtirish, dars davomida iqtidorli va bo’sh o’zlashtiruvchi oq’uvchilarni aniqlash va ochiq darslar tashkil etishlari kerakligini va kundalik dars ishlanmalarini kompyuter savodxonligi yuqori bo’lgan o’qituvchilar kompyuterda yozishlari aytildi.
Har bir o’qituvchi dars tahlilliga kirishlari va o’zlariga kerakli bo’lgan bilimlarni olishlari aytildi.
Ma’naviy – marifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: SH.Shoyimova so’zi; U o’z so’zida Amaliy fanlar metodbirlashma a’zolariga Prezidentimizning 5 ta tashabbuslari bo’yicha tushuntirish ishlarini olib bordi.
Muzokaraga metod birlashma raisi O.Sa`diyeva so’zga chiqdi. U o’z so’zida “Amaliy fanlar” metod birlashma a’zolari qobiliyatli o’quvchilar bilan Xalq hunarmandchiliklari qo’l mehnatlari yasashlarini aytdi.
YIG’ILISH QAROR QILADI:
1. Birinchi masala yuzasidan ma’naviy – marifiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari: O. Boymirzayevani tomonidan aytilgan vazifalarni Amaliy fanlar metodbirlashma a’zolari zimmasiga yuklatilsin.
2. Ikkinchi masala yuzasidan metod birlashma rahbari O.Sa`diyeva to’garaklarni tashkil etishda va darslarda Pedagogik faoliyatda interfaol metodlardan foydalanishga alohida ahamiyat berilsin va kamchiliklarni bartaraf etish chora tadbiri hamda “Amaliy fanlar” metod birlashmada “O’rgan-o’rgat” tadbirlari bo’yicha amalga oshirilgan ishlar va ularning tahlili, darsdagi kompetensiyalar, DTS talablari, o’quv dasturlari to’g’risidagi ma’lumotlarni har bir o’qituvchining zimmasiga yuklatilsin.


Download 171.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   18




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling