Yiğish chizmalarida shartlilik va soddalashtirishlar Reja: Umumiy tushunchalar
Format. Spetsifikatsiyada nomi ko’rsatilgan hujjatlarning formati belgisi yoziladi. 2. Zona
Download 498.5 Kb.
|
Yiğish chizmalarida shartlilik va soddalashtirishlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Belgisi.
- Soni.
- Yig’ish chizmasini bajarish
1. Format. Spetsifikatsiyada nomi ko’rsatilgan hujjatlarning formati belgisi yoziladi.
2. Zona. Agar chizmaning maydoni zonalarga GOST 2104-96 ga muvofiq bo’lingan bo’lsa, buyumning tarkibiy qismlari joylashtirilgan zonalar ko’rsatiladi. 3.Pozitsiya. Bunda spetsifikatsiyaga yozilayotgan buyum tarkibiga bevosita kiruvchi qismlarning tartib raqamlari spetsifikatsiyada yozilgan tartibda ko’rsatiladi. Hujjatlar, komplektlar bo’limlari uchun bu grafalar to’ldirilmaydi. 4. Belgisi. Bu yerda konstruktorlik hujjatlarining belgilari yoziladi. Yig’ish chizmasi va spetsifikatsiya bu grafada bir xil belgilanadi, lekin yig’ish chizmasi belgisiga ikki harf YCH (yig’ish chizmasi) qo’shib yoziladi. 5. Nomi. Bu grafada quyidagi ma’lumotlar beriladi. 1) Hujjatlar bo’limida. Bolimning konstruktorlik hujjatlari komplektiga kiruvchi hujjatlarning nomi, masalan, yig’ish chizmasi, gabarit chizmasi, montaj chizmasi, texnikaviy talablar va hokazolar yoziladi; 2) Komplekslar, yig’ish birliklari, detallar va komplektlar bo’limlarida buyumning nomi yoziladi; 3) standart buyumlar bo’limida standartlar tomonidan buyumga berilgan nomerlar ko’rsatiladi; 4) Ashyolar bo’limida standart tomonidan ashyoga berilgan belgilar yoziladi. 5. Soni. Bu grafada buyum tarkibiy qismlarining soni ko’rsatiladi. 6. Eslatma. Bu grafada buyumga tegishli qo’shimcha ma’lumotlar ko’rsatiladi. Standart buyumlar spetsifikatsiyasiga alfavit tartibda, tegishli standartlarda berilgan nomlari va belgilari yozib qo’yiladi, masalan, Bolt M10x60, 58 GOST 7798-96. Spetsifikatsiya grafalarini to’ldirishda har bir bo’limdan keyin bir yoki ikki qator bo’sh qoldiriladi. O’quv chizmalari uchun spetsifikatsiyani to’ldirish namunasi 8.2-shaklda ko’rsatilgan. Yig’ish chizmasini bajarish Mashinasozlik chizmachiligi kursini o’ qitish jarayonida yig’ish chizmalari buyumning asliga qarab bajariladi, bunday yig’ish chizmalari ikki bosqichda bajariladi: avval buyum tarkibiga kiruvchi detallarning eskizlari chiziladi (8.3-8.5-shakllar). So’ngra eskizlarga asosan yig’ish chizmasi bajariladi (8.7–8.11-shakllar). Yig’ish chizmasini bajarish ketma-ketligi blok-sxema ko’rinishida 8.6-shaklda keltirilgan: Adabiyotlar: 1.Qirg’izboyev Y. va b. Mashinasozlik chizmachiligi kursi "O’qituvchi” T., 1974. 2.Mogilniy I.M., Texnika chizmachiligi. "O’qituvchi", T.,1965. Borisov D.M. va b. Chercheniyе. «Prosveshenie». M., 1980. Mixaylenko V.E., Ponamarev A.M., Injenernaya grafika. «Visha shkola», K., 1985. 5.Suvorov S. G., Suvorova N. S. Mashinostroitelnoe cherchenie (v voprosax i otvetax) spravochnik. M., 1984. 6.Vasilenko E.A. i dr. Kartochki zadaniya po chercheniyu. «Prosvesheniya». M., 1984. 7.Fedorenko V.A., Shoshin A.E. Spravochnik po mashinostroitelnomu chercheniyu. L., 1981. Yodgorov J.Y., Narzullayev A.X. Mashinasozlik chizmachiligi, BuxDU, Buxoro, 2006. Download 498.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling