Yigit borki qorg’onim butun


Download 17.43 Kb.
Sana08.06.2023
Hajmi17.43 Kb.
#1464091
Bog'liq
14-январ Ватан химоячи


O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi
Toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika universiteti
San’atshunoslik fakulteti
Musiqa ta’limi yo’nalishi
Ommaviy tadbir ishlanmasi
Mavzu:
_______________________________________________________
Toshkent viloyati Piskent tumani –UO’TM -sinf
Bajardi: TVCHDPU 4-kurs MUT 18/2 guruh talabasi G.Ergashboyeva
Qabul qildi: M.S.Muhitdinova, TVCHDPU Musiqa ta’limi kafedrasi o’qituvchisi
Tadbir O’zbekiston Respublikasi madhiyasi bilan boshlanadi.
1-boshlovchi:
Assalomu aleykum shu yerga yig’ilgan aziz ustozlar va kechamiz mehmonlari.bugun biz yana bir ayyom Vatan himoyachilari kunini nishonlash uchun tashrif buyurganmiz.
2-Boshlovchi:
Shubha yo’qki , bizning o’zbek yigitlari mard , jasur , mehribon, or-nomusli , Vatani tinchligi uchun unda yashayotgan xalqi oilasi qalqon bo’lishga shaydir.
Har bir oilada o’g’il farzand tug’ilsa ota-ona oilamning qo’rg’oni tug’ildi.Vataniga hizmat qiladigan inson bo’lib yetishadi deb duo qilishadi.
Ota-ona doimo farzandini asraydigan hamrohdir.
O’quvchilar tayyorlagan sahna ko’rinishi:
Raqs: O’g’il bolalar ijrosida
1-boshlovchi:
Bizning yigitlarga mardlik, jasurlik, tantilik kabi fazilatlar ajdodlarimizdan meros bo’lib qolgan.Biz buyuk insonlarning avlodlarimiz.
Sohibqiron A.Temur Z.M.Bobur,J.Manguberdi kabi bobolarimiz xalq tinchligi va farovonligi yo’lida kurashib yashaganlar.
Biz ularni fahr bilan hotirlaymiz va ularga munosib farzand bo’lishga harakat qilamiz.
2-o’quvchi:
Mening Temur bobom sohibqironim
Qonida qo’shilgan bir qoshiq qonim
Kimligim angladim sizni tanigan onim
Sizga sodiq bo’ldim bor tanda jonim.
Sahna ko’rinishi: Askarlar hayotidan
1-o’quvchi:
Yigit bo’lsang arslon kabi tug’ilgan
Tanbal bo’lmay hizmat qilgil xalq uchun
Yigit bo’lsang arslon kabi tug’ilgan
O’zni demay , g’amho’rlik qil xalq uchun.
2-o’quvchi:
Berdimurod o’ylab ko’rgil aytgan so’zingni
Ko’tarma lof urib faqat o’zingni
Qizartirmay birov seninng yuzingni
Qo’ldan kelsa , hizmat ayla xalq uchun.
1-o’quvchi:
Yetarsan murodga gar hizmat qilsang
Eling yo’llaganda har qayon ketsang.
Har qachon dushmanning boshiga yetsang
Olqish olib hizmat ayla xalq uchun.
2-o’quvchi:
Yigit kirmas fosiqlarning so’ziga
Aslo tushmas manmanlikning iziga
G’ayrat berib o’lgunicha o’ziga
Xizmat etar mudom qondosh xalq uchun.
Berdaq
She’r.Chegarachi

Chegarada soqchiman
Qo’riqlayman Vatanni
Yashasin ozod zamin
Gul yashnatib jahonni.
Tinchlik bag’rida hayot
Xalqimni deb bedorman
Orom olar mamlakat
Kecha-kunduz hushyorman.
Gullagan O’zbekiston
Kamolimdan nishona
Chegaramni har qachon
Qo’riqlaymsn msrdona.

Qambar ota
Raqs.Qizlar ijrosida .
1-boshlovchi:
Biz uchun qadrli bo’lgan otaxonlarimiz , akajonlar va jajji ukajonlar!bugungi ayyomingiz yana bir bor muborak bo’lsin.siz biz uchun har doim qadrli , aziz insonsiz.
2-boshlovchi:
Aziz yigitlar, bilingki sizning himoayngizda oilangiz , mahallangiz, qo’yingki butun bir xalq turibdi.
Bunday ma’suliyatni hamda sharafli vazifani ado etishingizda sizlarga kuch-qudrat tilab qolamiz.
Shuni unutmangki , biz sizlarga ishonamiz va omad tilaymiz.
1-boshlovchi:
Hurmatli kechamiz mehmonlari,sizlarga ushbu kechani kuzatganingiz uchun minnatdorchilik bildiramiz.Xayr , sog’ bo’ling.

Download 17.43 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling