Т – педагогик технологияси асосида мавзуга оид муҳим тарихий саналарни таҳлил этинг. Изоҳ: қуйидаги схема асосида кўрсатинг.
Muhim sanalar
Sanalarda bo’lgan voqealar
“T” texnologiyasi
1.1917-yil 14 may-
2.1917-yil 1-dekabr-
3.1918-yil 17-fevral-
4. 1918 yil 20 aprel – 1 may kunlari-
5.1918-yil 30-aprel-
1.1917-yil 14 may- Toshkentda mahalliy ishchilarning majlisida musulmon mehnatkashlari, ishchilari deputatlari Sovetining nizomi loyihasi tasdiqlandi.
2.1917-yil 1-dekabr- Turkiston Muxtoriyatining Muvaqqat hukumati a’zolari (barcha 8 kishi) imzolagan maxsus Murojaatnoma e’lon qilindi. Ushbu Murojaatnomada Turkistondagi barcha aholi: irqi, millati, dini, jinsi, yoshi va siyosiy qarashlaridan qat’iy nazar, ular yakdillik va hamjihatlikka da’vat etilgan edi.
3.1918-yil 17-fevral- Muxtor hukumat bolsheviklar bilan muzokara boshladi. Muzokarada muxtoriyatchilar quyidagi talablarni o‘rtaga qo‘ydilar: 1. Shaharni birgalikda boshqarish va uning tarkibida muxtoriyatchilarning ko‘proq vakillari bo‘lishini ta’minlash.2. Harbiy qa’lani shu organning nazorati ostiga olish.3. Militsiyadan boshqa barcha kuchlarni qurosizlantirish. O‘lkada sovet hukumatining shariatga zid dekretlarini bekor qilish. Ammo inqilobiy qo‘mita Muxtoriyatchilarning bu takliflarini rad etdi.
4.1918 yil 20 aprel – 1 may kunlari- Toshkentda Turkiston o‘lkasi Sovetlarining V s’yezdi bo‘lib o‘tdi. Unda “proletar demokratiyasi”ga tegishli tamoyillari bo‘yicha tanlab olingan 251 deputat (shundan 120 tasi tub millat vakillari) ishtirok etdi. S’yezd kun tartibidagi asosiy masala Turkistonda Sovet mafkurasiga asoslangan bolshevikcha avtonomiya yaratish bo‘ldi.
5. 1918 yil 30 aprelda-“Rossiya Sovet Federatsiyasi Turkiston Sovet avtonom respublikasi” haqida Nizomni qabul qildi. Ushbu Nizomda Turkistonda davlat qurilishi asoslari, uning hududi, oliy qonunchilik va ijroiya organlari, mahalliy organlar tuzilishi, vazifalari va ularning sovet Rossiyasi bilan o‘zaro munosabatlari belgilab berildi.
Do'stlaringiz bilan baham: |