Yil 19-dekabr Toshkent shahri Ishtirok etdi: O’tibdo’ Ziyatova N. U. Qatnashdi
Download 22.35 Kb.
|
1 2
Bog'liq(3)372qaror
Shayxontohur tumani 324-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabi “Aniq fanlar” metod birlashmasining navbatdan tashqari -sonli yig‘ilish bayonnomasi 2022- yil 19-dekabr Toshkent shahri Ishtirok etdi: O’TIBDO’ Ziyatova N.U. Qatnashdi: Metod birlashma a’zolari Kun tartibida: 1. XTVning 2022-yil 05-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida « gi 372- sonli buyrug`i bilan pedagog xodimlarni tanishtirish. Ma’ruzachi-“Aniq fanlar” metod birlashma raisi F.T .Raxmatullayeva Eshitildi: 1.Kun tartibidagi birinchi masala yuzasidan “Aniq fanlar” metod birlashma raisi F.T.Raxmatullayeva so‘zga chiqdi. O`zbekiston Respublikasi Prezidentining “2022-2026-yillarda xalq ta`limini rivojlantirish bo‘yicha milliy dasturni tasdiqlash to‘g‘risida” 2022-yil 11-maydagi PF-134-son Farmoni hamda “Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti faoliyatini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida” 2022-yil 21-iyundagi PQ-290-son qarorining 11-bandi ijrosini ta’minlash, shuningdek, maktab ta’limiga ilg‘or xalqaro tajribalar asosida ishlab chiqilgan Milliy o‘quv dasturi va zamonaviy darsliklarni amaliyotga joriy etishda pedagog xodimlarga uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatib borishni tizimli tashkil etish maqsadida XTVning 2022-yil 05-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida « gi 372- sonli buyrug`i imzolanganligi bilan va bu buyruqning mazmun mohiyatini bandma band tushuntirib berdi.Pedagoglaming uzluksiz kasbiy mahoratini oshirish va metodik xizmat ko‘rsatishning quyidagi me’yoriy hujjatlari: umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilariga uzluksiz metodik xizmat ko'rsatish tartibi 1-ilovaga muvofiq; umumiy o‘rta ta’lim maktabining Metodbirlashmalar to‘g‘risidagi nizom ilovaga muvofiq; Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo‘limi to‘g‘risidagi nizom 3-ilovaga muvofiq; Pedagoglarni yangi metodikalarga o'rgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo'limi metodistlarining malaka tavsiflari 4-ilovaga muvofiq; Pedagoglarni yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat ko‘rsatish bo'limining O‘quv-metodik kengashlar to‘g‘risidagi nizom 5-ilovaga muvofiq tasdiqlangani va 5 ta ilova bilan tanishtirdi. Mazkur buyruqni mazmun-mohiyatini barcha metod birlashmalarda keng targ‘ib qilish o`rganib chiqish kerakligini tushuntirdi. Ijtimoiy tarmoqlar orqali o‘tkazilgan so‘rovnoma hamda pedagoglarning fikr-mulohazalarini inobatga oigan holda umumiy o‘rta ta’lim maktabi fan o‘qituvchilarining “Metodik kunlari” va “Fan oyliklari”ni o‘tkazish tartibi bekor qilinganligi hamda umumiy o‘rta ta’lim maktabi direktorlari SanQvaN me’yorlariga rioya qilgan holda dars jadvaliga tegishli o‘zgartirishlar kiritishi keraligini ,mazkur buyruq qabul qilinishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi vazirining 2020-yil 13-avgustdagi “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada rivojlantirish to‘g‘risida”gi 183-sonli buyrug‘i o‘z kuchini yo‘qotganligini haqida tushunchalar berdi. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilariga uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish tartibiga ko`ra umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, pedagog xodimlaming salohiyatini oshirish, o‘quvchilarda zamonaviy ko‘nikmaIami shakllantirish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan metodik xizmat ko'rsatish tizimini belgilaydi. Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish tizimi quyidagilardan iborat: umumiy o‘rta ta’lim maktablarining fan metodbirlashmalari; umumiy o‘rta ta’lim maktablarining pedagogik kengashi; Tuman (shahar) xalq ta’limi bolimlari; Pedagoglami yangi metodikalarga o‘rgatish milliy markazlaridagi Metodik xizmat ko'rsatish boiimlari huzuridagi o`‘quv metodik kengashlar; Qoraqalpog‘iston Respublikasi Xalq ta’limi vazirligi, Toshkent shahar xalq ta’limi bosh boshqarmasi va viloyatlar xalq ta’limi boshqarmalaridagi 0‘quvchilarda zamonaviy ko'nikmalami shakllantirishni muvofiqlashtirish sho‘basi metodistlari; Respublika ta’lim markazi huzuridagi ilmiy metodik kengashlar. Ushbu uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish tizimidagi kengash va birlashmalaming faoliyati tegishli nizom asosida tashkil qilinadi. Umumiy o‘rta ta’lim maktabida fan metodbirlashma rahbarlari o‘qituvchilarga o‘quv yili davomida quyidagi metodik xizmatlami ko’rsatadi: o‘qituvchilami fan yutuqlari, pedagogik innovatsiyalar, ilmiy ommabop adabiyotlar bilan tanishtirib boradi; Umumiy o‘rta ta’lim maktablarida o‘quv-tarbiya jarayoni sifatini yanada yaxshilash, pedagog xodimlarga o‘z vaqtida metodik yordamni tashkil qilish maqsadida yilning avgust oyida va har chorakda kamida bir marta fan metodbirlashmalari yig‘ilishi o‘tkaziladi. Respublika ta’lim markazining metodistlari fan o'qituvchilariga quyidagi metodik xizmatlami ko‘rsatadi: fan o‘quv dasturlarini ishlab chiqadi va ulardagi yangi mavzulami o‘qitish usullari yuzasidan tavsiya beradi; fan yo‘nalishi bo‘yicha namunaviy taqvim-mavzu reja ishlab chiqadi; fan yo‘nalishi bo‘yicha ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan seminarlar tashkil qiladi; Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilariga uzluksiz metodik xizmat ko'rsatishda faol ishtirok etgan, tashabbus ko‘rsatgan va yuqori natijalarga erishgan tizim xodimlari Xalq ta’limi vazirligining tarmoq mukofotlari bilan taqdirlashga tavsiya etilishi mumkin. Umumiy o‘rta ta’lim maktablari o‘qituvchilariga uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish tartibi Xalq ta’limi vazirligining tegishli buyrug'i asosida tashkil etilishini ta’kidlab o‘tdi. Yig’ilishda O’TIBDO’ N.U.Ziyatova ham XTVning 2022-yil 05-dekabrdagi “Xalq ta’limi tizimida uzluksiz metodik xizmat ko‘rsatish ishlarini yanada takomillashtirish to‘g‘risida « gi 372- sonli buyrug`ining maktabdagi ijrosini ta’minlash haqida o’z fikrlarini bildirdi. Yuqoridagi taklif, fikr va mulohazalar muhokama etildi. Ko‘pchilik tomonidan qo‘llab–quvvatlandi. Kun tartibidagi masalani ko‘rib chiqib, Download 22.35 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
1 2
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling