8. “To‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni tartibga solish cheklovlari indeksi”qaysi xalqaro tashkilot tomonidan o‘tkaziladi?
Iqtisodiy hamkorlik
va taraqqiyot tashkiloti
9. 2016-2020 yillarda mamlakatimiz Jahon bankining “Logistika samaradorligi” indeksida necha pog‘ona ko‘tarilgan edi?
19 pog‘ona
10. Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashda ilmiy salohiyat hamda amaliy faoliyat uyg‘unligini ta’minlash chora-tadbirlari to‘g‘risidagi O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining qaroriga muvofiq, har yili qaysi oyga qadar xalqaro reyting va indekslar biriktirilgan ilmiy tashkilotlarning Respublika kengashi tomonidan tasdiqlangan yillik rejalari hamda xalqaro reyting va indekslar bo‘yicha mustaqil izlanuvchilarning qo‘shimcha talabi asosida ilmiy loyihalarning mavzulari portfelini shakllantirish belgilab olingan?
Har yili 1
martga qadar
11. Bugungi kunga kelib BMTning “Barqaror rivojlanish maqsadlari”da jami nechta milliy indikator tasdiqlangan?
206 ta
12. 2020 yilda BMTning Sanoatni rivojlantirish tashkilotining (YUNIDO) “Raqobatbardosh sanoat unumdorligi indeksi” bo‘yicha hisobotida O‘zbekiston 152 ta mamlakat orasida nechanchi o‘rinni egalladi?
92-o‘rinni
13. Bugungi kunda jahonda “Elektron xizmatlar” komponentida nechta jihat bo‘yicha dunyo davlatlari baholab boriladi?
148 ta jihat bo‘yicha
14. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 7 martdagi qaysi son Farmoni bilan Ustuvor xalqaro reyting va indekslar bilan ishlashni muvofiqlashtirish bo‘yicha komissiya tashkil etilgan?
PF-5687-son
Farmoni bilan
15. GREKO qanday tashkilot?
Korrupsiyaga qarshi davlatlar
guruhi xalqaro tashkiloti
16. O‘zbekiston so‘z erkinligi va hisobdorlik indeksida nechanchi o‘rinda?
191-o‘rinda
17. Birlashgan Millatlar Tashkilotiga qachon asos solingan?
1945 yil 24
oktabr
18. BMTning 2020 yilda e’lon qilgan “Raqamli hukumatni barqaror rivojlanishi yo‘lidagi o‘n yillik harakat” nomli hisobotida O‘zbekiston nechanchi o‘rinni egalladi?
87-o‘rinni
19. Prezident Sh.Mirziyoyev Markaziy Osiyoni o‘rganish maqsadida qanday institut tashkil etishni taklif etdi?
Markaziy
Osiyo Xalqaro instituti
20. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan “O‘zbekiston Respublikasining xalqaro reyting va indekslardagi o‘rnini yaxshilash hamda davlat organlari va tashkilotlarida ular bilan tizimli ishlashning yangi mexanizmini joriy qilish to‘g‘risida”gi Farmoni qachon qabul qilingan?
2020 yil 2 iyun