Yil 22-dekabrda ? A o‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi e’lon qilindi. В harakatlar strategiyasi qabul qilindi c mamlakatimizda
Download 0.85 Mb. Pdf ko'rish
|
2 5226782402445055441
156. 1992-yilda quyidagi qaysi shoirning 350 yilligi keng nishonlandi?
A) Boborahim Mashrab B) A. Navoiy C) Munis D) Ogahiy 157. 1998-yil 23-oktabrda Farg‘ona shahrida buyuk alloma Ahmad al-Farg‘oniyning necha yillik yubileyi keng nishonlandi? A) 1200 yillik B) 1100 yillik C) 1300 yillik D) 1250 yillik 158. 1996-yilda O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi qoshida… A) “O‘zbekistonning yangi tarixi markazi” tashkil etildi. B) Yangi universitet tashkil etildi C) Yangi innovatsion markaz ish boshladi D) “Yangi O’zbekistonda baxtli va farovan yashaylik” 159. O’zbekiston Respublikasining Birinchi Prezidenti Islom Karimov tashabbusi bilan Toshkent shahrining qaysi hududida qatag‘on davri qurbonlari xotirasini abadiylashtirish maqsadida “Shahidlar xotirasi” yodgorligi majmuyi bunyod etildi? A) Bo‘zsuv kanali bo‘yida B) Anhor kanali bo‘yida C) Teleminora qarshisida D) Parlament binosi yonida 160. 1994-yil 23-apreldagi Prezident farmoni asosida... A) Respublika “Ma’naviyat va ma’rifat” jamoatchilik markazi tashkil etildi B) O’zbekistonda so’m muomalaga kiritildi C) Oliy oquv yurtlariga kirish uchun test tizimi joriy qilindi D) Sog’lom avlod uchun jamg’armasi tashkil etildi 161. Xalqimiz ma’naviyatining yulduzlari bo‘lgan buyuk allomalarimizning tavallud topgan sanalari qaysi xalqaro tashkilot bilan hamkorlikda mamlakatimizda va xalqaro miqyosda keng nishonlandi? A) YUNESKO B) ISESCO C) ACEAN D) BMT 162. O‘zbekiston bilan ta’lim sohasida hamkorlikni yo‘lga qo‘ygan Konrad Adenauer Fondi qaysi davlatga tegishli edi? A). Germaniya B). AQSH C). Buyuk Britaniya D). Fransiya 163. 2001-yilda ta’lim xarajatlari davlat budjeti sarf-xarajatlarining necha foizini tashkil etgan? A). 36 foiz B). 32 foiz C). 30 foiz D). 40 foiz 164. 2001-yilga kelib ta’lim uchun qancha miqdorda chet el investitsiyasi sarflandi? A). 150 mln AQSH dollaridan ziyod B). 140 mln AQSH dollaridan ziyod C). 160 mln AQSH dollar D). 120 mln AQSH dollar 165. Qachon Qoraqalpog`iston Respublikasida «O`zbekiston Respublikasi tarkibida Qoraqalpog`iston Respublikasi Davlat suverenteti to`g`risida»gi deklaratsiya qabul qilingan? A). 1990 yil 14 dekabr B). 1991 yil 31 avgust C).1991 yil 20 iyun D).1991 yil 1 sentabr 166. O`zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qaysi moddalarida O`zbekston Respublikasi va Qoraqalpog`iston Respublikasi o`rtasidagi siyosiy, huquqiy, iqtisodiy va mdaniy munosabatlari masalasi o’rin olgan? A). 70-75 moddalar B). 80-85 moddalar C). 90-95 moddalar D). 60-65 moddalar 167. Qoraqolpog`iston Respublikasi davlat bayrog`i qachon tasdiqlangan? A).1992 yil 14 dekabr B).1992 yil 31 avgust C).1992 yil 20 iyun D).1991 yil 18 noyabr 168. Qoraqolpog`iston Respublikasi davlat gerbi qachon tasdiqlangan? A).1993 yil 9 aprel B).1993 yil 31 avgust C).1993 yil 20 iyun D).1992 yil 2-iyul 169. Qoraqolpog`iston Respublikasi davlat madhiyasi qachon tasdiqlangan? A).1993 yil 4 dekabr B).1993 yil 10 avgust C).1992 yil 10 dekabr D).1993 yil 12 sentabr 170. O’zbekiston quyidagi xalqaro tashkilotlardan qaysi biriga boshqalariga nisbatan oldinroq a’zo bo’lgan? A) MDH (Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi) B) BMT (Birlashgan Millatlar tashkiloti) C) ShHT (Shanxay Hamkorlik Tashkiloti) D) YeIH (Yevropa Iqtisodiy Hamkorligi) 171. O’zbekiston quyidagi xalqaro tashkilotlardan qaysi biriga boshqalariga nisbatan keyinroq a’zo bo’lgan? A) ShHT (Shanxay Hamkorlik Tashkiloti) B) MDH (Mustaqil Davlatlar Hamdo’stligi) C) BMT (Birlashgan Millatlar tashkiloti) D) YeIH (Yevropa Iqtisodiy Hamkorligi) 172. Yurtimizda Respublika shoshilinch tibbiy yordam ko’rsatish ilmiy markazi qachon tashkil etildi? A). 2001-yilda B). 1999-yilda C). 2003-yilda D). 2002-yilda 173. O’zbekiston SSRdagi Davlat reja qo’mitasi o’rniga hozirda faoliyat yuritayotgan qaysi vazirlik tuzilgan? A). Iqtisodiyot vazirligi B). Qishloq va suv xo’jaligi vazirligi C). Moliya vazirligi D). Tashqi iqtisodiy aloqalar vazirligi 174. O‘zbekiston Prezidenti tashabbusi bilan 2001-yilda BMT Xavfsizlik Kengashining ….. A).terrorizmga qarshi kurash bo‘yicha maxsus qo‘mitasi ta’sis etildi. B) Bosh Kotib vakolatlarini kengaytirish lozimligini qayd etdi C) «Ma’rifat va diniy bag‘rikenglik» deb nomlangan maxsus rezolyutsiyasini qabul qildi D) narkobiznes va giyohvandlikka qarshi kurash bo‘yicha maxsus qo‘mitasi ta’sis etildi. 175. 1993-yilning yanvarida Islom Karimov tashabbusi bilan…. A). Markaziy Osiyo davlatlari rahbarlarining Toshkent uchrashuvi tashkil etildi. B) Orolni qutqarish Xalqaro jamg‘armasining majlisi bo‘lib o‘tdi C) «Markaziy Osiyo: yagona tarix va umumiy kelajak, barqaror rivojlanish va taraqqiyot yo‘lidagi hamkorlik» mavzusida anjuman bo‘ldi. D) BMT Bosh Assambleyasining 1000 yillik sammiti o’tkazildi 176. Ikki yoki bir necha davlat boshliqlarining muhim xalqaro masalalar bo‘yicha uchrashuvi; oliy darajadagi kengashi qaysi atamaga muvofiq keladi? A) Sammit B) Delimitatsiya C) konferensiya D) forum 177. Davlat chegaralarini tuzilgan shartnomaga muvofiq tavsiflash va xaritalashtirish asosida belgilash qaysi atamaga muvofiq keladi? A) delimitatsiya B) dereksiya C) konferensiya D) dekadentlik 178. Toshkentda Lomonosov nomidagi Moskva Davlat Universitetining filiali qachon tashkil etilgan? A) 2006-yil B) 2004-yil C) 2007-yil D) 2008-yil 179. Davlat ahamiyatiga ega bo‘lgan muhim masalalar bo‘yicha o‘tkaziladigan va ba’zan qonun qabul qilish uchun asos bo‘lib xizmat qiladigan umumxalq so‘rovi, ovoz berish yo‘li bilan xalq fikrini aniqlash qaysi atamaga muvofiq keladi? A). Referendum B) Yurisdiksiya C) Doktrina D) Dotatsiya 180. Ayrim qismlarning, elementlarni qo‘shib birlashtirishni ifodalovchi tushuncha qaysi atamaga muvofiq keldi? A).Integratsiya B) Immunologiya C) Innovatsiya D) Simpozium Download 0.85 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling