Qatag’on qurbonlari xotirasiga bag’ishlangan tadqiqotlar tahlili mundarij a kirish
Download 83.61 Kb.
|
QATAG’ON QURBONLARI XOTIRASIGA BAG’ISHLANGAN TADQIQOTLAR TAHLILI
- Bu sahifa navigatsiya:
- II.BOB. MUZEY TUZILMASI VA UNING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH. 2.1
QATAG’ON QURBONLARI XOTIRASIGA BAG’ISHLANGAN TADQIQOTLAR TAHLILI M U N D A R I J A Kirish I. BOB. “QATAG‘ON QURBONLARI XOTIRASI” MUZEYINI TASHKIL ETILISHI Qatag'on qurbonlari xotirasi "Qatag'on qurbonlari xotirasi" muzeyi tashkil etish bo’yicha vaziralar mahkamasining qarori va boshqa normativ hujjatlar II.BOB. MUZEY TUZILMASI VA UNING FAOLIYATINI TASHKIL ETISH. 2.1 “Qatag'on qurbonlari xotirasi” muzeyi tuzilmasi 2.2. Muzeyning asosiy vazifalari va funksiyalari hamda huquq- majburiyatlari Xulosa Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati Kirish Mavzuning dolzarbligi. Bugungi kunda jahonda bo‘layotgan globallashuv jarayonlari ma'naviy-ma'rifiy ishlar targ‘ibotini dolzarb masalalardan biriga aylantirdi. Jamiyat hayotida yuz berayotgan ijtimoiy o‘zgarishlar esa targ‘ibot va tashviqotning eng samarali usullaridan foydalanish zaruratini ko‘rsatmoqda. “Hozirgi vaqtda dunyoda ikki qarama-qarshi qutb barham topgan bo‘lsa-da, deb ta'kidlagan edi O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidenti Islom Karimov, -turli xil maqsad-manfaatlarni ifoda etuvchi mafkuralar tortishuvi to‘xtagani yo‘q. Bu tortishuvlardan ko‘zlangan asosiy maqsad-muayyan mamlakat yoki mintaqadagi biror millat yoki xalqning ongiga, uning sezgi-tuyg‘ulariga ta'sir o‘tkazish, uni o‘z dunyoqarashiga buysundirish, ma'naviy jihatdan zaif va tobe qilish»dir.1 Bugungi kunda turli xil mafkuralar, g‘oyalarning o‘zaro kurashi sharoitida mamlakatimizda milliy istiqlol mafkurasini shakllantirish masalasiga alohida e'tibor berib kelinmoqda. Milliy mafkuraning hayotimizdagi o‘rnini belgilash, uning ilmiy-nazariy asoslarini yaratish, mafkuraviy targ‘ibot va tashviqot ishlarining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish, shu asosda jamiyatimizda ijtimoiy fikrni shakllantirish masalalari Prezidentimizning bir qator asarlari, farmonlarida o‘z ifodasini topgan. Ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot ishining ommaviyligi ham o‘ziga xos xususiyati bo‘lib, uning jamiyat oldidagi ijtimoiy vazifalari bilan bog‘liqdir. Shuningdek, mavzuning dolzarbligi quyidagilar bilan izohlanadi: Birinchidan, bugun jahonda yuz berayotgan globallashuv jarayonida ma'naviy tahdidlar kuchayib bormoqdaki, bunda milliy ma'naviyatni targ‘ib qilish, yosh avlodni milliy ma'naviyatga hurmat ruhida tarbiyalashga ehtiyoj mavjud. Ikkinchidan, ma'naviy targ‘ibot ishining ommaviyligi milliy g‘oya, milliy mafkura shakllantirilayotgan jamiyatimiz uchun muhim bo‘lib, bu jamiyatning har bir a'zosiga siyosiy-tarbiyaviy ta'sir ko‘rsatishni o‘z oldiga maqsad qilib qo‘yadi. O‘z navbatida ma'naviy-ma'rifiy targ‘ibot-tashviqot ishi juda rang-barang masalalar, jumladan, mustaqil O‘zbekistonning ichki va tashqi siyosati, ijtimoiy hayot, Iqtisodiyot, respublika fan va madaniyati yutuqlari hamda boshqa ko‘pgina mavzular to‘g‘risida ma'lumot beradi. Fuqarolarni o‘z vatani haqidagi tasavvurlarini boyitadi. Download 83.61 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling