Qatag’on qurbonlari xotirasiga bag’ishlangan tadqiqotlar tahlili mundarij a kirish


Muzeyning huquqlari va majburiyatlari


Download 83.61 Kb.
bet6/7
Sana19.09.2023
Hajmi83.61 Kb.
#1681472
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
QATAG’ON QURBONLARI XOTIRASIGA BAG’ISHLANGAN TADQIQOTLAR TAHLILI

Muzeyning huquqlari va majburiyatlari
Muzey o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarni bajarish uchun quyidagi huquqlarga ega:
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlari, mahalliy davlat hokimiyati organlaridan o‘z vakolatiga kiruvchi masalalarni hal etishga doir ma’lumotlarni belgilangan tartibda so‘rash va olish;
o‘z vakolati doirasida konferensiyalar, seminarlar va boshqa tadbirlar o‘tkazish hamda bunday tadbirlarda ishtirok etish;
ilmiy-tadqiqot ishlariga respublikadagi va xorijdagi mutaxassislarni shartnoma asosida jalb qilish;
Muzey xodimlari va jalb qilingan mutaxassislarni xorijiy ilmiy-tadqiqot hamda ta’lim muassasalariga ilmiy tadqiqotlarni amalga oshirishi uchun yuborish;
Muzey faoliyatini takomillashtirish, moddiy-texnika bazasini rivojlantirish, asosiy fondlarni rekonstruksiya qilish va ta’mirlash ishlarini amalga oshirish masalalari bo‘yicha Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritish;
hududiy muzeylar faoliyatini uslubiy jihatdan muvofiqlashtirish;
Muzeyda xodimlarning moddiy rag‘batlantirish fondini tuzish.
Muzey qonun hujjatlariga muvofiq boshqa huquqlarga ham ega bo‘lishi mumkin.
Muzeyning majburiyatlari quyidagilardan iborat:
Muzey ashyolari va kolleksiyalarining jisman but saqlanishi hamda xavfsizligini;
Muzey ashyolari va kolleksiyalari bilan bog‘liq hisobga olish hujjatlarining yuritilishi hamda but saqlanishini;
Muzey ashyolari va kolleksiyalaridan ilmiy, madaniy, ma’rifiy hamda ta’lim maqsadlarida foydalanilishini ta’minlash.
Muzey o‘ziga yuklatilgan vazifalar va funksiyalarning samarali bajarilishi uchun budjetdan ajratiladigan mablag‘lar va uning ixtiyoridagi boshqa mablag‘lardan maqsadli foydalanilishi uchun javob beradi.
Muzey faoliyatini tashkil etish
Muzeyga belgilangan tartibda O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod etiladigan direktor rahbarlik qiladi.
Direktorning O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimdan ozod qilinadigan ikki nafar o‘rinbosari bo‘ladi.
Muzey direktori:
Muzey faoliyatiga umumiy rahbarlikni amalga oshiradi hamda Muzeyga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
davlat va xo‘jalik boshqaruvi organlarida va boshqa tashkilotlarda, shuningdek, xalqaro tashkilotlar va xorijiy mamlakatlar vakillari ishtirokida o‘tkaziladigan rasmiy tadbirlarda Muzey nomidan vakillik qiladi;
Muzey vakolatiga kiruvchi masalalar bo‘yicha qarorlar qabul qiladi va Muzeyga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi uchun shaxsan javob beradi;
Muzeyning ilmiy, ilmiy-texnikaviy, ma’muriy faoliyatining yo‘nalishlarini belgilaydi, uning yillik va istiqboldagi ish rejalarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi, ilmiy-tadqiqot va boshqa jarayonlarni tashkil etadi;
aniq maqsadga yo‘naltirilgan dastur va tanlov mavzularini, shuningdek, alohida topshiriq va buyurtmalarni amalga oshirish maqsadida Muzeyda vaqtinchalik tadqiqot guruhini tashkil etadi;
Muzeyda ijro intizomi holati bo‘yicha bevosita rahbarlikni amalga oshiradi;
Muzey tarkibiy bo‘linmalari nizomini va Muzey xodimlarining funksional vazifalarini belgilangan tartibda tasdiqlaydi;
o‘z vakolati doirasida xodimlarni qonun hujjatlarida belgilangan tartibda lavozimga tayinlaydi va lavozimdan ozod qiladi;
zarur bo‘lganda, Muzeyning tarkibiy tuzilmasiga xodimlarning belgilangan umumiy cheklangan soni doirasida o‘zgartirishlar kiritadi;
o‘z vakolati doirasida Muzey xodimlarining bajarishi majburiy bo‘lgan buyruqlarni qabul qiladi;
Muzey faoliyati yuzasidan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga hisobot beradi.
Direktor qonun hujjatlariga muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Muzey direktori vaqtinchalik bo‘lmagan taqdirda uning vazifalarini bajarish direktor o‘rinbosarlaridan birining zimmasiga yuklanadi.
Direktorning ilmiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari:
Muzey tarkibiy bo‘linmalarining ishlarini tashkil qiladi hamda Muzeyga yuklangan vazifalar va funksiyalarning bajarilishi hamda bo‘limlarda ijro intizomi holati uchun shaxsan javob beradi;
o‘ziga biriktirilgan masalalar bo‘yicha hujjatlar loyihasini va materiallarni o‘z vaqtida va sifatli tayyorlashni tashkil etadi, topshiriqlarning bajarilishi yuzasidan nazoratni ta’minlaydi;
Muzey ish rejasida, shuningdek mutaxassislarning shaxsiy ish rejalarida nazarda tutilgan tadbirlarni talab qilinadigan davr mobaynida amalga oshirish va muvofiqlashtirishni ta’minlaydi hamda o‘rganilgan masalalarning tanqidiy tahlili asosida Muzey direktoriga muhokama uchun takliflar kiritadi;
Muzey direktoriga bo‘limlar xodimlarini lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, mukofotlash va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritadi;
vazifalar taqsimotiga ko‘ra boshqa tegishli vakolatlarni ham amalga oshiradi.
Direktorning umumiy ishlar bo‘yicha o‘rinbosari:
Muzey xo‘jalik faoliyati bilan bog‘liq ishlarni muvofiqlashtiradi. Muzey binosi, avtotransport vositasi, asbob-uskunalar, texnika vositalarini saqlash hamda ularni qayta tiklash va o‘rnini to‘ldirib borish, shuningdek binolar va ularning atrofidagi tozalikka rioya etilishini ta’minlaydi;
Muzey direktoriga xodimlarni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod qilish, ularning malakasini oshirish, ularni mukofotlash va intizomiy javobgarlikka tortish bo‘yicha takliflar kiritadi.
Bosh muhofiz (fond bo‘limi boshlig‘i):
barcha muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini belgilangan tartibga muvofiq hisobga oladi;
Muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini nobud bo‘lish va o‘g‘irlanishdan himoyalangan holda saqlash choralarini ko‘radi;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish va ularni saqlashga oid barcha hujjatlarni yuritadi;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish, saqlash, ta’mirlash va qo‘riqlashning ichki tartiblarini ishlab chiqadi;
muzey ashyolari va muzey kolleksiyalarini hisobga olish, saqlash, ta’mirlash va qo‘riqlash, ularni joydan-joyga ko‘chirish ishlarining to‘g‘ri olib borilishi ustidan nazoratni ta’minlaydi;
Bosh muhofiz (fond bo‘limi boshlig‘i) muzey direktorining qonun hujjatlariga zid bo‘lgan topshirig‘ini olgan taqdirda, uni bajarishdan oldin topshiriq zid ekanligini direktorga yozma ravishda bildiradi.
Agar, direktor o‘z topshirig‘ini yozma ravishda qayta tasdiqlasa, bosh muhofiz darhol bu haqda Muzey bevosita bo‘ysunadigan yuqori boshqaruv organini xabardor qilishi shart.
Muzeyning ilmiy-tadqiqot va ekspozitsiya masalalarini hal etish uchun jamoatchilik asosida Ilmiy kengash tuziladi.
Ilmiy kengash tarkibiga direktor (kengash raisi), uning o‘rinbosarlari, bo‘lim mudirlari, shuningdek ilmiy xodimlar hamda boshqa ilmiy-tadqiqot va oliy ta’lim muassasalari vakillari hamda yuqori malaka va tajribaga ega bo‘lgan (ilmiy darajasi bor yoki yo‘qligidan qat’i nazar) soha mutaxassislari kiradi.
Ushbu Kengash muzeyning faoliyatini mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar jarayoniga maqbul tarzda muvofiqlashtirib boradigan kollegial organ hisoblanadi.
Quyidagilar Muzey faoliyatini moliyalashtirishning asosiy manbalari hisoblanadi:
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan Muzeyni saqlash uchun ajratiladigan mablag‘lar;
O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjetidan davlat ilmiy dasturlarini amalga oshirish uchun ajratiladigan mablag‘lar;
xo‘jalik faoliyatidan tushadigan mablag‘lar;
xalqaro moliyaviy institutlar, xorijiy tashkilotlar, donor mamlakatlar va tashkilotlarning grantlari;
jismoniy va yuridik shaxslarning homiylik xayriyalari;
qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar.
XULOSA
Xulosa o’rnida quyidagilarga yana bir bor o’htalib o’tamiz. O‘zbekiston tarixi ko‘plab voqealarni xotirlaydi: yerlarning tortib olinishi, qonli nizolar, qulash va rivojlanish, lekin bir narsa o‘zgarishsiz qolmoqda – odamlar xotirasi. O‘z davrining qurboniga aylangan odamlar.

Muzey 2002-yil noyabr oyida xalqni ozodlikka da’vat etgan, Vatan ozodligi va mustaqilligi uchun kurashda qahramonlik ko‘rsatgan, totalitar tuzum davrida ommaviy siyosiy qatag‘on qurboni bo‘lgan, ajdodlar haqida so‘zlab berish maqsadida tashkil etilgan.


“Shahidlar xotirasi” jamgʻarmasi maʼlumotlariga koʻra, 1937-yil sentabrida hozirgi Oʻzbekiston hududida 10700 kishi hibsga olinib, sudlangan. Ulardan 3613 nafari o‘lim jazosiga hukm qilingan, 7087 nafari esa 8 yildan 10 yilgacha bo‘lgan lagerlarda qamoqda saqlangan. 13 dan 28-noyabrgacha bo‘lgan davrda 1611 kishi sudlangan bo‘lsa, 1937-yil dekabrda mahkumlar soni 3610 kishini tashkil etdi. Qurbonlar orasida Abdulla Qodiriy, Fitrat, Cho‘lpon kabi taniqli arboblar, olim va adiblar bor edi.
Bir so’z bilan aytganda Vatan, el-yurt tinchligi va osudaligi yo’lida jon tikkan ajdodlarimiz va qahramonlarimiz xoirasini abadiylashtrish maqsadida “Qatag’on qurbonlari xotirasi” muzeyi tashkil etildi desak mubolag’a bo’lmaydi.

Download 83.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling