Mavzu: Yerlarning botqoqlashishi va sho’rlanishga qarshi o’tkaziladigan melorativ tadbirlar Reja


Download 1.6 Mb.
bet1/3
Sana14.04.2023
Hajmi1.6 Mb.
#1356510
  1   2   3
Bog'liq
kurs ishi 2002


Mavzu: Yerlarning botqoqlashishi va sho’rlanishga qarshi o’tkaziladigan melorativ tadbirlar


Reja
I. Kirish
II. Adabiyotlar sharhi
III. Asosiy qism
2.1 Yerlarning melorativ holatini o’rganish tadbirlari melorativ mintaqa va mi taqachalar gidromodul bo’yicha rayonlashtiris
2.2 Agromeliorativ tadbirlar
2.3 suv xo’jalik tadbirlari
IV. Xulosa
V. foydalanilgan adabiyotlar

Kirish
O‘zbekiston Respublikasi xalq xo'jaligining eng yirik tarmog'i bo'lgan qishloq xo'jaligi mamlakat iqtisodiyotida muhim o‘rin tutadi. Respublikamiz mustaqillikka erishgandan so‘ng bu sohani rivojlantirish maqsadida mulkchilikning yangicha shakllari teng huquqli asosda ravnaq topishini ta’minlash, bozor iqtisodiyotiga o'tish borasida islohotlami chuqurlashtirish kabi dolzarb masalalaiga alohida e’tibor berilmoqda. Yurtimizda qabul qilinayotgan qonunlar, Hukumat qarorlari qishloq xo‘jaligida yer-suv resurslaridan yanada samaraliroq foydalanishga, sug'oriladigan gektar mahsuldorligini oshirishga imkon bennoqda. 1998-yil 30-aprelda «Qishloq
xo'jaligi kooperativi (shirkat xo‘jaligi) to‘g‘risida», «Fermer xo‘jaligi to‘g‘risida», «Dehqon xo'jaligi to‘g‘risida»gi qonun va boshqa me’yoriy hujjatlar qabul qilingan bo‘lib, Respublika Prezidentining 2003-yil 24- martdagi «Qishloq xo'jaligida islohotlami chuqurlashtirishning eng muhim yo'nalishlari to‘g‘risida» va 27-oktabrdagi «2004-2006-yillarda fenner xo'jaliklarini rivojlantirish konsepsiyasi to‘g‘risida»gi Farmonlari talablaridan kelib chiqqan holda ularga tegishli qo‘shimcha va o'zgartirishlar kiritildi, yangi tartibdagi «Fermerlar xo'jaligi to‘g‘risida»gi qonun qabul qilindi. Bularning barchasi dehqon va fermer xo‘jaliklarining yer-suv resurslariga
bo'lgan "munosabatlarini to'laqonli shakllanishiga yo‘l ochdi. Ishlab chiqarish vositasi bo‘lgan yeiga to‘g‘ri munosabatda bo‘lish maydon birligidan mahsulot yetishtirishni tobora ko‘paytirishni ta’minlaydi. Fan, texnika va ilg‘or tajriba yutuqlarini ishlab chiqarishga keng joriy etish qishloq xo‘jaligi samaradorligini oshiruvchi muhim omillardan hisoblanadi. Bunga esa aniq bir joyning tabiiy va iqtisodiy sharoitlarini e’tiboiga olgan holda dehqonchilik tizimini ishlab chiqish va joriy qilish asosida yerdan unumli foydalanish, ekinlami parvarishlashning takomillashtirilgan zamonaviy texnologiyalarini qo‘llash kabi tadbirlar orqali erishiladi.Respublika iqtisodiyotini kelgusi rivojlantirish mamlakat tabiiy boyliklaridan tejamli foydalanishga bog'liq bo‘lib, bu yerda aholini maishiy va xalq xo‘jaligini ishlab chiqarish ehtiyojlari uchun zarur bo'lgan suv resurslari alohida ahamiyat kasb etadi. Sanoat va qishloq xo‘jaligi taraqqiyoti sur’atlarining o'sishi, shuningdek, aholi sonining ortishi qo‘shimcha suv miqdorlarini talab qilmoqda. Tabiiy holatdagi rejimi, hajmi va sifati kabi ko‘rsatkichlari bo‘yicha suv manbalarining talabga yetarlicha javob bera olmasligi ushbu muammo.yechimini murakkablashuviga olib kelmoqda. Sug‘oriladigan dehqonchilik Markaziy Osiyoning quig‘oqchil mintaqasida qishloq xo'jaligi ishlab chiqarishini jadallashtiruvchi asosiy yo‘nalishlardan biri hisoblanadi.


Download 1.6 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling