- chimlik 1889-yil 8-mayda (Jorjiya shtati, AQSh) Atlantada oʻylab topilgan. Uning avtori farmatsevt Jon Stit Pemberton (afsonalarga qaraganda ichimlikni receptini bir fermer ixtiro qilgan va Jon Stitga 250$ga sotadi, bu haqida Jon Stit oʻzining intervyularining birida aytgan emish). Ichimlikni nomini Pembertonning hisobchisi Frenk Robinson kalligrafiya bilan chiroyli qilib „Coca-Cola“ soʻzini yozadi. Bu soʻz hozirgi kungacha ichimlikning logotipi boʻlib qoʻllanilib kelyabti. „Coca-Cola“ning tarkibida koka oʻsimlik (kokain) bor.
- Coca-Cola Oʻzbekistonda
- Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan LTD kompaniyasi Oʻzbekistonda faoliyatini 1993-yilda boshlagan boʻlib, korxonaning rasmiy ochilishi marosimi 1994-yil mart oyida boʻlib oʻtgan. 1997-yilda Namangan va Urganch shaharlarida kompaniya zavodlari qurilgan. 1998-yili Toshkentning Bektemir tumanida qurilgan megazavod oʻz vaqtida Coca-Cola ishlab chiqarish boʻyicha Oʻrta Osiyodagi eng yirik zavod boʻlgan.[2] Hozirgi kunda Coca-Cola Ichimligi Uzbekistan LTD kompaniyasi Coca-Cola ichimligidan tashqari, Fanta, Sprite ichimliklari va Bonaqua brendi ostidagi gazli va gazsiz suvlarini isteʼmolchilarga yetkazib kelmoqda.
Do'stlaringiz bilan baham: |