Yil 8-mayda Jorjiya shtati


Coca-Cola (kir. Кока-Кола


Download 45.49 Kb.
bet2/2
Sana18.11.2021
Hajmi45.49 Kb.
#175462
1   2
Bog'liq
coca cola

Coca-Cola (kir. Кока-Кола) — The Coca-Cola Company kompaniyasi tomonidan chiqariladigan alkogolsiz gazli ichimlik. „Coca-Cola“ 2005-2011-yillar oraligʻida Interbrend xalqoro tekshirish agentligi reytingi boʻyicha dunyodagi eng qimmat brend boʻlgan [RBC.Rating 1] [RBC.Rating 2] [RBC.Rating 3][RBC.Rating 4] [RBC.Rating 5]. Bugungi kunda bu ichimlik dunyodagi 200 dan ortiq mamlakatlarda sotiladi. 1970-1990 chi yillarda coca cola ichimligi tarkibida kokoin moddasi kopligi tufayli faqat dorixonalarda sotilgan va keyinchalik kokoin tarkibi kamaytirilgandan keyin ozizq ovqat do'konlar peshtaxtalarudan joy olgan.
  • Koka-Kolaning Oʻzbekistondagi inqirozi
  • 2014-yil 2-may kuni Tashqi iqtsodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida Coca-Cola International kompaniyasining Turkiya, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari boʻyicha prezidenti Galya Molinas bilan uchrashuv oʻtkazildi. Muzokaralar chogʻida „Coca-Cola“ kompaniyasi bilan hamkorlikni kengaytirish istiqbollari koʻrib chiqildi, deya xabar beradi vazirlik matbuot xizmati.[3]
  • Bu Oʻzbekistonda „Coca-Cola“ kompaniyasi bilan bogʻliq vaziyatga oz boʻlsa-da, oydinlik kiritgan soʻnggi yarim yil ichidagi rasmiy yangiliklardan biri boʻldi. Endi, voqealar xronologiyasini tiklashga urinib koʻramiz.
  • 2013 yil fevral. Peshtaxtalardan Koka-Kola ichimligi yoʻqoldi. Isteʼmolchilar orasida turli, xususan zavod yopilarmish, degan mish-mishlar yuribdi. Biroq „Sosa-Cola“ kompaniyasining Yevrosiyo va Afrika mamlakatlaridagi kommunikatsiyalar boʻyicha direktori Dana Bolden ushbu mish-mishlarga barham beradi. U zavod yopilmagan va yopilish niyati yoʻq, shunchaki etkazib berish ishlari bilan bogʻliq vaqtinchalik muammolar kuzatilyapti, xolos, degan bayonotni bildiradi. Doʻkonlarda 1,5 litrlik ichimlikning narxi 2500 soʻm.
  • 2013 yil aprel. Koka-Kola peshtaxtalarga qaytdi. Lekin endi 1,5 litrlik koka-kola narxi 3000 soʻmgacha koʻtarildi.
  • 2013 yil sentyabr. Oʻzbekiston-Amerika biznes-forumi davomida „Coca-Cola“ kompaniyasining mintaqaviy menejeri Oleg Pileski 2014 yilda kompaniya Oʻzekistonga $50 mln.dan ziyod mablagʻ investitsiyalashni rejalashtirayotgani haqida maʼlum qiladi. Doʻkonlarda esa bir shisha koka-kolaning narxi 3500 soʻm.
  • 2013 yil dekabr. Yangi yil arafasida koka-kola yana doʻkon peshtaxtalaridan yoʻqoladi. Narxlar 7000-8000 soʻmgacha koʻtariladi.
  • 2014 yil yanvar. Ommaviy axborot vositalarida „Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston LTD“ MChJning 12 million dollarni oʻzlashtirishda hamda shakar etkazib berish boʻyicha hujjatlar va korxonaning moliyaviy hisobotlarini qalbakilashtirishda gumon qilinayotgan ikki nafar top-menejeri hibsga olingani haqidagi xabar paydo boʻladi.
  • 2014 yil fevral. Rasmiy sabab maʼlum qilindi — zavoddagi profilaktika ishlari tufayli Coca-Cola, Fanta va Sprite ichimliklarini ishlab chiqarish vaqtinchalik toʻxtatiladi. „Aynan ishlab chiqarish toʻxtagani bois bozorlar va doʻkonlarda ushbu ichimlikning narxi keskin koʻtarilib ketdi. Hozir sotuvda boʻlgan ichimliklar — sotuvchilarning oʻzida qolgan mahsulot. Narxlarni ham ular belgilaydi“, — deya sharhlaydi oʻshanda bu holatni „Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston, LTD“ korxonasining vakili.
  • 2014 yil mart. Kutilmaganda bozorlarda yuqorida tilga olingan ichimliklar, shu jumladan Burn energetigi ham paydo boʻladi. Mahsulot qiymati ham shubha tugʻdiradigan darajada arzon — 1,5 litrlik Coca-Cola, Fanta va Sprite ichimliklarining narxi 2250-2550 soʻm atrofida. Odamlar sevimli ichimligini xard qilish uchun navbatda turishga rozi. Sababi uning yakuniga etayotgan yaroqlilik muddatida.
  • 2014 yil mart. Bundan buyon „Coca-Cola Ichimligi Uzbekiston LTD“ korxonasining 57.12 % miqdoridagi davlat ulushi Oʻzbekiston Respublikasi Xususiylashtirish, monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish boʻyicha davlat qoʻmitasi huzuridagi „Davlat aktivlarini boshqarish markazi“ DUKga tegishli ekani haqidagi rasmiy maʼlumot eʼlon qilinadi.
  • 2014 yil aprel. Oʻzbekiston Respublikasi Tashqi iqtisodiy aloqalar, investitsiyalar va savdo vazirligida „Coca-Cola International“ kompaniyasining Turkiya, Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlari boʻyicha prezidenti Galya Molines bilan uchrashuv boʻlib oʻtadi.
  • Bu orada esa Pepsi ichimligining qiymati 1,5 litr uchun 8000 ming soʻmga etadi, Coca-Cola 2500 dan 6000 soʻmgacha boʻlgan narxlarda kichikroq doʻkonchalarda qoladi, xolos.
  • Shuni hisobga olish kerakki, har bir variantda ichimlik tarkibi har xil. Quyida ichimlikning oddiy varianti koʻrsatilgan Ichimlikning tarkibida[1]:
  • Qand
  • Boʻyoq modda: qand boʻyog'i (E150)
  • Ortofasfor kislotasi (E338)
  • [[Kofein]5:57]
  • Tabiiy xushboʻy hid beruvchi
  • Uglerod ikki oksidi (E290)
  • 1893 yil 122 yil avval “Koka-kola”ning tovar belgisi qo'yildi, hozirgi kunda “Koka-kola” ichimligi afsonaviy brendlardan hisoblanadi. Jon Pemberton ichishga biror tansiq ichimlikni o'ylab topishni xohladi, bu ichimlikni tarixi 1886 yilning martiga borib taqaladi. Shakar qiyomi va kofein, unga koko qaynatmasini qo'shib, u jigarrang rangli shirin ichimlikni o'ylab topdi. Atlantidadagi “Djeykobs” aptekasiga bu ichimlik asab kasalliga ichiladigan dori sifatida  avtor patent oldi. Har bir apteka xaridori 5 cent bilan bu ichimlikka ega bo'ldi. Eksperimentni davom ettirgan holatda  bu qiyomga gazlangan suv qo'shishdi. Pembertonning do'sti F. Robistonning tashabbusi bilan bu ichimlik dunyoga mashhur  “Koka-kola”degan nom oldi. Faqat bu ichimlik 1893 yil 31 yanvarda  The compani Coca-cola kompaniyasi rahbari, biznesmen A. Kendler tashabbusi bilan ro'yxatdan o'tdi. Biznesmen beva Pembertondan ichimlikning reseptini sotib oldi. U o'zining mahsus qo'shimchalarini qo'shib tayyorladi. Shu vaqtdan boshlab bu ichimlik dunyo bo'ylab sotilishni boshladi.

Download 45.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling