Yillarda aqsh


Download 118.35 Kb.
bet1/5
Sana18.06.2023
Hajmi118.35 Kb.
#1582920
  1   2   3   4   5
Bog'liq
1918 -1939 yillarda AQSH mavzusini o\'rganishda interfaol usullardan foydalanish


Umumiy o'rta ta'lim tizimida "1918 -1939 yillarda AQSH"mavzusini o'rganishda interfaol usullardan foydalanish
Kirish
Asosiy qism
I BOB Birinchi jahon urushining aqsh uchun oqibatlari
1.1 Birinchi jahon urushining AQSH uchun oqibatlari.

    1. 20 – yillarda AQSHning iqtisodiy ahvoli.

II BOB XIX asr oxiri XX asr boshlarida AQSH ning ijtimoiy – iqtisodiy ahvoli

    1. 1918 – 1939 yillarda Amerika Q’oshma Shtatlari

2.2 AQSH ning XIX-asr oxiri XX-asr boshlarida tashqi siyosati
Xulosa
Aabiyotlar


Kirish
Birinchi jaxon urushi yillarida AQSH imperialistlari qirg`inchilik urushini cho`zish, yanada ko`proq foydani qo`lga kiritish, boshqa mamlakatlarni o`zlariga bo`ysuntirish jaxonda xukmron bo`lib olish maksadlarini kuzda tutdilar. AQSH dastlab «betaraflik» bilan niqoblanib xarakat qildi, 1917 yili aprelida jaxon urushiga kirdi va fakat 1918 yil yozidan boshlab urush xarakatlarida aktiv ishtirok etdi. Amerikaliklardan urushda xalok va yarador bo`lganlarning soni 300 ming kishidan sal oshdi. AQShning ko`rgan talofati boshqa kapitialistik mamlakatlarnikiga nisbatan juda kamdir. Urush yillarida AKShning ogir sanoati va xarbiy sanoati yanada tez rivojlandi. AQSH imperialistlari uchrashuvi davlatlarga quro-yaroq sotish va qarz berish yo`li bilan ularning ichki ishlariga ko`proq aralashib, jaxon miqyosida o`zlarining iktisodiy moliyaviy va siyosiy rolini oshirdilar. Chet mamlakatlarga tavar va kapital chiqarish tezlashib ketdi. Eksport importdan ancha oshib ketdi. AQSH boshka davlatlardan karz oluvchi mamlakatdan qarz beruvchi mamlakatga aylandi.
AQShning ichki tarakkiyoti va xalkaro axvolining xususiyatlari, uning boyib ketishi kapitalizm ziddiyatlarini sira bushashtirmadi. Boylikning yirik manopolistlar, milliarderlar qo`lida to`planishi mamlakatda tengsizlikni kuchaytirdi. Sanoat tez rivojlangan bo`lsada, korxonalar to`la ta`minlanmadi.
Urush natijasida burjuaziya bilan mexnatkashlar axvoli urtasidagi fark borgan sari chukurlashdi. Ishchilar sinfining, umuman mexnatkashlarning asosiy kismi yanada kuprok kashshoklandi. 1913-1919 yillarda turmush kechirish kiymati 104 foiz oshgan bo`lsa, shu davr ichida ishchilarning ish xaki urta xisobda 55 foiz oshdi. Urush tugagandan keyin xarbiy maxsulot ishlab chikarishning qisqartirish natijasida ommaviy ishsizlik vujudga keldi. Yer narxini ko`tarilishi fermer ishlab chiqargan tovarlar narxining pasayib ketganligi, soliqlarning kupayishi natijasida fermerlarning axvoli yanada yomonlashdi. AQSH 1917 yil dekabridan boshlab Sovet Rossiyasiga karshi intervensiya uyushtirishga kirishdi va Xitoy singari Sovet mamlakatini asoratga solishga shoshildi.
Sovet davlatining sulx tugrisida 1917 yili 8 may-noyabrdagi Deklarasiyasiga karama-karshi ravishda AQSH prezidenti Vudro Vilsonning 1918 yili 8 yanvarda kongressga yozgan maktubida Germaniya bilan tuzilgan shartnomalari xakidagi takliflari «14 modda» bayon qilindi. Bu «14 modda» va unga berilgan izoxlar Sovet Rossiyasini bo`lib yuborish va burjua pomeshchiklar tartibini tiklash programmasi edi. 1918 yil aprelida AQSH kurolli kuchlari Angliya, Fransiya, Italiya qo`shinlari bilan Murmansk va Arxangelsk orkali Sovet respublikasiga bostirib kirdilar va qurolli intervensiya boshladilar. 1918 yil avgustida general Grevv boshchiligida Amerika korpusi Sovet Uzok Sharqiga bostirib kirdi. 1919 yilgi Parij konferensiyasida Vilson Sovet Rossiyasiga qarshi pozisiyani kuchaytirish Rossiya xalqlarini ochlikga giriftor qilish uchun blokada tashkil etish, Sovetlarga qarshi AQSH boshchiligida Millatlar Ittifokini tuzish uchun jonbozlik kursatdi. U Armanistonni AQSH nazoratiga olish uchun maandat talab kildi1.
Amerika imperializm jaxonda xukmronlik kilishga intilib Parij konferensiyasida imperialistik Versal shartnomasini tuzishda katta rol uynadi. U Germaniyani zaiflashtirib yubormaslikka, xatto Chexoslavakiya territoriyasini bir kismini Germaniya foydasiga ajratib olishga, kuchli nemis armiyasini saklab kolishga, binobarin, Germaniyaning avvalo Sovet Rossiyasiga, shuningdek, Angliya va Fransiyaga qarshi kuchli bir davlat bo`lib qolishga intildi. Angliya, Fransiya va AQShning jaxonga xukmron bo`lib olish uchun intilishiga karshi turdilar. Versal sulx shartnomasi Angliya va Fransiya (AQShning jaxonda xukmron bo`lib olish) imperialistlarning manfaatlariga muvofik bo`lib chikdi. Germaniyaning mustamlakalari Angliya, Fransiya va Yaponiya kuliga utdi. 1920 yil avgustida konstitusiyaga tuzatish kiritilib ayollarga saylov xukuki berildi. Burjuaziya tashki va ichki vaziyatni nazarda tutib xokimiyatni respublikachilarga topshirishni lozim topdi. 1920 yil noyabrdagi prezident saylovlarida respublikachilarning nomzodi Uorren Garding prezident kilib saylandi. 1921 yilda AQSH Germaniya va uning sobik ittifokchilari bilan separat sulx shartnomalarini tuzdi. Yevropa ishlaridan chetda turish «izolyasionnizm» (ajralib va yakkalab turish) nikobi ostida AQSH Yevropa ishlarida aktiv katnashib bordi.
AQSH kapital chikarish yuli bilan boshka mamlakat xalklarini iktisodiy va siyosiy asoratga solishga zo`r berib urindi. AQSH imperialistlari Markaziy va Janubiy Amerika, Lotn Amerikasi mamlakatlariga og`ir shartlar bilan qarz berish, ularning hukmron doiralarini pora berib sotib olish orkali bu mamlakatlarda iktisodiy va siyosiy pozisiyani mustahkamlay boshladilar. 1923 yilda «Monro doktrinasi» ni yangidan yuzaga chiqarib, amalga oshirishga xarakat kildilar. AQSH Lotin Amerikasi mamlakatida Angliya pozisiyasiga katta zarar yetkazdi. Uni kup mamlakatlardan siqib chikardi. Shuning uchun xam AQSH bilan Angliya o`rtasidagi ziddiyat kapitalistik mamlakatlar urtasidagi ziddiyatlar orasida asosiy ziddiyat bo`lib koldi.



Download 118.35 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling