T/r
|
Tadbir nomi
|
Amalga oshirish mexanizmi
|
Ijro muddati
|
Moliyalashtirish manbalari
|
Mas’ul ijrochilar
|
I. Ilmiy tadqiqotlarning samaradorligi va natijadorligini oshirish
|
1.
|
Toshkent vaksina va zardoblar ilmiy-tadqiqot institutining (keyingi o‘rinlarda — Institut) ilmiy-tadqiqot faoliyatini 2030-yilgacha rivojlantirish dasturini ishlab chiqish hamda Fan va texnologiyalar bo‘yicha respublika kengashiga tasdiqlash uchun kiritish.
|
Xalqaro hamkorlikni rivojlantirish, Institutning rolini kuchaytirish, vaksinalar, zardoblar va boshqa immunobiologik preparatlarni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yishni inobatga olgan holda immunologiya fani, shu jumladan vaksina-zardob ishini rivojlantirishning istiqbolli yo‘nalishlarini belgilash.
|
2021-yil
1-mart
|
–
|
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(Abduraxmonov),
Fanlar akademiyasi
(Yuldashev), manfaatdor vazirlik va idoralar
|
2.
|
Xorijiy ilmiy markazlarda faoliyat ko‘rsatayotgan vatandoshlar va yetakchi xorijiy olimlar orasidan profilaktika tibbiyoti va unga yaqin yo‘nalishlarning olimlarini Institutdagi tadqiqotlarga jalb qilish.
|
Xorijiy ilmiy markazlarda faoliyat ko‘rsatayotgan vatandoshlar to‘g‘risida ma’lumotlarni shakllantirish;
vatandosh olimlar va xorijiy mutaxassislar bilan tegishli muhokamalarni o‘tkazish;
yetakchi immunolog, virusolog, parazitolog, mikrobiolog, biotexnolog, epidemiolog va farmatsevtlar ishtirokid� ilmiy-tadqiqot loyihalarini tayyorlash;
loyihalarni Sog‘liqni saqlash vazirligi va “El-yurt umidi” jamg‘armasi bilan muvofiqlashtirish;
loyihalarni Vazirlar Mahkamasiga taqdim etish.
|
2021-yildan boshlab
|
“El-yurt umidi” jamg‘armasi mablag‘lari
|
Farmatsevtika tarmog‘ini rivojlantirish agentligi (Kariyev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi
(Abduraxmonov),
Fanlar akademiyasi
(Yuldashev), “El-yurt umidi” jamg‘armasi (Bekmuradov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
|