I. Biotexnologiyalarni rivojlantirish va mamlakatning biologik xavfsizligini ta’minlash sohasidagi qonun hujjatlarini takomillashtirish
|
1.
|
O‘zbekiston Respublikasida hujayra texnologiyalarini rivojlantirish, shu jumladan hujayralarning muomalasi va ulardan foydalanish, biobanklarni tashkil etish va yuritish tartibi hamda biomaterialni saqlash qoidalarini belgilash, o‘zak hujayralari sohasida ilmiy tadqiqotlarni rivojlantirishga �oir chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
2021-yil
1-may
|
–
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)
|
2.
|
Biologik xavfsizlikni ta’minlash, shuningdek, biologik xavf-xatar darajasiga qarab biotibbiyot tadqiqotlarini o‘tkazish va chiqindilarni xavfsiz ravishda utilizatsiya qilish uchun laboratoriyalarni loyihalashtirish va qurish, ushbu sohadagi aniq tibbiy-biologik tadqiqotlarni o‘tkazishga qodir malakali xodimlarni tayyorlash va tanlashga qaratilgan tibbiy-biologik tadqiqotlar tizimini takomillashtirish chora-tadbirlarini ishlab chiqish.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
2021-yil
1-avgust
|
–
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),
Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi
(Madjidov)
|
3.
|
Mustaqil Davlatlar Hamdo‘stligi ishtirokchi davlatlarining Parlamentlararo Assambleyasi tomonidan tasdiqlangan “Madaniy o‘simliklarning genetik resurslarini saqlash va ulardan oqilona foydalanish to‘g‘risida”gi model qonunini qabul qilish.
|
Qonun loyihasi
|
2021-yil
1-may
|
–
|
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Maksudov),
O‘rmon xo‘jaligi davlat qo‘mitasi (Bakirov)
|
4.
|
Inson hujayralari va to‘qimalaridan foydalanish chog‘ida vujudga keladigan ijtimoiy munosabatlarni tartibga solish, shu jumladan inson organlari va to‘qimalarini hamda donorlarni chetga olib ketishning oldini olish bo‘yicha huquqiy mexanizmlarni belgilash.
|
Normativ-xuquqiy hujjat loyihasi
|
2021-yil
1-mart
|
–
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev)
|
5.
|
Biotexnologiya mahsulotlarini ishlab chiqarishga xalqaro standartlarni, shu jumladan biotexnologiya mahsulotlari bo‘yicha ISO 20387:2018, ISO 20391-1:2018, ISO 20391-2:2019, ISO 20395:2019, ISO 20688-1:2020 xalqaro standartlarini joriy etish.
|
Amaliy
chora-tadbirlar
|
2021-yil
1-oktabr
|
–
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), “O‘zstandart” agentligi (Sattarov),
manfaatdor vazirlik va idoralar
|
6.
|
Biotexnologiya usullarini qo‘llagan holda olingan urug‘lik ekinlarining navlari va gibridlarini yaratish va ulardan tijorat maqsadlarida foydalanish sohasidagi normativ-huquqiy bazani takomillashtirish.
|
Chora-tadbirlar dasturi
|
2021-yil
15-may
|
–
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
|