(Yusupaliyev)
18.
|
Xalqaro standartlar va zamonaviy talablarga muvofiqlashtirish maqsadida veterinariya tadbirlari uchun qo‘llaniladigan mikroorganizmlar va viruslar shtammlari, toksinlar hamda tabiiy va o‘simliklardan olinadigan zaharlarni saqlash, ulardan foydalanish, shuningdek, ularni yetkazib berish tartibini takomillashtirish.
|
Idoraviy normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2022-yil
1-fevral
|
–
|
Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish davlat qo‘mitasi (Norqobilov),
O‘simliklar karantini va himoyasi agentligi (Ergashev),
Adliya vazirligi (Davletov)
|
19.
|
Qishloq xo‘jaligi ishlab chiqaruvchilarini davlat tomonidan qo‘llab-quvvatlashda kelib chiqishi biologik tusga ega mahsulotlar (shu jumladan o‘g‘itlar va o‘simliklarni himoya qilish vositalari) maqomining ustunligini ta’minlovchi mexanizmlarni ishlab chiqish va joriy etish.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2021-yil
1-iyun
|
–
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi
(Xodjayev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)
|
20.
|
Qishloq xo‘jaligi ekinlarining genetik modifikatsiyalangan navlari to‘g‘risida milliy ma’lumotlar bazasini shakllantirish va yuritish tartibini belgilash.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihas�
|
2021-yil
1-avgust
|
–
|
Bioxavfsizlik milliy muvofiqlashtiruvchi markazi (Buriyev), Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov), Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev)
|
21.
|
Genetik modifikatsiyalangan organizmlar va ularning mahsulotlari xavfsizligini ilmiy ekspertizadan o‘tkazish tartibini belgilash.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2021-yil
1-dekabr
|
–
|
Milliy muvofiqlashtirish markazi (Buriyev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev),
Sog‘liqni saqlash vazirligi (Xadjibayev)
|
22.
|
Biotexnologiya mahsulotlari va biotexnologiya namunalarini olib kirish va olib chiqishning bojxona tartib-taomillarini soddalashtirish.
|
Tahliliy materiallar
|
2021-yil
1-iyun
|
–
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),
Davlat bojxona qo‘mitasi
(Azimov)
|
II. Biotexnologiya mahsulotlarini yaratish, joriy etish, ishlab chiqarish va realizatsiya qilishning yaxlit infratuzilmasini tashkil etish, shu jumladan investitsiya loyihalarini shakllantirish va amalga oshirish
|
23.
|
Tajribaviy yopiq siklli, shu jumladan personallashtirilgan biologik qishloq xo‘�aligi, bioagrofermalar, bioyoqilg‘i, chiqindilarni qayta ishlash elementlarini qamrab oluvchi biotexnologik agroklasterni tashkil etish to‘g‘risidagi takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
Tahliliy materiallar
|
2021-yil
1-yanvar
|
–
|
Qishloq xo‘jaligi vazirligi (Xodjayev),
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov)
|
24.
|
Bioyoqilg‘i ishlab chiqarish tarmog‘ini rivojlantirish maqsadida absolyutlashtirilgan texnik spirtni ishlab chiqarishni tartibga solishning o‘ziga xos xususiyatlarini belgilash bo‘yicha takliflar ishlab chiqish va Vazirlar Mahkamasiga kiritish.
|
Tahliliy materiallar
|
2021-yil
1-avgust
|
–
|
Alkogol va tamaki bozorini tartibga solish hamda vinochilikni rivojlantirish agentligi (Boboyev),
Energetika vazirligi (Sultanov),
Fanlar akademiyasi (Yuldashev),
manfaatdor vazirlik
va idoralar
|
25.
|
Tashlanmalar bo‘yicha texnologik normativlarni bosqichma-bosqich kuchaytirishga qaratilgan, parrandachilik, o‘simlikshunoslik, oziq-ovqat sanoati hamda neft va neft mahsulotlari, ko‘mir va ko‘mir kimyosini ishlab chiqarish, saqlash, uzatish va yetkazib berishda yoqilg‘i-energetika kompleksi korxonalarining chiqindilaridan ishlab chiqarilgan bioenergetikaning texnik mahsulotlariga talabni rag‘batlantiruvchi chora-tadbirlarni ishlab chiqish.
|
Normativ-huquqiy hujjat loyihasi
|
2021-yil
15-oktabr
|
–
|
Innovatsion rivojlanish vazirligi (Abduraxmonov),
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qilish davlat qo‘mitasi (Maksudov),
Energetika vazirligi
|