Mil. avv. 2-ming yillikda Old Osiyo hududida yashagan xalqlarni birlashtirgan ilk davlatlar vujudga kela boshladi: Ossuriya, Xett, Mitanni kabi davlatlar va Finikiya shahar-davlatlari shular jumlasidandir. Bu davlatlar doimiy bosqinchilik va mudofaa urushlari olib borganlar.
|
Qaysi voqeadan so’ng G’azna va Xurosonda Sobuqtegin va o’g’li Mahmudning siyosiy hukmronligi kuchaydi?
|
992-yilda Horun Bug‘roxon boshliq qoraxoniylar Movarounnahrga hujum boshlaydilar. Qoraxoniylar Buxoroni qarshiliksiz ishg‘ol qiladilar. Nuh ibn Mansur qoraxoniylarga qarshi kurashish uchun G‘aznadagi noibi Sobuqteginni yordamga chaqiradi. U (20000) yigirma ming kishilik qo‘shin bilan Movarounnahrga yetib keladi. Nuh bilan birlashib, bir necha janglardan so‘ng qoraxoniylar noibi qo‘shinlari tor-mor qilinadi. Buning evaziga Nuh Sobuqteginni Xurosonning noibi etib tayinlaydi. Natijada G‘azna va Xurosonda Sobuqtegin va o‘g‘li Mahmudning siyosiy hukmronligi mustahkamlanadi.
|
|
Qaysi Xiva xoni davrida ko’chib kelgan 32 o’zbek qabilasi 4 guruhga bo’linib noiblar boshqargan?
|
Abulg‘oziy Bahodirxon ko'chib kelgan 32 ta o‘zbek qabilalarini 4 ta guruhga bo‘ldi. Bular: Uyg‘ur - nayman, qo‘ng‘irot - qiyot, nukuz - mang‘it, qang‘li - qipchoq. Abulg‘oziy Bahodirxon.
|
|
Xitoyda qaysi voqeadan so’ng Tan sulolasi uyg’urlarga qarshi uzoq urush olib boradi?
|
Imperator qo'shinlari 640-yilda Buyuk Ipak yo'li ustida joylashgan Gaochan davlatini mag'lub etadi. Shundan so'ng uyg'urlarga qarshi uzoq yillar davom etgan urushlar boshlanadi.
|
|
Nasaviyning 1241-yilda yozishni boshlagan asari qaysi? Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mengburni.
|
Shihobiddin ibn Ahmad an-Nasaviy qalamiga mansub “Siyrat as-sulton Jalol ad-Din Mengburni” (“Sulton Jaloliddin Manguberdining tarjimayi holi”) nomli asar alohida o‘rin tutadi. Muallif o‘z asarini bitishga Jaloliddin vafotidan qariyb 10 yil o‘tgandan so‘ng 1241-yilda kirishgan.
|
|
Kaspiy ortidan Samarqandga birinchi poyezd kelgan yilda bo’lgan voqeani aniqlang.
|
1888-yili Samarqandga dastlabki poyezd keldi.
Buxoro amirligi temiryo‘l orqali Toshkent, Orenburg va Moskva bilan bog‘langandi. 1888-yilga kelib Buxoro amirligi hududida rus qishloqlari vujudga kela boshladi.
|
|
Kamol Binoiy asari «Shayboniynoma».
|
|