Yillarda oʻtkazilgan tarix fanidan attestatsiyadagi savollar toʻplami


Ziroat, savdo-tijorat, moliya, soliq, shahar va qishloqlarda osoyishtalikni saqlash uchun harbiy ishlar bilan shug‘ullanadigan mahkamalar


Download 153.47 Kb.
bet20/46
Sana19.06.2023
Hajmi153.47 Kb.
#1601676
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46
Bog'liq
tarix atestatsiya

Ziroat, savdo-tijorat, moliya, soliq, shahar va qishloqlarda osoyishtalikni saqlash uchun harbiy ishlar bilan shug‘ullanadigan mahkamalar

Uning tarkibida ziroat, savdo-tijorat, moliya, soliq, shahar va qishloqlarda osoyishtalikni saqlash uchun harbiy ishlar bilan shug‘ullanadigan mahkamalar faoliyat ko‘rsatgan. Davlatning eng yuqori lavozimlaridan biri vazirlik – xo‘jayi buzruk unvoniga ega bo‘lgan. U devonxona ishlariga mas’ul bo‘lgan. Harbiy safarlar vaqtida hukmdor nomidan davlatni idora etgan.


Buyuk Karl 773-yilda ...

Germanlarning langobard qabilasi Italiyada tuzgan davlatiga qarshi 773-yilda boshlanadi. Urushda g'olib bo'lgan Karl Italiya yerlarini grafliklarga bo'lib, Frank qirolligiga qo'shib oladi.


... Mo’g’ullarda qayerni bosib olishda 10 dan 1 ta askar? Rus va Shimoliy Kavkaz

Mo'g'ullarning 1235-yilda bo'lib o'tgan qurultoyi Rus va Shimoliy Kavkaz yerlarini bosib olish haqida qaror chiqaradi. To'planadigan qo'shinga Botuxon yetakchilik qilishi e'lon qilinadi. Uluslardan o'nta askardan bittasining ajratilishi, Botuxonga yordamga Chingizxonning sarkardalaridan Subutoy Bahodirning berilishiga kelishiladi.


Karl Burgunskiy qaysi tashkilotga asos solgan?

«Jamiyat baxt-saodati ittifoqi»ni


Qo’qon xonlaridan qaysi biri kambag‘al va qalandarlarga yer maydonlari hamda chorva mollari berib, ularni mehnatga jalb qiladi?

Olimxon.


Qaysi Mo‘g‘ulistonning ulug‘ xoqoni soliq va hashar ishlarini tartibga solish to‘g‘risida maxsus farmon – yorliq chiqaradi?

Munke.


... Abdulatifxondan keyin taxtga kim keldi?

Navro‘z Ahmadxon Samarqand hukmdori, amakivachchasi Abdulatifxon bilan ittifoq tuzib 1540-yilda Buxoroni egalladi va hokimiyatni o‘z tarafdorlariga topshirdi. 1548-yilda Abdulatifxon vafot etgach, Samarqand taxtini egalladi. O‘z nomidan tanga pul zarb ettirdi.


Mld. Avv. I asrda O’rta Osiyodagi tabaqalar?

Temir asri boshlarida O'rta Osiyoda aholi to'rtta guruhga bo'lindi: kohinlar, jangchilar, dehqonlar, hunarmandlar.


“Buyuk chekinish” tufayli Rossiya qaysi hududlarni qo’ldan boy berdi?

Rus qo‘shini qattiq qarshilik ko‘rsatsa-da, kuchlar noteng bo’lgan janglar natijasida Polshani, Boltiqbo‘yi, G‘arbiy Belorus va G‘arbiy Ukrainaning bir qismini tashlab chiqishga majbur bo‘ldi. Bu chekinish birinchi jahon urushi tarixiga «Buyuk chekinish» nomi bilan kirdi.


Nima sababdan Yevropa qirollari, Rim papalari, Vizantiya imperatorlari va Turk sultonlari xon saroyi bilan do'stona munosabatda bo'lishga intilganlar?

Oltin O'rda Sharqiy Yevropaning kuchli bir davlati bo'lganidan.


Iqto yer egalari..

Iqto (arabcha) – chek, taqsimlab berilgan yer, hukmdor tomonidan katta xizmatlari uchun in’om qilingan chek yer
Xalifa davlat yerlarini iqto tariqasida in’om qilgan. Hukmron sulola hamda oliy tabaqa vakillariga davlat oldidagi xizmatlari evaziga hadya qilingan yerlar – mulki iqto yerlari deb yuritilgan. Somoniylar.


Ubaydullaxon davridagi siyosiy o’zgarishlar?

Ubaydullaxon (1533-1540) qo‘liga o‘tdi. U 1533-yilda xonlik poytaxtini Samarqanddan Buxoroga ko‘chirtirdi.
Ismoil Safaviy qo‘shinining hujumlarini bartaraf etib, Movarounnahmi ularning harbiy-siyosiy tazyiqlaridan saqlab qoldi.
Mir Arab taxallusi bilan mashhur bo‘lgan din peshvosi Abdulla Sabroniy tomonidan qo‘llab-quvvatlandi. Ubaydullaxon hukmronligi davrida Buxoroning poytaxt sifatidagi nufuzi har tomonlama o‘sdi.Ubaydullaxon o‘z davlatining chegarasini Shayboniyxon davridagi sarhadlarda qayta tiklashga harakat qildi. U Hirotni ishg‘ol etgan Eron qo‘shinini bir necha marta mag‘lubiyatga uchratgan edi.


Xitoy kompartiyasi bilan Gomindan partiyasi o’rtasida 1945-yil avgustida qaysi voqea tufayli yarash sulhi tuzilgan?

1945-yil avgustda SSSR va AQSH vositachiligida Xitoy Kommunistik partiyasi bilan Gomindan o‘rtasida muzokaralar bo‘lib, o‘zaro dushmanlik harakatlarini to‘xtatishga kelishildi.


Kim 1384-yilda Misr sultoni Barquq bilan uchrashuvda Amir Temurni yo‘q qilish taklifini kiritadi.

To‘xtamishxonning elchisi.


Rossiyani bizga bosqinini tezlatgan sabablar?

XIX asrda Rossiya imperiyasining sanoat xomashyosiga bo‘lgan ehtiyojining ortishi, ishlab chiqarilgan mahsulotlari uchun qo‘shimcha iste’mol bozorlarining zarurligi, to‘qimachilik sanoati uchun arzon paxta tolasi yetkazib beradigan hududga ega bo‘lish muammolari O‘rta Osiyoning bosib olinishini yanada tezlashtirdi. XIX asrning o‘rtalarida bu hududni bosib olish Rossiya imperiyasining birinchi navbatdagi vazifasiga aylandi. Bundan tashqari xalqaro doirada ingliz tovarlarining O‘rta Osiyoga kirib kelishi, Angliyaning bu hududga nisbatan qiziqishi ortib borishi Rossiya imperiyasi hukumatining istilochilik harakatlarini yanada tezlashtirdi.


... Bu jarayonlar natijasida 1855-yil qoraqalpoqlarning qo‘ldovli qabilasidan bo‘lgan Ernazarbiy boshchiligidagi qo‘zg‘olon boshlanadi.

Qoraqalpoqlar bundan buyon Xiva xonligiga bo‘ysunmasligini e’lon qiladilar. Ernazarbiy Rossiya ta’sirida bo‘lgan qozoq urug‘ boshliqlaridan biri Zarliqni xon qilib ko‘tarish va imperiya tobeligiga o‘tishga intilardi.


Xiva xoni harakatlarini nazorat qilish huquqi kimga berilgan? 7 kishidan iborat Kengash (devon).

Ichki va tashqi siyosatdagi arzimas o‘zgarishlarni ham Xiva xoni Turkiston general-gubernatori bilan kelishib olishi lozim edi. Xon ustidan nazorat qilish maqsadida 7 kishidan iborat Kengash (devon) ta’sis etilib, ularning to‘rt nafari podsho hukumati vakillari edi.


Xiva shahrning 2500 yilligi qachon nishonlandi? 1997-yil.

1997-yilda Xivaning ham 2500 yilligi nishonlandi.
1997-yilda Buxoro shahrining 2500 yilligi nishonlandi.


Qaysi atama slovyanlarga tegishli emas?

Prjemislovich.


... 1905-yilda Aqsh arashuvi bilan Rossiya-Yaponiya o’rtasidagi shartnomaga ko’ra..

Download 153.47 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   16   17   18   19   20   21   22   23   ...   46




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling