Yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Faol tadbirkorlik


Download 50.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet6/14
Sana02.02.2023
Hajmi50.9 Kb.
#1147105
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
O'zbekiston yangiliklari
dasturini ishlab chiqsin va kiritsin. 
4. O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi Bosh prokuratura bilan birgalikda bir oy muddatda nazorat qiluvchi organlar
tomonidan o'tkazilgan tekshirishlar, monitoring va tadbirkorlik subyektlari faoliyatida
aniqlangan huquqbuzarliklarni bartaraf etish bo'yicha ko'rilgan choralar haqidagi zarur
axborotlarni doimiy kiritib borishni nazarda tutuvchi maxsus elektron axborot tizimini
ishlab chiqsin va joriy qilsin. 
5. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi bir oy muddatda: 
O'zbekiston Respublikasi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish
vazirligi, Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda nazorat qiluvchi organlar tomonidan
tadbirkorlik subyektlari faoliyatidagi qonunbuzilishlar haqidagi ma'lumotlarni tekshirish
tartibini ishlab chiqsin va kiritsin; 
Savdo-sanoat palatasi, Adliya vazirligi va boshqa manfaatdor idoralar bilan birgalikda
tadbirkorlik faoliyati sohasida huquqbuzarliklarning oldini olish maqsadida jamoatchilik
nazoratining ta'sirchan mexanizmlarini nazarda tutuvchi qonun loyihasini ishlab chiqsin
hamda belgilangan tartibda O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga
kiritsin. 
6. O'zbekiston Respublikasi Davlat soliq qo'mitasi Savdo-sanoat palatasi va boshqa
manfaatdor idoralar bilan birgalikda bir oy muddatda tadbirkorlik faoliyati sohasida
huquqbuzarliklarni profilaktika qilish, qonunchilik normalarini yetkazish va tushuntirish
bo'yicha kompleks chora-tadbirlar dasturini ishlab chiqsin va tasdiqlasin. 
7. O'zbekiston Respublikasi Bosh prokuraturasi har bir huquqbuzarlik holati bo'yicha
aybdor shaxslar javobgarligining muqarrarligi prinsipi so'zsiz amalga oshirilishini
ta'minlagan holda, tadbirkorlik faoliyati sohasida, eng avvalo, tadbirkorlik subyektlari,
chet el investorlari va chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalarning huquq va qonuniy
manfaatlarini himoya qilish bo'yicha qonunchilik ijrosi ustidan nazoratni kuchaytirsin. 
8. Belgilab qo'yilsinki: 
a) quyidagilar 2023-yil 1-yanvarga qadar muddatga yagona ijtimoiy to'lovdan tashqari,
barcha turdagi soliq va majburiy to'lovlar to'lashdan ozod qilinadi: 
yuqori texnologiyali tadbirkorlik loyihalari-startaplarni birgalikda moliyalashtirish uchun
tashkil qilinadigan venchur fondlar
venchur fondlardan birgalikda moliyalashtiriladigan yuqori texnologiyali loyihalar-
6 / 14



Download 50.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling