Yillarda O'zbekiston Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar strategiyasini "Faol tadbirkorlik


Download 50.9 Kb.
Pdf ko'rish
bet9/14
Sana02.02.2023
Hajmi50.9 Kb.
#1147105
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
Avtomobil yo‘llari qo‘mitasi
O'zbekiston yangiliklari
Davlat dasturi amalga oshirilishining borishi haqidagi xolis, to'liq ma'lumotning keng
jamoatchilikka tezkorlik bilan yetkazilishini ta'minlasin. 
15. O'zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirligi: 
ushbu Farmonning mazmun va mohiyatini, shuningdek, mamlakatning investitsiyaviy
jozibadorligini oshirishga qaratilgan zarur ma'lumotlarning xalqaro jamoatchilikka tizimli
yetkazilishini; 
Davlat dasturini amalga oshirish uchun mas'ul davlat organlari va tashkilotlariga ilg'or
xorijiy tajribani o'rganishda har tomonlama ko'maklashishni ta'minlasin. 
16. O'zbekiston Respublikasi Adliya vazirligi Bosh prokuratura va boshqa manfaatdor
vazirlik va idoralar bilan birgalikda ikki oy muddatda qonun hujjatlariga mazkur
Farmondan kelib chiqadigan o'zgartish va qo'shimchalar to'g'risida O'zbekiston
Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga takliflar kiritsin. 
17. Mazkur Farmonning ijrosini nazorat qilish O'zbekiston Respublikasining Bosh vaziri
A.N.Aripov, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining davlat maslahatchilari va
O'zbekiston Respublikasining Bosh prokurori I.B.Abdullayev zimmasiga yuklansin. 
O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.MIRZIYOYEV 
Toshkent shahri, 2018-yil 22-yanvar 
* * *
O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "2017-2021-yillarda O'zbekiston
Respublikasini rivojlantirishning beshta ustuvor yo'nalishi bo'yicha Harakatlar
strategiyasini "Faol tadbirkorlik, innovatsion g'oyalar va texnologiyalarni qo'llab-
quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid Davlat dasturi to'g'risida"gi Farmoniga
SH A R H
Keyingi bir yilda O'zbekiston davlat hokimiyati va boshqaruvi tizimida keng ko'lamli ijobiy
o'zgarishlar ro'y berdi, bunda asosiy e'tibor fuqarolarning huquqlarini himoya qilish va
aholi manfaatlarini amalda ta'minlashga qaratildi. 
"Inson manfaatlari – hamma narsadan ustun", "Xalq davlat idoralariga emas, davlat
idoralari xalqimizga xizmat qilishi kerak", degan ezgu g'oyalar O'zbekiston
taraqqiyotining yangi bosqichida ko'zda tutilgan islohotlarni hayotga tatbiq etishning
asosini tashkil qildi. 
9 / 14



Download 50.9 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling