Yillarda O’zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida global muammolarning tasnifi


Download 230.27 Kb.
bet6/14
Sana10.11.2023
Hajmi230.27 Kb.
#1762462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI

5. Mintaqamizdagi ekologik vaziyat


Insoniyat o’zining faoliyati tufayli ishlab chiqarish vositalarini taraqqiy ettirish bilan bir qatorda ekologik vaziyatni nihoyatda keskinlashtirib yubordi. Natijada ekologik inqiroz vujudga keldi. Havo va ichimlik suvlarining sanoat chiqindilari bilan ifloslanishi, o’rmonlarning yo’qolib ketishi natijasida tuproqning eroziyaga uchrashi, hayvonot dunyosining kamayib ketishi, tabiat hodisalari o’rtasidagi muvozanatning buzilishi, turli xom ashyolarning keskin kamayib ketishi kabilar ekologik inqirozning yaqqol ko’rinishidir.
Ekologik vaziyatning nihoyatda keskinlashib ketganini O’rta Osiyo mintaqasi misolida ham ko’rishimiz mumkin.
Hozirgi vaqtda O’rta Osiyodagi eng katta suv havzasi Orol dengizining taqdiri ko’pchilikni tashvishga solmoqda. Insoniyat tarixi haligacha chorak asr davomida bir avlod ko’z o’ngida havzasi 6 million gektardan ziyod va chuqurligi 69 metrgacha bo’lgan dengizning yer yuzasidan g’oyib bo’lib ketganligini bilgan emas edi. Bugungi kunda Orol dengizi qariyb yarmigacha qurib bo’ldi. Suvi qurib qolgan joylarda, ikki million gektarga yaqin qum va tuzdan iborat sahrolar paydo bo’ldi.
Orol muammosi faqat O’zbekistonga yoki O’rta Osiyodagi mamlakatlarga taalluqli mintaqaviy muammo bo’lib qolmay, umumbashariy muammo hamdir.
Orol bo’yidagi ekologik vaziyat keyingi vaqtlarda shu qadar keskinlashib, fojiali tus olib ketdiki, undan nafaqat O’rta Osiyo xalqlari, balki butun kurraizamin birin-ketin zarar ko’rmoqda.
O’zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2017 yil 20 sentyabr kuni BMT Bosh Assambleyasining 72 sessiyasida ishtirok etib, mazkur sammitda Orol fojeasi aks ettirilgan xaritani namoyish etdi. Unga ko’ra, Orol dengizi hajmi 13 martaga qisqardi; - maydoni 7 martaga qisqardi; - suv sathi 26 metrga pasaydi; - qirg’og’i yuzlab kilometrga chekindi;- suvning minerallashuvi g’arbiy qismda 120 g/l, sharqida – 280 g/l. gacha yetdi. Tuz-changli shleyflar 400 va undan ziyodroq kilometrlarga yetadi, chang dovullar harakat radiusi – 300 km.gacha va undan ko’proq masofaga yetib boradigan bo’ldi. Har yili bu yerdan atmosferaga 100 mln. tonnagacha tuzli changlar ko’tariladi. 80-yillar boshidan bunday dovullar yiliga 90 kundan ortiq vaqt davomida tez-tez sodir bo’ladigan bo’ldi. Dengiz tirik organizmlar yashashi uchun, yaroqsiz ahvolga kelgan, Orol dengizi hududidagi qariyb barcha hayvonot va nabotot olami tanazzulga uchradi va yo’qoldi8.
BMT mutaxassislarining fikriga ko’ra, Orol muammosi o’zining ekologik va ijtimoiy-iqtisodiy oqibatlari jihatidan XX asrning eng katta ofatlaridan biri bo’lib qoldi.
Orol dengizining qurishi bilan bog’liq bo’lgan falokatlar hozirgi avlodgagina emas, kelgusi avlodlar va butun insoniyat uchun ham o’ta xavfli va xatarlidir. Orol dengizi inqirozi oqibatlarini yumshatish va Orolboʻyi hududini rivojlantirish boʻyicha 2013-2017-yillarga moʻljallangan kompleks chora-tadbirlar dasturi doirasida 500 tadan ortiq loyiha amalga oshirildi. Ularning yarmidan koʻpi milliy loyihalardir.
Orol muammosi ham milliy, ham mintaqaviy va ham jahonshumul muammodir. Shuning uchun ham Orol bo’yidagi ekologik falokat oqibatlarini bartaraf etish, Orol dengizini qutqarish bo’yicha birgalikda chora-tadbirlarni amalga oshirish mintaqalararo hamkorlik doirasida alohida ahamiyatga ega.
2018-2021-yillarda Orolboʻyi hududini rivojlantirish boʻyicha Davlat dasturi qabul qilindi. Shu bilan birga, Oʻzbekiston Orolboʻyi mintaqasi uchun Inson xavfsizligi boʻyicha koʻp tomonlama sheriklik asosida trast fondini tashkil etish borasidagi tashabbusni ilgari surdi va bu BMT tomonidan qoʻllab-quvvatlandi.
2018 yilning iyun oyida Toshkent shahrida Orol fojiasi oqibatlarini yumshatishga bagʻishlab oʻtkazilgan xalqaro konferensiyaning asosiy xulosa va tavsiyalarini hisobga olgan holda, oʻzaro hamkorlik borasida ustuvor ahamiyatga ega boʻlgan quyidagi yoʻnalishlarga alohida urg’u berildi.

Download 230.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling