Yillarda O’zbekiston respublikasini yanada rivojlantirish bo’yicha Harakatlar strategiyasida global muammolarning tasnifi


Ekologik muammo va uni bartaraf etish yo’llari


Download 230.27 Kb.
bet5/14
Sana10.11.2023
Hajmi230.27 Kb.
#1762462
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
GLOBALLASHUV VA GLOBAL MUAMMOLARNING FALSAFIY JIHATLARI

4. Ekologik muammo va uni bartaraf etish yo’llari
Odam paydo bo’lgan davrdan boshlab hozirga qadar tabiatga ta’sir qilib, uni batamom o’zgartirib yubordi. Keyingi ming yilliklar davomida inson faoliyati natijasida yer shari yuzasi, iqlimi, o’silmigi, hayvonot dunyosining tanib bo’lmas darajada o’zgartirib ketganligi bunga misol bo’la oladi. E’tirof etish kerakki, insonning o’z istiqbolini o’ylamay qilgan xatti-harakatlari, ko’r-ko’rona qilmishlari tufayli tabiat behad ozor chekdi, ko’p narsalardan abadiy judo bo’ldi. Kosmik changlar, issiqlik elektr stantsiyalari, avtomobillar sonining tez o’sib borishi, radiaktiv moddalar va boshqalar ta’siri ostida barcha jonli mavjudotning hayot manbai bo’lgan havo toqat qilib bo’lmaydigan darajada ifloslanmoqda. Bunday dahshatli hodisalar dunyoning deyarli hamma mamlakatlarida tez-tez bo’lib turibdi. Atrof-muhitning radioaktiv va kimyoviy chiqindilar bilan zararlanishi aholining, chorva mollarining, parrandalarning, daryo va ko’llardagi, suv omborlari va okeanlardagi baliq va boshqa jonivorlarning ko’plab zaharlanishiga sabab bo’lmoqda. Olimlar havo, suv va yer ustining zaharlanishi shu tariqa davom etadigan bo’lsa, sivilizatsiya halok bo’lishi mumkinligini ta’kidlashmoqda. Akademik A.E.Fersmanning fikricha, agar atmosfera tarkibidagi karbonat angdrid miqdori 2 baravar ko’paysa, bu narsa yer yuzidagi haroratning 4 daraja ko’tarilishiga olib boradi. Uning hisobicha, bu voqea 500 yildan keyin sodir bo’lishi kerak.
Suv ta’minotining an’anaviy manbalari hisoblangan daryolar, ko’llar, Shimoliy qutb muzliklari, dengizlar, suv omborlari ifloslanmoqda. Insoniyatning eng katta oziq-ovqat manbai bo’lgan jahon okeanlari ham hozirgi vaqtda inson sivilizatsiyasi qurboni bo’lmoqdada. Har yili jahon okeaniga o’n million tonnagacha mikdorda neft va neft muhsulotlari kelib tushadi. Inson o’zining ko’p asrlik xo’jalik faoliyatida 72 hayvon turini butunlay yo’q qilib yubordi. O’zbekistonda ham Turon yo’lbarsi, yo’l-yo’lli sirtlon kabi xayvonlar yo’q bo’lib ketdi. Oqquyruq, qoraquloq, Ustyurt qo’ylari, Buxoro bug’usi, qo’ng’ir ayiq kabilar esa yo’q bo’lish arafasida turibdi.
XX asr o’rtalarigacha, hatto yaqin-yaqinlargacha ham inson tabiatga hokim, uni istagancha o’zgartirishi, irodasiga bo’ysundirishi mumkin, degan noto’g’ri fikr ustunlik qilib keldi. O’sha sharoitlarda bu fikr dunyoning ko’pchilik mamlakatlarida, jumladan o’zimizda ham qo’llab-quvvatlandi. Tabiatni iqtisodiyot talabiga moslashtirib o’zgargirish avj olib ketdi. Ko’plab loyihalar vujudga keldi. Daryo va ko’llardagi baliqlar, parrandalar, hayvonlar ehtiyojdan ortiqcha ovlandi, ularning aksariat qismi hozir yo’q bo’lib ketdi. Qachonlardir Amudaryoning o’zidagina 140 dan ortiq baliq turi bo’lganiga endi ishonish qiyin. O’rmonlarga nisbatan ham ko’r-ko’rona munosabatda bo’lish tufayli yer sharida 100 yil avvalgi
7200 million gektar o’rmondan hozirgi kunda 4100 million gektar o’rmon qoldi. Shu sababli ham tabiatni muhofaza qilish bugungi kunda insoniyat oldida turgan dolzarb muammo bo’lib qolmokda.
Inson tabiatdan o’ziga kerakli narsalarni olish bilan bir qatorda unga har xil ishlab chiqarish chiqindilarini tashlab, tabiatni zaharlantirmokda. Industrial jihatdan rivojlangan mamlakatlarda bir kishi hisobiga, har yili tabiatdan 30 tonna modda olinib, uning atigi 1-1,5 foizidan iste’mol mahsulotlari sifatida foydalanmoqda, qolganlari esa chiqindi sifatida tashlab yuborilmoqda. Rasmiy ma’lumotlarga ko’ra, har yili atmosferaga 200 million tonnadan ziyod is gazi, qariyb 150 million tonna oltingugurt oksidi, 53 million tonna azot oksidi, 50 million tonnadan ortiqroq har xil uglevodorodlar chiqarilmokda. Jahon sanoati har yili tabiatga 30 milliard km3 ifloslangan suv, 70 million tonna zaharli gazlar va 250 million tonna changni chiqarib tashlamoqda.
Oqibatda biosfera o’z-o’zini tozalashga ojiz bo’lib qolmoqda, hozirgi atmosferada zaharlangan “uglekislota” gazining miqdori qariyb 20 foizni tashkil etadi. Bularning hammasi inson sog’lig’iga ta’sir etib, ular o’rtasida rak va boshqa kasalliklar soni yildan-yilga ko’payib ketmoqda. Hozirgi paytda dunyo bo’yicha har yili 500 ming kishi rak bilan kasallangan bo’lsa, uning 60 foizi atrof-muhitdagi har xil kontserogen moddalarining ko’payishi natijasida hosil bo’lgan.
Jamiyatning tabiatga ta’siri hamisha oliy maqsadga muvofiq oqilona bo’lishi kerak. Agarda buning aksicha bo’ladigan bo’lsa, tabiat insondan juda qattiq o’ch olishi, qo’lga kiritgan barcha yutuqlarini yer bilan yakson qilib yuborishi hech gap emas.
Ko’rinib turibdiki, tabiatni muhofaza qilish hozirgi davrning eng o’tkir va dolzarb umumbashariy muammolaridan biridir. Buning ma’nosi nimadan iborat?
Tabiatni muhofaza qilish insoniyatning ertangi kuni haqida g’amxo’rlik qilish, yer yuzidagi barcha insoniyat uchun muqaddas dargoh hisoblangan sayyoramizning taqdiri to’g’risida jon kuydirish, uni tinch totuv holatda saqlab qolish demaqdir. Bu — inson uchun zarur bo’lgan barcha noz-ne’matlar manbai - yerni sevish va ardoqlash, uning kasallanib yaroqsiz bo’lib qolishiga yo’l qo’ymasliqdir. Bunday sharafli va olijanob ishdan o’zini chetga oladigan biron kishi, elat va millat, biron bir mamlakat bo’lishi mumkin emas.
Tabiiy muhitni muhofaza etishni yoki boshqacha aytganimizda, ekologik xavfsizlikka alohida e’tibor berishni paysalga solib bo’lmaydi. Bu sohadagi hozirgi ahvol tahlikali bo’lib turibdi. Vaziyat zudlik bilan harakat qilishni taqozo etmoqda.
Tabiatga mehr-muhabbat bilan yondashish, tevarak atrofni, suvni, havoni, tuproqni, hayvonatu nabotatni asrab-avaylash haqida islom ta’limotida ham muhim g’oyalar mavjud. Biz yashayotgan koinotdagi, yer yuzidagi barcha noz-
ne’matlarning qadriga yetish, ularni e’zozlash, ularni asrash, isrof qilmaslik har bir mo’min-musulmonning burchidir.
Qur’oni Karim oyatlarida, Payg’ambarimiz hadislarida hayvonot va nabobat olami va atrofimizni o’rab turgan boshqa narsalarni to’la-to’kis himoya qilish, saqlash ularni buzmaslik, isrof qilmaslik to’g’risida dastur va amaliy maslahatlar mavjud, ularni doimo esda tutishimiz kerak.

Download 230.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling