Yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida
Download 34 Kb.
|
Mintaqa
O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi tasdiqlandi Prezidentning “2023-2025 yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi. Qoraqalpog‘iston Respublikasi Vazirlar Kengashi, viloyatlar va Toshkent shahar hokimliklari, manfaatdor vazirliklar, idoralar tomonidan 2023-2025 yillarda O‘zbekistonning ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirish dasturi ishlab chiqildi. Hujjat bilan quyidagilar tasdiqlandi: 2023 yilda ijtimoiy va ishlab chiqarish infratuzilmasini rivojlantirishning asosiy parametrlari hamda 2024-2025 yillar uchun maqsadli mo‘ljallar;
2023 yildan boshlab Dastur doirasida mahalliy budjetlardan moliyalashtiriladigan loyihalarning (obektlarning) manzilli ro‘yxatlari hududiy iqtisodiyot va moliya boshqarmalari bilan kelishilgan holda Qoraqalpog‘iston Vazirlar Kengashi raisining, viloyatlar va Toshkent shahar hokimlarining birinchi o‘rinbosari tomonidan tasdiqlanadi. O‘rnatilgan tartibga muvofiq, 2023 yil 1 yanvardan boshlab mahalliy hokimliklar, vazirliklar, idoralar va xo‘jalik birlashmalariga: loyihalarni (obektlarni) moliyaviy resurslar bilan ta’minlash imkoniyatini Iqtisodiyot va moliya vazirligi bilan kelishmasdan Dasturga kiritish; shaharsozlik to‘g‘risidagi qonunchilik hujjatlariga muvofiqligi bo‘yicha Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi vazirligi bilan kelishmasdan Dasturga kiritilgan loyihalarning (obektlarning) loyihaviy yechimlarini o‘zgartirish to‘g‘risida taklif tayyorlash taqiqlanadi. Download 34 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
ma'muriyatiga murojaat qiling