Yillarga mo‘ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturi
Download 0.49 Mb.
|
1.1.1 mavzu (4)
1.1.1 O‘zbekiston iqtisodiyotini modernizatsiyalash sharoitida davlat iqtisodiy siyosatining asosiy yo‘nalishlari. O‘zbekiston iqtisodiyotini liberallashtirish va modernizatsiyalash, ishlab chiqarish samaradorligini yanada oshirish, iqtisodiyot tarmoqlarini texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash hamda iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini jadal yangilash masalalariga e’tibor hozirgi kunda, ayniqsa, jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozining salbiy oqibatlaridan saqlanish davrida dolzarb masalaga aylanib bormoqda. Bu borada amalga oshirilayotgan ishlar asosan quyidagi me’yoriy-huquqiy hujjatlar negizida bajarilmoqda: O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining 2007 yil 1 iyundagi “2007-2011 yillardagi davrda qurilish materiallari sanoati korxonalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash dasturi to‘g‘risida”gi Qarori; 2009-2012 yillarga mo‘ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturi; O‘zbekistonRespublikasi Prezidentining 2009 yil 12 martdagi “2009-2014 yillarda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnikaviy texnologik qayta jihozlash bo‘yicha eng muhim loyihalarni amalga oshirish chora-tadbirlari dasturi to‘g‘risida”gi Qarori; O‘zbekiston Respublikasi birinchi Prezidentining “2011-2015 yillarda O‘zbekiston Respublikasi sanoatini rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari to‘g‘risida”gi Qarori. Mamlakatda iqtisodiy o‘sishga, aholi turmush darajasini yaxshilashga hamda iqtisodiyotning barcha tarmoqlarida raqobatdoshlik ko‘rsatkichini oshirishga erishish, birinchi navbatda ishlab chiqarish sohasini modernizatsiyalash, texnik va texnologik qayta jihozlashga bog‘liq. Aynan shu borada, Birinchi Birinchi Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov “Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini jadal yangilash biz uchun eng muhim ustuvor vazifa sifatida izchil davom ettiriladi.” degan fikrni ta’kidlab o‘tdi.Ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta jihozlash o‘z-o‘zidan mamlakatda tovarlar ishlab chiqarish jarayonida foydalaniladigan barcha turdagi iqtisodiy resurslarni oqilona ishlatishdasos bo‘ladi. 1.1-rasm.Ishlabchiqarishnimodernizatsiyalash, texnikvatexnologikqaytajihozlashningresurslarnitejashdagita’siri Jahon moliyaviy-iqtisodiy inqirozi mamlakatlar iqtisodiyotiga o‘z ta’sirini ko‘rsatishda davom etayotgan bir vaqtda fan va texnologiyani jadal rivojlantirish va uning yutuqlaridan samarali foydalanishga talab tobora oshib bormoqda. Mamlakatimiz zamonaviy texnika va texnologiyalardan foydalangan holda ishlab chiqarilgan tovarlar va xizmatlar orqali nafaqat ichki bozorda, balki raqobat kurashi kuchayib borayotgan jahon bozorlarida o‘z o‘rnini topishi uchun yagona yo‘l bo‘lib qoldi. Ishlab chiqarishni zamon talablariga javob berishidan korxona va firmalar bilan bir qatorda iste’molchilar ham naf ko‘radi. Bizga ma’lumki, har qanday mamlakat milliy boyligining ortishi, iqtisodiy o‘sishi, faqat uning tabiiy resurslari hisobiga emas, balki ishlab chiqarishda foydalanilayotgan texnika-texnologiyasining rivojlanganlik darajasiga ham bog‘liq. 2015 yilda mamlakatni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yo‘lida belgilangan asosiy vazifalar hisoblanmish, islohotlarni davom ettirish, chuqurlashtirish, mamlakatimizni yangilash va modernizatsiya qilish, Inqirozga qarshi choralar dasturini so‘zsiz bajarish, makroiqtisodiy muvozanatni ta’minlash hamda iqtisodiyotning asosiy yetakchi sohalarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik yangilash, transport va infratuzilma kommunikatsiyalarini rivojlantirishga qaratilgan strategik ahamiyatga molik loyihalarni amalga oshirish uchun faol investitsiya siyosatini olib borish kabi dolzarb masalalar joriy yil uchun ham muhim ahamiyat kasb etadi.Inqirozga qarshi choralar dasturiga binoan mamlakat iqtisodiyotiga investitsiyalar jalb etish, birinchi navbatda ichki manbalarni yo‘naltirish asosida iqtisodiyotning muhim tarmoqlarini jadal modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, ikkinchidan, transport kommunikatsiyalarini yanada rivojlantirish, uchinchidan esa, ijtimoiy infratuzilma ob'ektlarini barpo etish ko‘zda tutilgan edi. Barcha qabul qilinayotgan me’yoriy-huquqiy hujjatlar hamda ishlab chiqarishni modernizatsiyalashga qaratilgan dasturlar avvalo aholi iste’molini to‘la-to‘kis va sifatli tovarlar bilan ta’minlashga qaratilgan bo‘ladi. Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov ning 2015 yilda mamlakatimizni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yakunlari va 2016 yilga mo‘ljallangan eng muhim ustuvor yo‘nalishlarga bag‘ishlangan O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining majlisidagi ma’ruzasida qayd etilgan muhim ustuvor vazifalardan biri ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash, iqtisodiyotning yetakchi tarmoqlarini jadal yangilash deb topildi. Ma’ruzaga ko‘ra, 2015 yil yakunlari bo‘yicha mamlakatningyalpi ichki mahsuloti 8 foizga, sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi 8 foizga, qishloq xo‘jaligi mahsulotlari qariyb 7 foiz, qurilish-montaj ishlari hajmi salkam 18 foizga oshdi. Davlat byudjeti yalpi ichki mahsulotganisbatan 0,1 foiz miqdorida profitsit bilan ijro etildi. Tashqi savdo aylanmasida ijobiy saldo ta’minlandi. Inflyasiya darajasi prognoz ko‘rsatkichlaridan oshmadi. Mulkchilik tarkibini tubdan o‘zgartirish, davlatning iqtisodiyotdagi ishtirokini qisqartirish, korporativ boshqaruvning prinsiplari va yondashuvlarini o‘zgartirish bo‘yicha tizimli chora-tadbirlar, keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Barcha aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruvning zamonaviy namunaviy tuzilmasi joriy etildi. Xususiy mulkdorlar va tadbirkorlarning kafolatlarini kuchaytirish va ularning qonuniy huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlik sub'ektlari faoliyatini “yagonadarcha” tamoyili bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatadigan Yagona markazlar orqali tashkil etish va amalga oshirishni soddalashtirish va yengillashtirish bo‘yicha normativ-huquqiy hujjatlarning turkumi qabul qilindi. Amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar natijasida kichik biznesning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi ulushi 56,7 foizga yetdi yoki 2000 yil bilan taqqoslaganda 1,8 baravaro‘sdi. Tarkibiy o‘zgartirishlar, tarmoqlarni modernizatsiyalash, texnik va texnologik jihatdan yangilash bo‘yicha chora-tadbirlar va investitsiya loyihalarining faol amalga oshirilishi, shuningdek, zamonaviy infratuzilmaning shakllantirilishi 15,8 milliard AQSh dollari miqdorida yoki 2014 yildagiga qaraganda 9,5 foiz ko‘p investitsiyalar o‘zlashtirilishini ta’minladi. Bunda barcha investitsiyalarning 3,3 milliard dollardan ziyodi yoki 21 foizdan ortig‘ini xorijiy investitsiyalar tashkil etdi, ularning 73 foizi to‘g‘ridan-to‘g‘ri chet el investitsiyalaridir. Yuqori texnologiyali tayyor mahsulotlar ishlab chiqarishga yo‘naltirilgan tarmoqlar jadal rivojlanishga ega bo‘ldi. 158 ta yirik ishlab chiqarish ob'ektifoydalanishga topshirildi. A grarsektorda chuqur tarkibiy o‘zgartirishlar yuz bermoqda.Mo‘l hosil – 7 million 500 ming tonnadan ziyod g‘alla va 3 million 350 ming tonnadan ortiq paxta xomashyosi yetishtirildi va yig‘ib olindi. Meva-sabzavotchilik, bog‘dorchilik, uzumchilik va chorvachilik, shuningdek, ularning mahsulotlarini sanoat yo‘li bilan qayta ishlash jadal sur'atlardari vojlanmoqda. Xizmat ko‘rsatish va servis sohasining jadal rivojlanishi ta’minlandi. Pullik xizmatlar hajmi 10,8foizga, chakana tovar aylanmasi 15 foizdan ziyodga o‘sdi. Yalpi ichki mahsulotda xizmatlar sohasi ulushi 2010 yildagi 49 foiz o‘rniga 54,5 foizga yetdi. Bank tizimini yanada mustahkamlash, banklarning kapitallashuvi darajasinioshirish va investitsiya faolligini kengaytirish ta’minlandi. Bank tizimining umumiy kapitali 2014 yilga nisbatan 23,3foizga ko‘paydi va 7,8 trillion so‘mga yetdi. Iqtisodiyotning va xizmatlar sohasining barqaror yuqori o‘sish sur'atlari aholi daromadlarini, insonlar turmush darajasi va sifatini oshirish uchun mustahkam asos yaratdi. Byudjet tashkilotlari xodimlarining ish haqi, pensiya va stipendiyalar miqdori 21,9 foizga, aholi jon boshiga jami real daromadlar esa 9,6 foizga oshdi. Tadbirkorlik faoliyatidan daromadlar ulushi 2010 yildagi 47,1foizga qaraganda 52 foizga oshdi. 980 mingtadan ortiq ish o‘rinlari tashkil etildi, ulardan 60 foizdan ziyodi qishloq joylardadir, kasb-hunar kollejlarining 480 mingdan ortiq bitiruvchilari ishga joylashtirildi. “Keksalarni e’zozlash yili” Davlat dasturining barcha tadbirlarini amalga oshirish ta’minlandi. Davlat dasturi tadbirlarini moliyalashtirishga barcha manbalar hisobidan 2 trillion 246 milliard so‘mva 225 million dollardan ortiq mablag‘ yo‘naltirildi. Modernizatsiya so‘zining tub ma’nosidan kelib chiqqan holda, nafaqat sanoat, balki iqtisodiyotning barcha tarmoqlarini yangilash, yaxshilash, takomillashtirish, ob'ektlarni yangi talablar va me’yorlarga, texnik shartlarga, sifat belgilariga mos keltirish lozim. Ammo mamlakatni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash masalalari ko‘proq sanoat tarmog‘iga qaratilib qoldi. Ma’ruzaga binoan, sanoat bilan bir qatorda iqtisodiyotning qishloq xo‘jaligi kabi yetakchi sohani ham modernizatsiya qilish, uning tarkibiga kiradigan deyarli barcha tarmoq va ishlab chiqarish sohalarining butun kompleksida texnik va texnologik yangilash ishlarini amalga oshirishga katta ehtiyoj sezilayotganligi ta’kidlab o‘tildi. Quyidagi loyihalar viloyatlar kesimida tarmoq Dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan yirik investitsion loyihalar hisoblanadi: Qoraqalpog‘iston Respublikasi va Xorazm viloyatida – neft va gaz sanoatini modernizatsiyalash dasturi doirasida amalga oshirilaetgan loyihalar Qashqadaryo va Surxondaryo viloyatlarida – Xandiza konida polimetall rudasini qazib olish va qayta ishlash majmuasi (OTMK)Qashqadaryo viloyati Sho‘rtan GKKda tozalangan metandan sintetik yoqilg‘i ishlab chiqarish va Talimarjon GESini kengaytirish uchun quvvati 450 MVt bo‘lgan ikkita gaz-bug‘ uskunasini o‘rnatish Navoiy viloyatida ammiak va korbamid ishlab chiqaradigan qurilish “Navoiy” erkin industrial zonasida amalga oshirilayotgan loyihalarva boshqalar Navoiy va Samarqand viloyatlarida – Zarmiton oltinkon zonasida qazib olish va qayta ishlash majmuasi (NKMK)Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida – yengil sanoati va charmpoyabzal sanoatini modernizatsiyalash dasturlari doirasida amalga oshirilayotgan loyihalar. Toshkent viloyatida – Dji Em Pauertreyn avtomobil dvigatellarini ishlab chiqarish zavodi (O‘zavtosanoat)va boshqalar.Qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish borasida. avvalo, yerlarning unumdorligini oshirishga alohida e’tibor berish muhimligi, bu sohadagi qilinayotgan ishlarning kengayib borayotganligiga qaramasdan, sug‘oriladigan ob'ektlarning mavjud meliorativ holati atroflicha muammolarni keltirib chiqarishi mumkinligi e’tirof etildi.Ma’lumotlarga ko‘ra, hozirgi kunda mamlakatda jami sug‘oriladigan yerlarning deyarli 49 foizi turli darajada sho‘rlangan bo‘lib, buning qariyb 18 foizi kuchli va o‘rta darajada sho‘rlangan yerlardir. Sug‘oriladigan yerlarning 23 foizidan ortiqroq qismi boniteti past yerlar toifasiga mansub. Meliorativ holati qoniqarsiz yerlarning katta qismi Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Xorazm, Buxoro, Jizzax va Farg‘ona viloyatlariga to‘g‘ri kelishi ma’lum bo‘ldi.Ma’ruzada meliorativ holati qoniqarsiz darajaga kelgan yerlarni yaxshilash va unumdorligini oshirishga qaratilayotgan investitsiyalar hajmini kelgusi davrlarda tobora ko‘paytirib borish darkorligi aytib o‘tilgan. Ayni paytda sug‘oriladigan yerlarning meliorativ holatini yaxshilash orqali qishloq xo‘jaligi sohalarida samaradorlikni oshirish, zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy qilish borasidagi ishlarni tartiga solish lozim.Qishloq xo‘jaligi sohalarida amalga oshirilayotgan ishlar talaygina bo‘lishiga qaramasdan, chorvachilik, g‘allachilik, kartoshkachilik kabi sohalarida zamonaviy sug‘orish tizimlari va energiyani tejaydigan texnologiyalardan foydalanish hamda bu boradagi rivojlangan mamlakatlar tajribalarini mamlakatda tadbiq etish sust darajada bajarilmoqda. Chorvachilik sohasida erishilayotgan natijalar borasida quyidagi ma’lumotlar keltirib o‘tildi, ya’ni sut sog‘ib olish bo‘yicha Daniya va Janubiy Koreyada o‘rtacha 8-9,5 ming kilogrammni, Vengriya, Germaniya, Gollandiya mamlakatlarida esa, 6-7 ming kilogrammni tashkil etsa, bizning respublikada bu ko‘rsatkich 1,7 ming kilogrammdan oshmayotganligi ta’kidlab o‘tildi.Bu hol faqatgina iqlim sharoitiga emas, balki shu sohada foydalanib kelinayotgan texnika va texnologiyalar darajasiga ham bog‘liq. Shuning uchun, Qishloq va suv xo‘jaligi vazirligiga zamonaviy agrotexnologiyalarni o‘rganish va amalda qo‘llash masalalari bilan chuqur shug‘ullanishi, seleksiya ishlarini tobora takomillashtirish va qishloq xo‘jaligida unumdorlik ko‘rsatkichlarini oshirish bo‘yicha chora-tadbirlar kompleksini ishlab chiqish vazifasi yuklatildi. Qishloq xo‘jaligida foydalanib kelinayotgan chopiq traktorlarining 55 foizidan ko‘prog‘i va yer haydaydigan traktorlarning qariyb 46 foizidan 15 yildan ortiq vaqt mobaynida foydalanib kelinayotgani, ularning quvvati, ish unumi va yoqilg‘i iste’mol qilish bo‘yicha zamonaviy talablarga javob bermasligi aniq bo‘ladi. Shunga o‘xshash qishloq xo‘jaligiga tegishli dolzarb masalalarni hal etish maqsadida ma’ruzada qishloq xo‘jaligini modernizatsiya qilish, mahsulotni ishlab chiqarish, uni qayta ishlash sohalarini texnik va texnologik jihatdan yangilash hamda yer unumdorligini oshirish bo‘yicha maxsus dastur tayyorlash lozimligi ham ko‘rsatib o‘tildi. Qishloq xo‘jaligida texnik va texnologik qurollantirish ishlarini bajarishda rivojlangan mamlakatlar tajribasidan chuqur foydalanish hamda ular bilan yaqindan hamkorlik qilish lozim. Bu borada, Prezidentimiz Germaniyaning “Klaas” kompaniyasi bilan zamonaviy, ish unumi yuqori bo‘lgan traktorlar, g‘alla o‘rish kombaynlari hamda boshqa qishloq xo‘jaligi texnikasini ishlab chiqarish bo‘yicha hamkorlikni yanada kengaytirishga e’tibor qaratilishini aytib o‘tdi. Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling