Yillarga mo‘ljallangan Inqirozga qarshi choralar dasturi
I qtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarning o‘rni
Download 0.49 Mb.
|
1.1.1 mavzu (4)
I qtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirishda xorijiy investitsiyalarning o‘rni
Mamlakatimiz iqtisodiyotini yuksaltirish, zamonaviy texnika va texnologiyalar bilan jihozlangan yangi korxonalarni barpo etish va rekonstruksiya qilish uchun xorijiy investitsiyalarni jalb qilish nechog‘lik katta hal qiluvchi ahamiyatga ega. Bu avvalambor, aholi bandligi, uning ish haqi va daromadlarini oshirish kabi eng muhim ijtimoiy muammolarni yechish imkoniyatini beradi. Shu boisdan ham mamlakatimizga xorijiy investitsiyalar jalb etayotgan korxonalarni iqtisodiy rag‘batlantirish va zaruriy sharoitlarni yaratib berish o‘ta muhim masalalardan biri hisoblanadi. Xorijiy investitsiyalarni jalb etmay, ayniqsa, yetakchi tarmoqlarda chet el investitsiyalari ishtirokini kengaytirmay turib, iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni amalga oshirish va modernizatsiyalash, korxonalarni zamonaviy texnika bilan qayta jihozlash hamda raqobatdosh mahsulot ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish mumkin emas. Mamlakat iqtisodiyotiga xorijiy investitsiyalarni jalb etilishi uning iqtisodiy imkoniyatlarining kengayishini tezlashtirib, barcha sohalarda ichki imkoniyatlar va rezervlarni ishga solish, yangi texnika va texnologiyani, eksportbop tovarlarni o‘zlashtirishga, ularni ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish orqali davlatimiz iqtisodiy qudratini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy iqtisodiyotni rivojlantirishda xorijiy investitsiyalarning ahamiyati nihoyatda katta bo‘lib, u quyidagilar bilan izohlanadi: birinchidan, xorijiy investitsiyalar ishlab chiqarishga zamonaviy texnika va texnologiyalarni joriy etib, eksportga mo‘ljallanganmahsulotlarni ishlab chiqarishni rivojlantiradi; ikkinchidan, import o‘rnini bosuvchi tovar ishlab chiqarishni yo‘lga qo‘yish va buning uchun xorijiy investitsiyalarni iqtisodiyotning ustuvor sohalariga yo‘naltirish va pirovardida aholining me’yordagi turmush darajasini ta’minlash imkonini yaratadi; uchinchidan, kichik biznesni rivojlantirish va qishloq xo‘jaligi ishlab chiqarishini kengaytirish orqali o‘sib borayotgan aholini ish joylari bilan ta’minlaydi; to‘rtinchidan, korxonalarning eskirgan ishlab chiqarishquvvatlarini, moddiy-texnik bazasini yangilaydi va texnik qayta qurollantiradi. O‘zbekistonda investorlar uchun, aytish mumkinki, ko‘p jihatdan beqiyos, o‘ta qulay investitsion muhit, imtiyoz va preferensiyalar tizimi yaratilgan, deb aytishga barcha asoslarimiz bor. Iqtisodiyotimizga jalb qilinayotgan xorijiy investitsiyalar hajmi yildan yilga ortib borayotgani ham buning yorqin dalilidir. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni yanada chuqurlashtirish, korxonalarning investitsiya faoliyatini jadallashtirish, ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish, texnik va texnologik jihatdan qayta qurollantirish dasturlarini amalga oshirishda xorijiy investitsiyalar, avvalo, to‘g‘ridan-to‘g‘ri investitsiyalarning o‘rni beqiyosdir. Bunda ilg‘or texnologiyalarni tadbiq etish, yangi ish o‘rinlari yaratish va shu asosda mamlakat iqtisodiyotining barqaror va bir maromda rivojlanishini ta’minlash imkoniyati yaratiladi. Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, chet el investitsiyasi jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo‘lgan. Xalqaro statistikada investitsiyalarni to‘g‘ridan-to‘g‘ri xorijiy investitsiyalar turiga kiritish bo‘yicha har xil yondashuvlar mavjud. Xorijiy investorlar tomonidan nazorat qilish huquqini belgilovchi ko‘rsatkich sifatida ular ega bo‘lgan aksionerlik Download 0.49 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling