Yiqilishlar, dumalashlar Yiqilish Yiqilishning turli ko‘rinishlari


Download 14.27 Kb.
Sana08.01.2022
Hajmi14.27 Kb.
#249628
Bog'liq
Yiqilishlar, dumalashlar.


Yiqilishlar, dumalashlar

Yiqilish

Yiqilishning turli ko‘rinishlari

Sahnadagi yiqilishning quyidagicha o‘ziga xos uchta asosiy texnik qonun qoidasi mavjud.

Birinchidan, shular tufayli gavdaning asosiy massasi bilan pol orasidagi masofa yaqinlashadi va oqibatda aktyor bo‘yi baravar tepalikdan yiqilmaydi.

Ikkinchidan, jussa shunday mujassamlashadiki yerga gavdaning yumshoq qismlari - mushaklar (yostiqchalar)ga tushadi.

Uchinchidan, bo‘g‘imlar nafaqat zarbalardan balki suyak chiqishlari va shikastlanishlardan xoli bo‘lish uchun ortiqcha zarbadan saqlaydi. Jussa amalda zarba olish natijasida qanday xolatda bo‘lishi mumkinligi yoki kerakligini xisobga olinadi. Bu bilan zarur bo‘lgan chora ko‘rishga erishiladi, zotan bu yiqilish natijasida zarba olish mumkinligi bilan tasdiqlanadi. Shuni esda tutish kerakki, har qanday yiqilishdagi barcha tasodiflarda odam bosh qismini nafaqat zarbadan balki chayqalishlardan asrashi kerak. Shu bois bo‘yin mushaklari yiqilishining so‘ngi soniyalarigacha tarang bo‘lishi lozim: yiqilish inergiyasi to‘la so‘ngandagina bo‘yinni bo‘sh qo‘yib, boshni polga qo‘yish mumkin bo‘ladi.

Ushbu qo‘llanmada taqdim etilayotgan yiqilish sxemalari namunalarini ko‘rsatibgina qolmay, yerga bezarar tushish yo‘l-yo‘riqlarini tavsiya etadi. Sahnada qurolsiz yoki qurolli jang qilishdan “yaralanib” yiqilishlar “foydali”. Bu kabi yiqilishlar behos ko‘rinish olmog‘i, lekin mutlaqo xavfsiz bo‘lmog‘i kerak. Bu agar talabalar avvalgi darslarda puxta o‘zlashtirilgan havfsiz yiqilishlardan to‘g‘ri foydalana olsalar maqsadga erishadilar. Avvalambor, lat yemasliklari uchun yiqilish mahoratini matda yoki gilam ustida o‘rganish lozim.



Yiqilish mashqlarida mushaklarni bo‘sh qo‘yishga shunday ko‘nikma xosil qilish kerakki, toki erkin harakat bilan avvaldan tayyorlanmagan yoki oldindan kutilmagan ihtiyoriy holatga tusha bilsin.

96-mashq O‘tirgan holda yiqilish. Dastlabki holat. Polga o‘tiriladi. Ixtiyoriy holat. Ijro texnikasi. Pastlab cho‘kkalayotgan kabi orqa mushaklar yelkalar, qo‘l va bo‘yin mushaklarni bo‘sh qo‘yib gavdani polda yumalayotgandek yon tomonga erkin ravishda dumalatish kerak. Yiqilgandan keyin gavda holatini o‘zgartirmay mushaklar yetarli darajada bo‘sh qo‘yilganiga ishonch hosil qilish lozim. Tempni tezlashtirib shu mashqni qaytarish kerak.

97-mashq Tik turgan xolat tizzaga cho‘kish. Dastlabki holat. Tizzaga cho‘kish kerak. Ijro texnikasi. Boldirlar, qo‘l va bo‘yinni asta bo‘shashganligiga ishonch xosil qilish kerak. Xuddi shuni tezlikni oshirib ijro etmoq lozim. Tepaga yengil tortinib, so‘ngra polga yiqilish kerak.

98-mashq Tik turgan holatdan yiqilish. Dastlabki holat. Qaddini rostlash. (Devorga suyanib turgandek pastga sirpanib tushiladi). Ijro texnikasi. Sekin-asta tizza, orqa, bo‘yin qo‘llarni bo‘sh qo‘yib, avval tizzaga so‘ng yonboshga cho‘kkalab, so‘ngra avvalgi mashqlardagidek o‘tirib polga dumalash kerak. Badan bo‘shashganligiga ishonch xosil qilish lozim.

99-mashq Oldinga bukilib yiqilish. Dastlabki holat. Tovonlar bir-biridan 10-15sm. oraliqda, qo‘llar ko‘tarilib turadi, barmoqlar charmashgan go‘yoki pichoq ushlagan kabi, gavda tik holda bo‘lishi lozim. “Bir” hisobida-xayolan pichoq bilan qoringa urayotgandek shu zahoti gavda egiladi va cho‘kka tushadi, boshni old tomon egib, oyoq uchlariga tayanib bosh engashishi lozim. “Ikki” hisobida so‘l tovonlarni chetga og‘dira turib, oyoq uchlarini chap tomonga shunday tortish kerakki, tovonlar oldga bo‘rtib chiqsin; bir vaqtning o‘zida gavda ko‘proq engashadi. Gavdani oldga yiqilish arafasida tik xolatga keltirish lozim. O‘ng oyoq tovonini oldinga burish oqibatida boldirning tashqi tomoniga yiqilish imkonini beradi. Gavda yiqila boshlaganda ikkala qo‘l tirsaklari bilan qoringa bo‘lsa, yerga boldirlarning tashqi tomoni bilan yiqilish imkoniyatini yaratadi. Bu esa o‘ng qo‘lning lat yeyishini saqlaydi. So‘ngra o‘ng tovonni old tomonga bura turib, yuqorida tasvirlanganidek, yiqilish tehnikasini ijro etish kerak. Yuqorida aks ettirilgan barcha harakatlar izchil va beto‘xtov bajarilishi kerak.

100-mashq Bosh uzra oldga yiqilish. Dastlabki holat. Tizzalar bukilgan xolda old tomonga egilish kerak, qo‘l kaftlari bilan polga tayanib qoladi, Ijro texnikasi. Oyoqlar polga tayanib old tomonga umbaloq oshiladi. Engaklar ko‘krakka bosilib, orqa bukilgan holda, gavda esa jamlangan bo‘lishi kerak. Dumalab orqa tomon polga tegishi bilan oyoqlar uzatila boshlanadi va uzatlayotganda oyoqlar tik uzatilgan bo‘ladi. (Ko‘pincha bir oyoq bukilgan bo‘lib, tizzalar yon tomonga yozilib qoladi shu bois tizza polga gavda xarakatiga nisbatan ko‘ndalang yotadi, ustiga esa ikkinchi oyoq uzala tushadi.) Oyoqlar o‘z joyiga tushganidan keyin gavda bo‘shashadi va bosh polga qo‘yiladi.

101-mashq Orqaga o‘girilib yiqilish. Dastlabki xolat. Matga orqaga o‘girib turish lozim. Ijro texnikasi. Gavda orqa tomonga asta o‘giriladi. Yiqilayotgan tomonidagi oyoqni gavda ostiga bukib tortiladi.

Yuqorida bayon etilgan mashqlar o‘rganilayotgan vaqtda musiqa bo‘lmasligi shart, lekin ushbu mashqni to‘la o‘zlashtirib olingandan keyin qaytadan kiritiladi, boz ustiga xarakatlarni tashkil etishda musiqa etyudlarga hamohang faktor sifatida qatnashadi.



Tayanch iboralar

Yiqilish, dumalash, tik turib yiqilish, harakat, sahnaviy dumalash,klassik dumalash, gavda, janr, sahnalashtirish , obraz, jamoa, dramaturgiya.



Mavzuni mustahkamlash uchun savollar

1. Yiqilishning necha xil ko‘rinishlari bor?

2. O‘tirgan holda yiqilish qanday bajariladi?

3. Tik turgan xolat tizzaga cho‘kishda eng muhim harakat nima?



4. Orqaga o‘girilib yiqilish qanday tezlikda bajariladi?
Download 14.27 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling