Yirik g’ovakli beton


Download 16.61 Kb.
bet2/3
Sana08.05.2023
Hajmi16.61 Kb.
#1443837
1   2   3
Bog'liq
4-

Gaz beton va gazsilikat. Gaz beton portlandsement kremnezemli komponent va gaz xosil qiluvchi aralashma asosida tayyorlanadi. Xususiy xollarda portlandsementga xavoiy oxak aralashtirish mumkin.
Kimyoviy reaksiyalar turiga nisbatan gaz xosil qiluvchilar quyidagicha bo’linadi: qo’shilgan komponent (aluminiy kukuni) bog’lovchilar yoki ularning gidratatsiya maxsulotlari bilan kimyoviy reaksiyaga kirishib gaz xosil qiladi: parchalanish davrida gaz xosil qiluvchi komponentlar kiritish (pergidrol-perikis vodorodning suvdagi eritmasi H2O2) xisobiga gaz xosil qilish; o’zaro kimyoviy birikishi natijasida gaz xosil bo’lishi (masalan, oxaktosh kukuni va xlorid kislotasi birikishi). Gaz xosil qilishning eng keng tarqalgan usuli aluminiy kukuni va kalsiy gidroksidi o’rtasida bo’ladigan kimyoviy reaksiya natijasida vodorod gazining xosil bo’lishidir:
3Ca(OH)22Al+6H2O3H2+3CaO.Al2O3.6H2O
Kimyoviy reaksiyalar natijasida xosil bo’lgan gazlar sement asosida tayyorlangan qorishmani ko’pchitadi. qorishmaning quyuqlik darajasi to’g’ri tanlansa g’ovak strukturasini saqlab qoladi. O’rtacha zichligi 600-700 kg/m3 bo’lgan 1 m3 gazbeton tayyorlash uchun 0,4-0,5 kg aluminiy kukuni sarflanadi.
Gazbeton quyma va titratish usullarida tayyorlanishi mumkin. quyma usulda quruq komponentlar massasiga nisbatan 50-60% suv aralashtirib olingan xarakatchan qorishma qoliplanadi. Gazbeton komponentlari-mineral bog’lovchi, kvars qumi kukuni va suv dozotorlar yordamida meyorlanib o’ziyurar gazbetonqorgichga solinadi va 4-5 minut davomida sinchiklab aralashtiriladi.
Avvaldan tayyorlangan aluminiy kukunining suvdagi suspenziyasi qorishmaga qo’shiladi va aralashtiriladi. Xosil bo’lgan gazbeton qorishmasi metall qoliplarga massani ko’pchitib qoliplarni to’ldirishini xisobga olgan xolda quyiladi. qoliplardan qisman toshib chiqqan gazbetonni taranglangan sim bilan kesib tashlanadi. Gaz xosil bo’lishini tezlashtirish maqsadida isitilgan suvda gazbeton qorishmasi tayyorlanib 400S xaroratda qoliplarga quyiladi. Gazbeton qotishini tezlashtirish uchun avtoklavda 175-2000S xaroratda va 0,8-1,3 MPa bosimda ishlov beriladi. Portlandsement qisman yoki butunlay xavoiy oxak bog’lovchisi bilan almashtirilsa avtoklavda issiqlik bilan qayta ishlash zarur bo’ladi. Gazbeton faqat oxak bog’lovchisi asosida olinsa gazsilikatbeton xosil bo’ladi.
Gazbeton xarakatchanligini kamaytirmagan xolda suv sarfini 25-30% kamaytirish maqsadida gazbeton qorishmasi tayyorlanayotganda va qoliplanayotganda titratish usulini qo’llash mumkin.
qisqa muddatli titratish gaz xosil bo’lishiga salbiy ta’sir ko’rsatmagan xolda gazbeton qorishmasining xarakatchanligini oshiradi. Titratish usulida tayyorlangan gazbetonda gaz xosil bo’lishi tezlashadi va ko’pchitish jarayoni 5-7 minut davom etadi, quyma texnologiyada esa ushbu jarayon 15-20 minutni tashkil etadi. Titratish usulida gazbeton tayyorlanganda 0,5-1,5 soatdan keyin uning strukturaviy mustaxkamligi yetarli bo’ladi. Shu sababli titratish usulida gazbetonni yirik qoliplarga quyib, so’ng bloklar ko’rinishida kesib olish va avtoklavlarda issiqlik bilan quyma texnologiyaga nisbatan qisqaroq vaqt mobaynida qayta ishlab qotirish mumkin.
Avtoklavda issiqlik va bosim ostida ishlov berish serxarajat va texnologik murakkab jarayon bo’lgani uchun gazbetonni xona xaroratida (200S atrofida) suvning sarfini kamaytirgan xolda sirtaktiv moddalar qo’shib qotirish texnologiyasi yaratilgan. Xona xaroratida tayyorlangan va qoliplangan gazbetonning qotishini tezlashtirish uchun atmosfera bosimi ostida bug’lash kifoyadir.
Gazbeton ishlab chiqarish unumdorligini oshirish uchun 10-12 m3 xajmdagi (balandligi 2 m gacha) yirik bloklarni quyib, struktura mustaxkamlikgacha qotirilgach, maxsus stanok yordamida standart bloklar xolida kesiladi, so’ng issiqlik bilan qayta ishlanadi.
Gazbeton frezer stanoki yordamida kalibrovkalanadi, yuzasi tekislanib jilolanadi. Xosil bo’lgan gazbeton elementlardan armatura o’tkazilib bir etaj balandligidagi devorbop panellar yig’ish mumkin.
Avtoklavda xavoiy oxak, kvars qumi kukuni yoki kul va metallurgiya shlaklari kukuni asosida gazsilikatbeton tayyorlanadi. Xavoiy oxak va kvars qumi kukuni 1:3 dan 1:4,5 gacha nisbatda massa bo’yicha olinadi. Bir metr kub gazsilikatbeton tayyorlash uchun 120-180 kg xavoiy oxak bog’lovchisi sarflanadi. Gazsilikatbeton oxak va kremnezem o’rtasida bo’ladigan kimyoviy reaksiya natijasida qotishi tufayli faqat avtoklavda qayta ishlanishi kerak.

Download 16.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling