Yirik g’ovakli beton


Download 16.61 Kb.
bet1/3
Sana08.05.2023
Hajmi16.61 Kb.
#1443837
  1   2   3
Bog'liq
4-


Yirik g’ovakli beton
Yirik g’ovakli beton tarkibida mayda to’ldirgich bo’lmaydi. Portlandsement va uning boshqa turlari (M300-M400), suv, modifikatsiyalovchi qo’shimchalar sinchiklab aralashtirilib, so’ng chaqiq tosh yoki shag’al kiritiladi. Bu turdagi betonning o’rtacha zichligi 1700-1900 kgm3, issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti 0,55-0,8 Vt(m.0S). 1 m3 beton tayyorlashda 70-150 kg sement ishlatilgani uchun mustaxkamligi M15-M75 markalarda bo’ladi. Yirik g’ovakli betondan monolit bino va inshootlar qurish katta o’lchamdagi bloklar tayyorlash mumkin. Bu konstruksiyalardan xavo oqimi o’tmasligi uchun yirik g’ovakli beton ikki tomonidan qurilish qorishmalari bilan suvaladi.
Yengil to’ldiruvchilar (keramzit, agloporit, kamporit va boshq.) asosida tayyorlangan yirik g’ovakli betonlar o’rtacha zichligi 500-700 kgm3 bo’lib, issiqlik izolyatsiyasi materiali sifatida ishlatiladi.
Yirik g’ovakli betonlar “Karkas” strukturali betonlar tayyorlashda karkas vazifasini bajarish mumkin. «Karkas» tipidagi betonlar tayyorlanganda yirik to’ldirgich donalarining bir-biridan qochish koeffitsienti () 1 ga yaqinlashadi. Tayyorlangan karkas bir yoki ikkala tomonidan istalgan bog’lovchi (sement, gips, polimer va sh.k.) asosida qorishma-matritsa bilan zarur bo’lgan chuqurlikgacha to’ldirilishi mumkin. Bu usulda o’rtasi g’ovak, ikki cheti zichlashtirilgan yangi tipdagi, xossalari mukammalashgan yengil betonlarni tayyorlash mumkin. Karkas tipidagi betonlar monolit pollar, yo’laklar, aerodrom qoplamalari va boshq. qurilishida ishlatiladi.


8.7.4 Yacheykali betonlar
Yacheykali yengil betonlar bog’lovchi va kremnezemli komponentlar aralashmasini g’ovak xosil qiluvchi qo’shimcha vositasida ko’pchitib olingan kompozitsion qurilish materiallaridir. qorishmaning bir meyorda ko’pchishi natijasida xajm bo’yicha “yacheykali” struktura xosil bo’ladi.
Yacheykali beton g’ovakligini bevosita tayyorlash jarayonida boshqarish mumkin. Yacheykali betonlar o’rtacha zichligiga nisbatan (quritilgan xolda) issiqlik izolyatsiyasi (o<500 kg/m3), konstruktiv-issiqlik izolyatsiyasi (ro500-900 kgm3) va konstruktiv (ro900-1200 kgm3) guruxlarga bo’linadi.
Yengil beton qorishmasini ikki xil usulda ko’pchitish mumkin: gaz xosil qiluvchi komponentlar aralashtirib kimyoviy usulda va aloxida tayyorlangan ko’pik aralashtirilib mexanik usulda.

Download 16.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling