Yirik g’ovakli beton


Ko’pikbeton va ko’piksilikat


Download 16.61 Kb.
bet3/3
Sana08.05.2023
Hajmi16.61 Kb.
#1443837
1   2   3
Bog'liq
4-

Ko’pikbeton va ko’piksilikat. Ko’pikbeton aloxida tayyorlangan sement qorishmasi va ko’pikni maxsus qorgichlarda aralashtirib olinadi. qorishma portlandsement va uning turlari, xavoiy oxak va boshqa bog’lovchilar asosida tayyorlanishi mumkin.
Kukun to’ldirgich sifatida tarkibida kremnezem bo’lgan minerallar (kvars qumi, shlaklar, kullar va sh.k) ishlatilishi mumkin. Ko’pik xosil qiluvchi komponent sifatida yelimkanifol, saponin smolasi, alyumosulfonaftenli va turli sintetik moddalar ishlatiladi. Ko’pik turg’unligini oshiruvchi sifatida xayvon yelimlari, suyuq shisha, temir sulfati va boshqalar ishlatiladi.
Turg’un ko’pik kurakchali ko’pik xosil qiluvchi apparatlar yoki markazdan qochma prinsipda ishlaydigan nasoslar vositasida suv bilan sirtaktiv moddalarni aralashtirilib tayyorlanadi. Tayyorlangan ko’pikbeton qoliplanadi va qotishini tezlashtirish uchun issiqlik bilan qayta ishlanadi. qotish jarayonini kimyoviy usulda tezlashtirish maqsadida ko’pikbeton tarkibiga kalsiy xlorid, potash va shu kabi moddalar kiritish tavsiya etiladi.
Ko’piksilikat xavoiy oxak va kremnezemli mineral kukunlar asosida tayyorlanadi va qotishini tezlashtirish uchun avtoklavda qayta ishlanadi.
Yacheykali betonlarning xossalari. Yacheykali betonlarning o’rtacha zichligi 300...1200 kg/m3, g’ovakligi 60-85% bo’ladi.
Yacheykali betonlar siqilishdagi mustaxkamlik chegarasiga nisbatan quyidagi markalarga bo’linadi: M15, M25, M35, M50, M75, M100, M150. Siqilishdagi mustaxkamligiga nisbatan V0,35...V12,5 klasslarda bo’ladi.
Yacheykali betonlarning suv shimuvchanligi, gigroskopikligi, suvga chidamliligi, g’ovaklikning strukturasiga va makrog’ovaklar o’rtasidagi devorlarning mustaxkamligiga bog’liq bo’ladi.
Yopiq g’ovakli yacheykali betonlarning suv shimuvchanligi va sovuqqa chidamliligi yuqori bo’ladi. Sovuqqa chidamliligi bo’yicha yacheykali betonlar quyidagi markalarda bo’ladi: g’15, g’25, g’35, g’50, g’75, g’100. Tashqi devor panellarida ishlatiladigan yacheykali beton sovuqqa chidamliligi g’15, g’25 bo’lsa kifoya, doimo muzlash va erish extimoli bor konstruksion yacheykali betonlarning sovuqqa chidamlilik markasi g’50...g’100 bo’lishi maqsadga muvofiqdir.
Yacheykali betonlarning eng muxim xossalaridan biri issiqlik o’tkazuvchanlik bo’lib, uning zichligi va namligiga bog’liq bo’ladi. Masalan, o’rtacha zichligi 600 kg/m3 bo’lgan yacheykali betonning quruq xolatdagi issiqlik o’tkazuvchanlik koeffitsienti 0,14 Vt/(m.0S), 8% namlikda bo’lsa, 0,22 Vt/(m.0S). Yacheykali betonlarni namlanishdan saqlash maqsadida yuzasi turli izolyatsiyalovchi donali yoki sepma materiallar bilan qoplanishi mumkin. Gazbeton va ko’pikbeton tayyorlanayotganda gidrofoblik yoki difillik xususiyatiga ega bo’lgan polimer qo’shimchalarni oz miqdorda kiritish, kvars qumlarini kukunlashda mexanik-kimyoviy aktivlashtirish ularni namlanishdan saqlaydi va issiqlik o’tkazuvchanligi o’zgarmasligini ta’minlaydi.
Yacheykali betonlarni vaqt o’tishi bilan xajmiy kirishishi yoriqlar xosil bo’lishiga olib keladi. Ularning kirishishi zichligiga va qotish sharoitiga bog’liq bo’lib, tarkibidagi suvning intensiv chiqib ketmasligini ta’minlash, ularda dastlabki yoriqlar xosil bo’lishini ogoxlantiradi. O’rtacha zichligi 700-800 kg/m3 bo’lgan yacheykali betonning, nisbiy namlik 70-80%, xarorat 200S bo’lsa, xavodagi kirishishi 0,4-0,6 mm/m tashkil etadi.
Yacheykali betonlar issiqlik izolyatsiyasi va konstruktiv-issiqlik izolyatsiyasi buyumlari sifatida ishlatiladi. Issiqlik izolyatsiyasi yacheykali betonlari tashqi ikki va uch qatlamli panellar, xonalarni ajratish pardadevorlar, turar joy va sanoat binolari tomlari va boshqa joylarda ishlatiladi.
Konstruktiv-issiqlik izolyatsiyasi yacheykali betonlardan armaturasiz devorbop bloklar, toshlar, tashqi devor panellari tayyorlashda, sanoat sovuqxonalari devor va tomlari qurilishida ishlatiladi.

Download 16.61 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling