Yirtqich qushlar


Kunduzgi yirtqich qushlar turkumi


Download 0.53 Mb.
Pdf ko'rish
bet5/8
Sana11.02.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1188755
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Yirtqich qushlar

 
Kunduzgi yirtqich qushlar turkumi 
Miqqiy 
Qora kalxat 
Tasqara 
Burgut 
Qarchigʻay 
Joʻrchi 


 
 
 
 
 
 
 
 
 
Yapaloqqushlar -Tunda hayot kechirishga moslashgan yirtqichlar. Ularga faqat 
qorongʻu tundan soʻng ov qiladigan yapaloqqushlardan ukki,boyoʻgʻli, boyqushlar 
kiradi. Yapaloqqushlar tumshugʻining qayrilgan, tirnogʻi oʻtkir, tirik oʻljani tirnogʻi 
bilan tutishga imkon beradi. Ularning koʻzlari katta . koʻz qorachigʻi keng ochiladi. 
Shuning uchun gʻira-shira yorugʻlikda ham mayda hayvonlarni koʻra oladi. Sezgir 
quloqlari esa tunda shitirlagan tovushni ham ilgʻab oladi. Patlari gʻovak va yumshoq 
boʻlganida uchganda ovoz chiqarmaydi. Tunda yirtqichning yuzi yapaloq yuraksimon 
boʻlgani uchun ham bu qushlarni yapaloqqushlar turkumiga kiritilgan. 
Ukki — yapaloqqushlar orasida eng yirigi. Boshining ustida 
quloqqa oʻxshash ikki toʻp pati dikkayib turadi. Ukki koʻproq 
turli kemiruvchilar bilan oziqlanadi; ba’zan oʻrgimchaklar va 
ayrim qushlarni ham tutib yeydi. 
Boyoʻgʻli — ukkiga nisbatan ancha kichik. Kechqurunlari 
simyogʻoch yoki daraxtlarning qurigan shoxida oʻtirib olib, oʻlja 
poylaydi. Bu qush oʻsimliklarga ziyon keltiradigan qoʻngʻiz, 
chigirtka va kemiruvchilarni qirib, juda katta foyda keltiradi.
 
Qushlaming ahamiyati. Qushlar zararkuranda hasharotlar 
va kemiruvchilarni qirib, tabiatda ular sonini cheklab turadi. Qushlarning oʻzi ham 
koʻpchilik hayvonlar uchun oziq boʻladi. Ular meva va urugʻlar bilan oziqlanib
oʻsimliklarning tarqalishiga yordam beradi. Nektarchi qushlar esa gullarni changlatadi. 
Kaklik, qur, qirgʻovul, oʻrdak, gʻoz, bedana, kaptar va boshqa qushlar goʻshti uchun 
sanoat miqyosida yoki sport usulida ovlanadi. Dengiz oʻrdagi — gaaganing uyasiga 
toʻshaydigan pari yengil sanoatda foydalanish uchun yigʻib olinadi. Qushlar axlati esa 
azot va fosforli moddalarga boy oʻgʻit hisoblanadi. 

Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling