Yodlash uchun manbaalar: 1917-yilda


Download 157.5 Kb.
bet4/4
Sana30.08.2020
Hajmi157.5 Kb.
#128136
1   2   3   4
Bog'liq
Yodlash uchun

manfaatlarini o’zida aks ettirgan g’oyalar bilan ciqdi va bu ishlari tufayli hokimiyatdan chetlashtirildi.

RKP 1921-yil martda bo’lib o’tgan X syezdida NEP(YIS)ga o’tildi.

Sovetlar Turkistonda xususiy mulkni tugatish maqsadida Yer-suv islohotini amalga oshirganlar, I bosqich 1921-22 –yillarni o’z ichiga oladi va unda Turkiston ASSRda va II bosqichda 1925-29-yillarda esa Farg’ona, Samarqand, Toshkentda o’tkazildi.

Turkistonda milliy ozodlik harakati dastlab 1918-yilning bahoridan boshlab Farg’ona vodiysida boshlandi. Kichik ergash vafot etgach (1918–yil bahor) Qo’rboshilik harakatiga boshchilikni Katta Ergash o’z qo’liga oladi. Shuningdek yana Madaminbek (1892-1920), Shermuhammadbek o’z harakatlari bilan tanildilar.

1919-yil oktabrda Pomirning Ergashtom ovulida bo’lgan yig’inda Madaminbek yetakchiligida “Farg’ona muvaqqat muxtoriyat hukumati” tuzildi va tarkibiga 16 nafar mahalliy va 8 nafar rus vakillarini birlashtirdi.

Hukumat boshlig’i va qo’shin qo’mondoni etib Madaminbek tayinlandi.

Bu davrda Madaminbekning 30000, Shermuhammadbekning 20000, Katta Ergash qo’rboshining 8000 askarlari mavjud edi.

1920-yil yanvarida Katta Ergash mag’lubiyatga uchradi, Shermuhammadbek esa asosiy kuchlarini olib Oloy vodiysiga chekindi. O’zaro kelishmovchiliklar natijasida Madaminbek o’ldirildi. Qo’rboshilar harakati 1924-yilda to’xtatildi.

1918-yil Kolesov Yosh buxoroliklar talabini bajargan bo’lib Buxoro amirligiga ochiqdan-ochiq hujum qiladi.

1920-yil 29-avgustda Frunze boshliq qizil askarlar Buxoroga hujum qildi, amir hokimiyati esa 2-sentabrda taslim bo’ldi, hokimiyat esa Yosh buxoroliklar qo’liga o’tdi.1920-yili 6-8-oktabrda Butunbuxoro xalq vakillarining I qurultoyida BXSR(Buxoro Xalq Sovet Respublikasi) tuzildi . Fayzulla Xo’jayev-Nozirlar Kengashi raisi, Abdulqodir Muhitdinov-Butunbuxoro Markaziy Inqilobiy Qo’mitasi raisi lavozimiga keldilar. 1921-yil sentabrda esa RSFSR namunasidagi Konstitutsiyani qabul qildilar. Sovetlar bu yosh davlatni o’z nazoratiga olish uchun Markazdan Turkkomissiya, Turkbyuro, Turkfront kabi missiyalar yuborilib, O’rta Osiyo byurosi, O’rta Osiyo Iqtisodiy Kengashi tuzilmalari tuzildi. 1924-yil sentabrda V Butunbuxoro qurultoyida BXSR o’rniga BSSR (Buxoro Sovet Sotsialistik Respublikasi) tuzildi.

1917-yil 5-aprelda Xiva xoni Asfandiyorxon Yosh xivaliklar ta’siri ostida Manifestni imzoladi.Majlis (Parlament)ga Bobooxun Salimov , Nozirlar Kengashiga Husaynbek Matmurodov rais bo’ldi. Iyun oyida Asfandiyorxon Muvaqqat hukumatning Xivadagi vakili Mirbadalovga tayanib Majlis va Kengashni tarqatib yubordi, 1918-yili esa xon Junaidxonni qurolli kuchlar qo’mondoni etib tayinladi. Tez orada Junaidxon Asfandiyorxonni o’ldirib, taxtga uning akasi Said Abdullo keldi, amalda butun hokimiyat sovetlarning ashaddiy dushmani Junaidxon qo’liga o’tdi. 2 yillik kurashlardan so’ng Junaidxon mag’lubiyatga uchradi, 1920-yil fevralda Xiva xonligi barham topdi.Said Abdullo esa taxtdan voz kechdi.1920-yil aprelida Butunxorazm xalq vakillari I qurultoyida XXSR (Xorazm Xalq Sovet Respublikasi) tuzildi

va uning muvaqqat Konstitutsiyasi qabul qilindi. Nozirlar sho’rosi raisi lavozimini esa Polvonniyoz Yusupov egalladi.

Ammo sovetlar bu yerda ham Buxorodagi kabi yo’l tutishdi mart oyida Yusupov hukumati ag’darildi.

1923-yil oktabrda bo’lib o’tgan IV Butunxorazm qurultoyida XXSRni XSSR(Xorazm Sovet Sotsialistik

Respublikasi)ga aylantirish bo’yicha qaror qabul qilindi. Yangi Konstitutsiya qabul qilindi. Unga ko’ra barcha yerlar xalqniki deb e’lon qilindi, barcha vaqf mulklari Maorif Nozirligiga o’tkazildi.

Milliy–hududiy chegaralanish 1924-yilga kelib amalga oshirilishi ko’zda tutilgandi.Turkkomissar Y.Rudzutak bu sohaga bosh mutasaddi edi. Yagona Turkistonni bo’lish g’oyasiga avvalboshdanoq T.Risqulov qarshi edi, shuningdek

S .Xo’janov va S .Asfandiyorov ham shu fikrda edilar. XSSRliklar 1924-yil 8–mayda RKP MKga ,,Xorazmda milliy masalani hal qilish to’g’risida maktub’’ yuborishadi va chegaralanishga qarshi ekanliklarini bayon qilishadi. Lekin 1924-yil 26-iyunda XSSRning yangi rahbariyati chegaralanishga rozi ekanligini bildirdi.

1924-yil 12-iyunda “O’rta Osiyo respublikalarini milliy-hududiy chegaralish to’g’risida” maxsus qaror qabul qildi.15-iyulda bu ishlarni amalga oshirish uchun O’rta Osiyo byurosi tuzildi va bu ishlarni kuzda amalga oshirish ko’zda tutildi.

Nihoyat 1924-yil 27-oktabrda Moskvada bo’lgan BMIQ (Butunittifoq Markaziy Ijroiya Qo’mitasi) milliy-hududiy chegaralanishlarni maqulladi.

1925-yil 13-fevralda Buxorodagi Xalq Uyida qurultoy chaqirilib O’zbekiston SSR tuzilganligini e’lon qilishdi, MIQ raisligiga Y.Oxunboboyev va XKS raisligiga F.Xo’jayev saylandi. Uning hududini: Turkiston ASSRdan 9ta uyezd, 133 ta tuman ,7 ta qishloq okrugi;

Buxoro respublikasining 9 ta viloyati;

Xorazm respublikasing 23 ta tumani; tashkil qilardi.

1925-yil 6-12-fevral kunlari Buxorodagi I ta’sis syezdida O’zbekiston Kompartiyasi tashkil etildi. Unga ma’sul etib V.Ivanov va A.Ikromov saylandi.

1927-yilda Konstitutsiya qabul qilindi.

1929-yili Tojikiston ASSR O’zbekiston SSR tarkibidan ajralib chiqdi va mustaqil Tojikiston SSRga aylandi.

1925-yil dekabrda O’zbekiston SSR MIQ “Yer va suvni milliylashtirish to’g’risida” qaror qabul qildi. Unga

Farg’onada 40, Toshkent va Samarqand viloyatlarida 50 desyatinadan ortiq yeribor xo’jaliklar tugatildi.

1930-yil 17-fevralda O’zbekiston kompartiyasi MK ning “Kollektivlashtirish va quloq xo’jaliklarini tugatish

to’g’risidagi’’ qarori qabul qilindi.

1930-yili qoramollar miqdori 60000 boshda ziyodga kamayib ketdi.

Quloqlashtirish jarayonida o’zbeklar Shimoliy Kavkaz, Ukraina, Sibirga surgun qilingan.

1- besh yillik davrida 289 ta korxona qurilgan (1928- 1932)

1926-yil sentabrda O’rta Osiyo byurosi qarori asosida “Hujum” harakati suniy ravishda tezlashtirildi.

1927-yil 8-martda ommaviy mitinglar boshlandi va 100000 dan ortiq ayollar paranji tashladi.

1927-1928-yillarda O’zbekistonda 2500 dan ortiq ayollar jaholat qurboni bo’ldi.

O’zbekiston milliy musiqasini rivojlantirishda kompozitorlardan Yunus Rajabiy, Muxtor Ashrafiy, To’xtasin Jalilov va Mutal Burhonovlar ishtirok etdilar.

18 lar guruhi a’zolar: Inomjon Xidiraliyev, Muxtorjon Saidov.

1931-yili Moskvadagi sud jarayanida Munavvar qori boshchiligidagi “Milliy istiqlol tashkiloti” a’zolaridan 15 nafari otib tashlandi.

II jahon urushining dastlabki kunlaridayoq 14000 dan ortiq o’zbeklar urushga borish istagini bildirdi.

O’zbekistonliklar urush fondiga 650 mln rubl pul, 22 kg oltin va o’zbek raqqosasi Tamaraxonim 50mimg so’m pul berdi. Urush yillari Oqqovoq, Qibray, Salor va Farhod GESlari qurildi. Urush yillari Zirabuloq, Qo’qon, Yangiyo’l shaharlarida qand zavodlari qurildi va urush yillari O’zbekiston Sobiq Ittifoqda ishlab chiqarilgan qandning chorak qismini berdi. Urush yillari O’zbekistonga 1mlndan ortiq insonlar ko’chirib keltirildi, shulardan 200 mingi bolalar edi.

Toshkentlik Shoahmad Shomahmudovlar 15bolani, Hamid Samadov 13 bolani Fotima Qosimova 10 bolani asrab oldi.

“Moskva mudofaasi uchun” ordeni bilan 1753 nafar o’zbek askarlar mukofotlandilar. General Sobir Rahimov Polsha uchun bo’lgan janglarda (Gdansk) 1945-yil 26-mart kuni vafot etdi va unga Qahramon unvoni berildi. Berlin uchun bo’lagan janglarda toshkentlik Botir Boboyev, Solih Umarov marg’ilonlik Toji Ali Boboyevlar ishtirok etgan. 1706 nafar o’zbek “Berlinni ishg’ol etganligi uchun” medali bilan mukofotlandi. Urush yakunida 120mingdan ortiq O’zbekistonlik jangchilar turli orden va mukofotlar oldilar. Ulardan 75 nafari Qahramon unvoniga sazovor bo’ldi.

Urush yillari teatrda Hamid Olimjonning “Muqanna”, Hamid Olimjon va Uyg’un, Sobir Abdullaning “O’zbekiston qilichi”, Maqsud Shayxzodaning “ Jaloliddin Manguberdi” asarlari sahnalashtirildi. O’zbekistonga RSFSR Fanlar Akademiyasining 375 nafar xodimi ko’chirib keltirildi. Respublikamizga 31 ta oliy va 7 ta harbiy o’quv yurtlari ko’chirib keltirildi.Ko’chirib keltirilgan akademik shoir va yozuvchilar bilan hamkorlikda “ Biz g’alaba qozonamiz” nomli almanax va “O’zbekiston shoirlari frontga” nomli antalogiya yaratishga muvaffaq bo’ldilar.

1946-yil 5-fevrlda SSSR hukumati “ 1946-53-yillarda” O’zbekistonda paxtachilikni tiklash va yanada rivojlantirish rejasi va tadbirlari to’g’risida” qaror qabul qildi. Mirzacho’l yerlarini o’zlashtirish ishlariga bevosita rahbarlik qilish uchun maxsus “Glavgolodnostepstroy” tuzildi.

1961-yil Guliston shahri vujudga keldi.

1956-yil davlat tomonidan paxtaning xarid narxi oshirildi. 1950-yil O’zbekiston SSR fanlar akademiyasining ishi to’g’risidagi qaror bo’yicha sharqshunos A.Boboxo’jayev, faylasuf V.Zohidov, iqtisodchi O. Aminov nohaq ravishda qoralandi. 1951-yil Said Ahmad, Shukrullo, Maqsud Shayxzoda, Hamid Sulaymonov, Mirtemirlar “Sovetlarga qarshi millatchilik faoliyati”da ayblanib 25 yilga qamaldi.

Stalin vafotidan keyingina ular oqlandi. 1959-yil O’zbekiston kompartiyasi MKga Sharof Rashidov birinchi sekretar etib saylandi, ungacha U O’zbekiston SSR Oliy Soveti Prezidiumning raisi (1950-1959) sifatida o’zini ko’rsata olgan edi. Sharof Rashidov 1983-yil vafot etdi. Uning davrida Mirzacho’l, Surxon-Sherobod, Qarshi cho’llarini o’zlashtirishda katta muvaffaqiyatga erishgan.


Buxoro-xiva mintaqalarida Gazli, Jarqoq kabi gaz konlari ochildi. Gazli Buxoro viloyatida 1956-yil ochilgan eng yirik neft- gaz koni edi.
Paxta ishi 1983-yil Sharof Rashidov vafotidan so’ng boshlandi. Markazdan maxsus tergovchilar Gdlyan va Ivanov yuborildi.
1989-yil may oyida Quvasoyda Mesxeti turklari va o’zbeklar o’rtasida mushtlashish sodir bo’ldi. 1989-yil 8-iyulda Qo’qonda ahlining tinch namoyishi harbiylar tomonidan o’qqa tutildi Natijada 50dan ortiq kishi halok bo’ldi va 1011 kishi jarohatlandi. 103 kishi halok bo’ldi. 1990-yil Farg’ona vodiysining O’sh va O’zgan shaharlarida o’zbekar va qirg’izlar o’rtasida millatlararo janjallar yuz berdi.
1989-yil 23-iyun kuni O’zbekiston kompartiyasi MKga Islom Karimov birinchi sekretar etib saylandi.
1991-yil aprelda Moskava yaqinidagi Nova-Ogoryovada SSSR Prezidenti Gorbachyov va 9 respublika prezidentlari uchrashdilar natijada “9+1” shartnomasi imzolandi.
Download 157.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling