Yog’-moy korxonasi jixozlari
Download 85.74 Kb.
|
YMKJ ma\'ruza 16
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mavzu bo’yicha savollar.
“YOG’-MOY KORXONASI JIXOZLARI” fani. Ma’ruza № 16. Mavzu. Omborxona jixozlari. Omborxonada maxsulotlarni sifatli saqlash uchun ularga malum darajada ishlov beriladi. Donador (lekin qovushib qolmaydigan) maxsulotlarni quritish uchun pnevmatik quritkichlar ishlatiladi. Quritish jarayoni uzunligi 25 m gacha bo‘lgan vertikal trubada olib boriladi. Materialning zarrachalari isitilgan havo (yoki tutunli gaz) oqimi bilan birga harakat qiladi. Bunda havo oqimining tezligi qattiq zarrachaning harakat tezligidan katta bo‘ladi (10 ... 30 m/s). Bunday trubasimon quritkichlarda protsess juda qisqa vaqt (1 ... 3 s) davom etadi, shu sababli material tarkibidagi erkin namlikning bir qismigina ajralib chiqadi. Pnevmatik quritkichda (1-rasm) material bunkerdan ta’minlagich orqali vertikal truba-quritkichga tushadi. Havo oqimi ventilyator yordamida kalorifer orqali vertikal trubaga yuboriladi. Trubada havo oqimi material zarrachalarini o‘zi bilan birga olib ketadi. 1-rasm. Pnevmatik quritkich: 1, 2— bunker qurilmasi; 3— truba; 4— ventilyator; 5— kalorifer; 6— yig‘gichli amortizator; 7— siklon; 8- tushirish qurilmasi; 9— filtr Havo qurigan material bilan birga yig‘uvchi amortizatorga kiradi, keyin siklonga o‘tadi. Siklonda qurigan material havo oqimidan ajraladi, so‘ngra to‘kish qurilmasi yordamida tashqariga chiqariladi. Ishlatilgan havo filtrda tozalangandan so‘ng atmosferaga chiqariladi. SHunday qilib, quritish jarayoni pnevmotransport rejimida olib boriladi. Pnevmatik quritkichlarda energiya sarfi ancha katta, bu sarf material zarrachasining o‘lchami kichranishi bilan kamayadi, biroq zarrachalarning o‘lchami 8 ... 10 mm dan oshmasligi kerak. Katta o‘lchamli zarrachalari bo‘lgan materiallarni quritish hamda materialdan namlikni chiqarish uchun pnevmatik quritkichlarni boshka tipdagi quritkichlar bilan birga ishlatish zarur. Demak, tuzilishi oddiy va ixcham bo‘lishidan qat’iy nazar pnevmatik quritkichlarni ishlatish chegaralangan. IQ-KONVEKTIV QURITISH QURILMASI Birlamchi ishlov berilgandan so‘ng xom ashyo IQ-konvektiv quritish qurilmasiga uzatiladi (2-rasm). Ishlash tartibi Qurilma teplogenerator (1), ikki avtonom seksiyaga ega quritish kamerasi (2) hamda bug‘-gaz aralashmalarini chiqarish yoki sirkulyasiya qilish uchun kommunikatsiyadan (3) iborat. Teplogenerator tabiiy gazni yoqish uchun gaz gorelkasi (4) bilan jihozlangan. Ishchi agentning harakatlanish tizimi ikkita ventilyator: havoni uzatish (5) va gaz-havo aralashmalarini qaytarish uchun (6) yoki quvur (7) orqali shiber (8) vositasida yo‘qotish, tutun chiqarish moslamalari (11) bilan jihozlangan. Teplogeneratorda gaz-havo aralashmalarini tozalash ham inobatga olingan. 2-rasm. Moy omborini quritish uchun IQ-konvektiv quritish qurilmasi. 1-teplogenerator; 2-quritish kamerasi; 3-sirkulyasion kommunikatsiya; 4-gaz gorelkasi; 5-havoni uzatish uchun ventilyator; 6-havoni qaytarish uchun ventilyator; 7-gaz-havo aralashmalarini yo‘qotish uchun quvur; 8-shiber; 9-reщetka; 10-ustunlar; 11-tutun chiqaruvchi moslama; 12-xom ashyoga birlamchi ishlov beruvchi quritish qurilmasi. Quritish kamerasining (2) ishchi seksiyalari ishchi shaxslarga xizmat ko‘rsatish uchun reщetkalar (9) bilan jihozlangan. Seksiyalar bir-biri bilan germetik chegaralangan va izolyasiyalangan qobiq (kojux) bilan berkitilgan. Har bir kamerada roliklarda va germetik yopiladigan eshiklar mavjud. Ishchi kameralara seksiyalari polkalarga 10 ajratilgan. Har bir seksiyaga kvadrat ko‘rinishidagi tagliklarga o‘rnatilgan. Tagliklar ostida zanglamaydigan materialdan tayyorlangan to‘rlar mavjud. Quritish qurilmasining texnik tavsifi: Unumdorligi, kg/soat 225; Mahsulotlarning bir martada yuklash og‘irligi, kg 2000; Quritish davomiyligi, soat 5,5-6,0 8 Kamera harorati, 0S markazida 70 periferiyada 66 Gabarit o‘lchamlari, m, 6x3,3x6. Mavzu bo’yicha savollar. Quritish jixozi deb nimaga aytiladi? Jixozlarga talablar. Download 85.74 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling