Yog‘-moy tarmog‘ini yanada rivojlantirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar va sohani boshqarishda bozor mexanizmlarini joriy etish to‘G‘risida


Download 30.66 Kb.
bet1/3
Sana23.06.2023
Hajmi30.66 Kb.
#1652005
  1   2   3
Bog'liq
yangi yol


YOG‘-MOY TARMOG‘INI YANADA RIVOJLANTIRISH BO‘YICHA QO‘SHIMCHA CHORA-TADBIRLAR VA SOHANI BOSHQARISHDA BOZOR MEXANIZMLARINI JORIY ETISH TO‘G‘RISIDA
Mamlakatda yog‘-moy tarmog‘ini rivojlantirish, aholi ehtiyojini yanada to‘laroq qondirish maqsadida ishlab chiqarish hajmlarini oshirish va tayyor mahsulotlar assortimentlarini ko‘paytirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar amalga oshirilmoqda.
Shu bilan birga, haqiqiy holat shuni ko‘rsatadiki, yog‘-moy tarmog‘ini boshqarishning yagona tizimining yo‘lga qo‘yilmaganligi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar sifatini nazorat qilish mexanizmining samarasizligi bilan bog‘liq muammolarning mavjudligi ilg‘or texnologiyalarni o‘zlashtirishga, investitsiyalarni jalb qilish va tarmoqning jadal rivojlanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Xom ashyo bazasining chegaralanganligi oqibatida tarmoq korxonalarining ishlab chiqarish quvvatlaridan foydalanish darajasi 50 foizdan oshmaydi, bu davlat ishtirokidagi yog‘-moy korxonalar faoliyatining samaradorligi va raqobatbardoshligining pasayishiga olib kelmoqda.
Iqtisodiyotda davlatning ishtirokini yanada qisqartirish, respublika yog‘-moy tarmog‘ining investitsiyaviy jozibadorligini oshirish va sohaga zamonaviy texnologiyalarni joriy qilish uchun sharoit yaratish maqsadida:
1. Yog‘-moy sanoati korxonalari, “O‘zpaxtayog‘” AJ, O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi, Moliya vazirligi, Davlat aktivlarini boshqarish agentligining (keyingi o‘rinlarda — Agentlik):
“O‘zpaxtayog‘” AJ negizida O‘zbekiston Respublikasi yog‘-moy sanoati korxonalari uyushmasini (keyingi o‘rinlarda — “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi) tashkil etish hamda unga “O‘zpaxtayog‘” AJga tegishli bo‘lgan mol-mulk va boshqa mablag‘larni, shuningdek debitor va kreditor qarzdorliklarni o‘tkazish, “O‘zpaxtayog‘” AJga tegishli xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi ko‘chmas mulk va aksiyalar paketi (ulushi) bundan mustasno;
xo‘jalik jamiyatlarining ustav kapitalidagi “O‘zpaxtayog‘” AJning aksiyalar paketi (ulushi)ni 1-ilovaga muvofiq Agentlikka o‘tkazish to‘g‘risidagi takliflariga rozilik berilsin.
2. Quyidagilar ma’lumot uchun qabul qilinsin:
ixtiyoriy ravishda a’zo bo‘lgan yog‘-moy sanoati korxonalari va tashkilotlari “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi a’zolari hisoblanadi;
“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi ijro apparatining tuzilmasini tasdiqlash uning ta’sischilarining umumiy yig‘ilishi qarori bilan amalga oshiriladi;
“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi raisi va uning o‘rinbosarlari O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligining taqdimnomasiga asosan uning ta’sischilarining umumiy yig‘ilishi qarori bilan saylanadi;
“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi faoliyatini joriy ta’minlash va moliyalashtirish uning a’zolarining badallari va ajratmalari hamda qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa manbalar hisobidan amalga oshiriladi.
3. “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasining asosiy vazifalari etib quyidagilar belgilansin:
yog‘-moy xomashyolarini qayta ishlash va yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha yagona kompleks sifatida yog‘-moy sanoatini rivojlantirish strategiyasini ishlab chiqish, shuningdek zamonaviy bozor munosabatlarini tarmoqqa keng joriy qilish;
“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi a’zo — tashkilotlarining huquq va manfaatlarining himoya qilinishini ta’minlash;
ichki va tashqi bozorda marketing tadqiqotlarini tashkil qilish, tarmoqni rivojlantirishning o‘rta va uzoq muddatli dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishda ishtirok etish, xomashyoni chuqur qayta ishlashda va sifatli raqobatbardosh mahsulotlar ishlab chiqarishni o‘zlashtirish, ozuqa-em bazasini kengaytirish, ichki bozorni yog‘-moy mahsulotlari bilan to‘laqonli ta’minlashda tarmoq korxonalariga ko‘maklashish;
yog‘-moy mahsulotlarini ishlab chiqarish bo‘yicha ilg‘or xorijiy tajribani har tomonlama o‘rganish, ishlab chiqarishni modernizatsiyalash hamda texnik jihatdan qayta jihozlashda, yuqori unumli zamonaviy innovatsion texnologiyalarni joriy etishda, mazkur maqsadlar uchun investitsiyalarni, shu jumladan to‘g‘ridan to‘g‘ri xorijiy investitsiyalarni keng jalb etishda tarmoq korxonalariga ko‘maklashish;
yog‘-moy tarmog‘ining standartlashtirish va sertifikatlashtirish tizimlarini xalqaro talablar va standartlarga uyg‘unlashtirish orqali uni takomillashtirish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlarni qabul qilish;
xomashyo bazasini rivojlantirish hamda yog‘-moy tarmog‘i tashkilotlarining moyli o‘simlik urug‘larini yetishtiruvchilar bilan o‘zaro munosabatlari mexanizmini takomillashtirish;
yog‘-moy sanoati sohasida kadrlarni tayyorlashga bo‘lgan real ehtiyojni va istiqbolli yo‘nalishlarni aniqlash, mutaxassislarni tayyorlash, qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv dasturlarini takomillashtirishda ishtirok etish, mazkur sohada ilmiy-tadqiqot ishlarini chuqurlashtirish;
tarmoqni jadal rivojlantirish va yog‘-moy sanoatining barqaror faoliyat ko‘rsatishiga to‘sqinlik qilayotgan tizimli muammolarni tahlil qilish va ularni bartaraf etish, shuningdek mazkur sohadagi qonun hujjatlarini yanada takomillashtirish bo‘yicha takliflar tayyorlash.
4. Belgilansinki, 2022-yil 1-yanvarga qadar:
“O‘zyog‘moysanoat” uyushmasi mol-mulk solig‘i va yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i to‘lashdan ozod etiladi;
tashkilotlarning shartnomalar asosida “O‘zyog‘moysanoat” uyushmasiga ajratmalari yuridik shaxslar foyda solig‘ining soliqqa tortiladigan bazasidan chiqariladi.

Download 30.66 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling