Yog‘ va moylarning eruvchanligini o‘rganish va gidrolizlash. Moylarning sovunlanish va efir soni, yod sonini aniqlash


Download 92.5 Kb.
bet2/4
Sana16.06.2023
Hajmi92.5 Kb.
#1493850
1   2   3   4
Bog'liq
Laboratoriya mashg\'uloti N 26

Yog’larning ishqorlar bilan gidrolizlanishi (sovunlanishi )
Kerakli asboblar: 1. Shtativ probirkalari bilan.

  1. Chinni kosacha.

  2. Reaksion probirka

  3. Shisha tayoqcha.

Reaktivlar: 1. Natriy gidroksid, konsentrlangan eritmasi.

  1. Natriy xlorid, to’yingan eritmasi.

  2. Yog’ yoki moy.

  3. Etil spirt.

Chinni kosachaga 2g yog’ yoki moy, 5-6 ml konsentrlangan ishqor eritmasi solib, shtativda asbest to’r ustida yoki qum hammomida shisha tayoqcha bilan aralashtirib turib 20 -30 minut davomida sekin qaynatamiz. Suv bug’lanishi natijasida kamayib ketmasligi uchun vaqt –vaqt bilan suv qo’shib aralashma hajmini o’zgartirmay turamiz. Gidroliz reaksiyasini tamom bo’lganligini bilish uchun gidrolizatdan bir necha tomchi probirkaga olib ustiga 2-3 ml suv qo’shamiz va qaynaguncha qizdiramiz. Gidrolizat to’la erib ketsa, gidroliz tamomlangan hisoblanadi. Agarda yog’ tomchilari ajralib chiqsa, gidrolizni yana davom ettiramiz.
Reaksiya tamom bo’lgach, aralashmaning ustiga shisha tayoqcha bilan aralashtirib turib 15 -20 ml to’yinmagan natriy xlorid eritmasidan qo’shamiz va sovutishga qoldiramiz. Hosil bo’lgan sovun aralashma yuzasiga qalqib chiqadi va sovutilganda qotadi. Uni ajratib olib keyingi tajriba uchun saqlaymiz.


MOYLARNING SOVUNLANISH VA EFIR SONINI ANIQLASH


Kerakli asbob va reaktivlar: o’simlik moylari, KOH ning spirtdagi 0,5 n eritmasi, toluol, butil, propil, amil spirtlar, xlorid kislotaning 0,5 n eritmasi, fenolftalein yoki timolftalein, suv hammomi, kolba, probirka, pipetkalar.
Sovunlanish soni deb, 1 g moy tarkibidagi sof kislotalarni neytrallash va murakkab efirlarni sovunlash uchun sarflangan KOH ning milligramm miqdoriga aytiladi. Sovunlanish soni yog’ (moy) lar tarkibiga kiruvchi yog’ kislotalarning o’rtacha molekulyar massasini xarakterlovchi ko’rsatgich ham hisoblanadi. O’simlik moylarining sovunlanish soni har xil o’simliklar uchun turlichadir.
I SH N I N G B O R I SH I
Analitik tarozida 2 g yog’ tortib olib, 200 ml hajmdagi kolbaga solinadi. Unga KOH ning spirtdagi 0,5 n eritmasidan 25 ml qo’shiladi. Kolbaga teskari sovutgichni vertikal holatda o’rnatib, qaynab turgan suv hammomida 1 soat davomida sekin qizdiriladi. Shunda kolbadagi yog’ butunlay sovunlanishi lozim. Gidroliz mahsulotlari suvda erib, tiniq eritma hosil qilishi kerak. Bunda eritma ustiga yog’ tomchilari suzib yurmasligi va kolba ichidagi eritmaga suv qo’shilganda u loyqalanmasligi kerak.
Qizdirish vaqtida KOH ning spirtdagi eritmasi o’zgarib ketishi mumkin, shuning uchun asosiy tajriba bilan birgalikda nazorat tajriba ham qo’yiladi. Nazorat tajribada yog’ qo’shilmaydi.
Qizdirish to’xtatilgandan so’ng tezda har ikkala kolbaga 25 ml dan issiq suv, 1 ml dan fenolftalein eritmasi qo’shib kolbalardagi suyuqlik rangsizlanguncha reaksiyaga kirishmay ortib qolgan KOH ni xlorid kislotaning 0,5 n eritmasi bilan titrlanadi.
Agar tahlil uchun olingan moy qiyinlik bilan sovunlansa, jarayonni tezlashtirish uchun ozgina ksilol qo’shib, ko’proq qizdiriladi. Agar sovunlanish mahsulotlari rangli bo’lsa, fenolftalein o’rniga timolftalein ishlatiladi.
Sovunlanish soni S. s quyidagi formula orqali hisoblanadi.



bunda:
V1- nazorat tajribani titrlash uchun ketgan 0,5 n xlorid kislotaning ml miqdori;
V2 – asosiy tajribani titrlash uchun ketgan 0,5 n xlorid kislotaning ml miqdori;
R – tahlil uchun olingan yog’ning massasi;
28,055 – 0,5 n KOH eritmasining 1 ml da eritilgan KOH ning mg miqdori;
Sovunlanish va kislota sonlari asosida efir sonini ham aniqlash mumkin.



Download 92.5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling