Yog‘ va moylarning eruvchanligini o‘rganish va gidrolizlash. Moylarning sovunlanish va efir soni, yod sonini aniqlash
Download 37.49 Kb.
|
1 – laboratoriya mashg’uloti Yog‘ va moylarning eruvchanligini o‘rganish (1)
1 – laboratoriya mashg’uloti: Yog‘ va moylarning eruvchanligini o‘rganish va gidrolizlash. Moylarning sovunlanish va efir soni, yod sonini aniqlash Kerakli asbob va reaktivlar: chigit yoki kungaboqar moyi, kalsiy gidrosulfat tuzi, flyuroglyutsinning efirdagi eritmasi, konsentrlangan xlorid kislota, nitrat kislotaning 30% li eritmasi, nitrit kislotaning kaliyli yoki natriyli tuzi, probirkalar, kolba va stakanlar. 1. Akrolein reaksiyasi. Moylarning asosiy qismi glitserinning yuqori molekulali yog’ kislotalar bilan hosil qilgan murakkab efirlari – glitseridlardan iborat. Shu sababli yog’larni identifikatsiya qilish uchun ular tarkibidagi glitserinni aniqlash kerak. Buning uchun probirkaga 2 – 3 ml paxta yoki kungaboqar moyi (yoki shuncha miqdor yog’) va 3 – 4 g kaliy bisulfat tuzi (KHSO4) solib qizdirilsa, bir ozdan so’ng to’yinmagan akril aldegid – akrolein hidi chiqadi. O’tkir qo’lansa hidning paydo bo’lishi akrolein hosil bo’lganligidan dalolat beradi. Hosil bo’lgan akrolein ko’z va burunning shilliq pardalarini qitiqlab, aksirtiradi va ko’zdan yosh chiqaradi. Yog’ni kaliy bisulfat tuzi (KHSO4) bilan qizdirilsa, u parchalanib sof holdagi glitserin ajralib chiqadi. Glitserindan ikki molekula suv ajralib chiqsa, akril aldegid hosil bo’ladi. CH2 – OH CH2 KHSO4 CH – OH CH -2H2O CH2 – OH H – C = O Glitserin Akrolein 2. Eloidin reaksiyasi. Yog’larning qurimaydigan va quriydigan bo’lishi va ular tarkibidagi to’yinmagan yog’ kislotalarning qo’shbog’lari soniga bog’liq. Qo’shbog’li yog’ kislotalar esa ma’lum sharoitda stereoizomer hosil qilish xossasiga ega. Shuning uchun yog’larning qaysi guruhga mansubligini to’yinmagan yog’ kislotalarning stereoizomer hosil qilishiga asoslangan usulida ham aniqlanadi. Ma’lumki, qurimaydigan suyuq yog’lar asosan bitta qo’shbog’li, tuyingan yog’ kislotalar glitseridlaridan tashkil topadi. Oddiy sharoitda suyuq bo’lgan sis- ko’rinishidagi bu kislotalar ba’zi katalizatorlar ta’sirida qattiq massa bo’lgan o’zining trans- shakliga o’tadi. Masalan, bitta qo’shbog’li to’yinmagan olein kislota o’zining trans- shakli bo’lgan stereoizomeri – qattiq elaidin kislotaga o’tadi. CH3 – (CH2)7 – CH CH3 – (CH2)7 – CH Download 37.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling