Yog‘ va moylarning eruvchanligini o‘rganish va gidrolizlash. Moylarning sovunlanish va efir soni, yod sonini aniqlash


Download 37.49 Kb.
bet2/5
Sana03.02.2023
Hajmi37.49 Kb.
#1154607
1   2   3   4   5
Bog'liq
1 – laboratoriya mashg’uloti Yog‘ va moylarning eruvchanligini o‘rganish (1)

HOOC – (CH2)7 – CH CH – (CH2)7 – COOH
Olein kislota (sis – shakli) Eloidin kislota (trans – shakli)
Linol va linolen kislotalarning glitseridlari elaidin reaksiyasini bermaydi. Shuning uchun ham qurimaydigan guruhga kiradigan yog’lar shu reaksiya bilan aniqlanadi.
Probirkaga 3 ml yog’, 10 ml 30% li nitrat kislota va nitrit kislotaning kaliyli yoki natriyli tuzidan 1 g solib aralashtiriladi hamda bir necha soat (1 – 8 soat) qo’yib qo’yiladi. Natijada qurimaydigan yog’lar probirkaning yuqori qismida qattiq oq massali (Elaidin kislota glitseridi) aralashmaga o’tadi.
3.Kreys reaksiyasi. Yog’larning achishi natijasida aldegidlar, peroksidlar va boshqa oksidlanish mahsulotlari hosil bo’ladi. Bu mahsulotlar floroglyutsining efirdagi eritmasi va konsentrlangan xlorid kislota ta’sirida qizil rangga bo’yaladi.
Probirkaga 1 ml yog’ va 1 ml konsentrlangan xlorid kislota (zichligi 1,19 g/sm3) solib, bir minut aralashtiriladi, so’ngra unga 1 ml floroglyutsinning efirdagi eritmasi (1:1000) dan qo’shib, yana chayqatiladi. Yog’ buzilmagan bo’lsa, aralashmaning rangi o’zgarmaydi, achigan bo’lsa, probirkadagi aralashma qizil rangga bo’yaladi.
4. Yog’lar tarkibidagi parafin, mum va smola moylari aralashmasini aniqlash. Kolbaga 1 ml moy va kaliy ishqorining spirtdagi 0,5 n eritmasidan 10 ml quyib, chayqatib qizdiriladi. Bu aralashma tezda tiniq eritma hosil qiladi. Bu eritmaga suv qo’shilganda u loyqalansa, u holda moy tarkibida parafin, mum va smola moylari aralashmasi borligidan dalolat beradi.
Yog’larning ishqorlar bilan gidrolizlanishi (sovunlanishi )
Kerakli asboblar: Shtativ probirkalari bilan,chinni kosacha, probirka
shisha tayoqcha.
Reaktivlar: Natriy gidroksidning konsentrlangan eritmasi, natriy xloridning to’yingan eritmasi, yog’ yoki moy, etil spirt.

Download 37.49 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling