Yog’och konstruksiya elementlarini hisoblash. Reja


Download 0.53 Mb.
bet1/3
Sana08.05.2023
Hajmi0.53 Mb.
#1444698
  1   2   3
Bog'liq
Yog’och konstruksiya elementlarini hisoblash1


Yog’och konstruksiya elementlarini hisoblash.
Reja:


  1. Markaziy cho‘zilishga ishlaydigan yog'och konstruksiyalari.

  2. Markaziy siqilish ishlaydigan yog'och konstruksiyalari.

Markaziy cho‘zilishga ishlaydigan yog'och konstruksiyalari eng zaif kesimi bo'yicha hisoblanadi. 9-rasmda cho'zilishdagi na’munaning o’l chamlari, cho'zilish diagrammasi va normal kuchlanish epyurasi ko'rsatilgan. Markaziy cho'zilishga ishlovchi konstruksiyalar mustahkamligi quyidagi formula yordamida tekshiriladi:



bu yerda: (σ - normal kuchlanish; N - hisobiy cho'zuvchi kuch; -Asof -ko’ngdalang kesim yuzasi; Rch- cho'zilishdagi hisobiy qarshilik; m0= 0,8 – havfli kesimda kuchlanishning to'planishini hisobga oladigan koeffitsient.

1-rasm. Elementning maikaziy cho'zilishi:


1 • 1 kesimda tolalar bir xil kuchlangan; 2-2 kesimda teshikdagi tolalar qirqilgan, bu qismdagi kuchlanish boshqa kesilmagan tolalarga uzatilgan; 3-3 kesimda cho'zuvchi kuchlanishlar bir xil bo’lmaydi; 4-4 kesimda tolalar yana qo'shimcha zo'riqishlar oladi.
Agar yog'och tolalari bikrligi va maydonini bir xil desak, u holda 1-1 kesimdagi (10-rasm) barcha tolalar bir xil yuklangan bo'ladi. 2-2 qirqimdagi birinchi teshikda tolalar qirqilgan, shuning uchun zo'riqishlar qo‘shni tolalarga uzatiladi va ular kuchliroq yuklanadi. Shunday qilib 3-3 kesimda cho'zuvchi kuchlanishlami tarqalishi notekis bo'ladi Teshiklar orasidagi S masofa hisobiga bu notekislik asta-sekin to'g'rilanadi. Agar S masofa kichik bo'lsa , u holda to‘g‘rilanish yuz bermaydi, chunki 4-4 kesimda ikkita teshik joylashgan va bu joyda bir qism tolalar yana qirqiladi, qo'shni kuchli yuklangan tolalar yanada kuchliroq qo'shimcha yuklanadi. Buning natijasida alohida tolalardagi zo‘riqishni cho‘zilishdagi mustahkamlik chegarasiga yetishi o‘z navbatida tolalarning uzilishiga olib kelishi mumkin. Uzilish eng zaif joylarda yuz bergani uchun buzilish egri-bugri bo‘ladi. Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda, zaif kesim yuzasini aniqlashda qo‘shni zaif kesimlar orasidagi S masofani hisolga olish kerak bo'ladi;
agar S masofa 20 sm dan kichik bo‘lsa, S< 20 sm A sof =b(h-3d);
agar S masofa 20sm dan katta yoki, teng bo’lsa S ≥20 sm A sof =b(h-2d).
Agar zaif kesim bo‘yicha mustahkamlikka tekshiriladigan bo‘lsa (teshik yoki o'yiq joylar), hisobiy qarshilik m0=0,8 ga qisqartiriladi. Bunda yog'ochning cho‘zilishga hisobiy qarshiligi Rch = 8 MPa ga teng bo‘ ladi (Rch = 8-10 MPa).
Agar zaif kesim bo'lmasa, u holda m=1 ga teng bo'ladi:

Cho'ziluvchi elementlar ko'ndalang kesimini aniqlashda yuqoridagj fcrmuladan foydalaniladi. Bunda bo'ylama kuch N va Rch cho'zilishdagi qarshiliklar ma’lum deb olinadi:

Agar ko' ndalang kesim yuzasi ma’lum bo'lsa, cho'ziluvchi elementni ko'tara oladigan maksimal cho'zuvchi kuchning nazariy qiymatini quyidagi formuladan aniqlash mumkin:



Markaziy cho'ziluvchi elementlar deformatsiya-egjlishi bo'yicha tekshirilmaydi.

Misol. Agar cho'zuvchi kuchning miqdori N= l60kN ga teng bo‘lsa, cho'ziluvchi sterjen ko'ndalang kesimini (l-toifa yog'ochdan) aniqlang. Sterjenda ikki qator diametri -1,8 sm bo‘lgan teshiklar bo'lib, zaif kesimda ikkita teshik mavjud.?


Yechilishi. Kesimning zaiflashganini hisobga oladigan koeffitsentni
e’tborga olgan holda hisobiy qarshilik qiymatini hisoblaymiz:
m0=0,8; Rch= 0,8 - 10 =8 MPa
Talab qilinadigan ko ‘ndalang kesim yuzasi

N=160kN=0.16MN
Ko'ndalang kesim yuzasini qabulqilamiz: 15x17.5 sm Zaif kesimni inobatga oladigan bo’lsak
A=(h-d n) =(17.5-1.8 2) 15=208 =0.0208
Ta’sir qiladigan kuchlanish


Download 0.53 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling