Yogoch material p65


Nitrosellulozali emallarning ayrim xossalari


Download 1.11 Mb.
bet22/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

Nitrosellulozali emallarning ayrim xossalari

Emallar

Uchmaydigan moddalaming massaulushi, %

Qovushoqligi, B3-4 bo‘yicha, s

HL-25

21-42

45-70

HL-26, HL-27

18-23

32-60

HL-251

21-44

45-60

HL-257M

kami bilan 38

60-135

НЦ-25 emali (ГОСТ 5406-84) oq, och sariq, qizil, qora va boshqa ranglarda ishlab chiqariladi. Emal gruntovkalangan, shpaklovkalangan yog‘och materiallar yuzasida yaltiroq parda qatlam hosil qilishda ishlatiladi. Ular bo‘yaladigan yuzaga quyiladi yoki purkaladi. 345 va 346-raqamli erituvchilar bilan suyultiriladi. Emal 18—20°C haroratda 1 soat ichida quriydi.
НЦ-257 M emali (ТУ 6-10-999-75) oq rangli, pigment va xira tus beruvchi qo‘shimchaning nitrolokdagi suspenziyasidir. Bo‘yash uchun tayyorlangan yuzalar quyib va purkab bo‘yaladi. Quriganidan keyin xira parda qatlami hosil bo‘ladi. Eng yaxshi suyultirgich 646-raqamli erituvchidir.
Nitrogruntovkalar. Gruntovkalar pardozlovchi parda qatlam- ning ostki qavatlarini hosil qiluvchi tarkiblardir. Nitrogruntovkalarga НЦ-0140, НЦ-0127 va НЦ-0205 rusumli gruntovkalar kiradi.
НЦ-0140 gruntovkasi randalangan shponlar bilan qoplangan yuzalarning sirtlariga ma’lum tus berishda foydalaniladi. Uni valli dastgohlarda surtish yoki pnevmopurkagichlar yordamida sepish mumkin. Tarkibida mayda dispersli pigmentlar, bo‘yoqlar, nitroselluloza, smola, plastifikatorlar hamda uchuvchan organik erituvchilar bo‘ladi. Uning dastlabki qovushoqligi B3-4 viskozi- metri bo‘yicha 20—70 s. Uchmaydigan moddlaming massa ulushi 21±1 % ga teng. Gruntlovchi tarkiblarning ish qovushoqligi valli dastgohlar uchun 20±5 s, pnevmatik purkagichlar uchun esa 15±2 s bo‘lsa, yaxshi natija beradi. Qurish vaqti 18—23°C haroratda 10—20 min, 80°C li haroratda esa 40—50 s. Gruntovka yog‘ochni bir tekisda bo‘yaydi va undan yog‘och tukchalari do‘ppayib chi- qib qolmaydi. Shu sababli, grunt quriganidan keyin sirtlarjilvir- lanmaydi. НЦ-0140 gruntovkasi yog‘och materiallarni nitro­selluloza va poliefir loklari bilan loklashdan oldin ishlatiladi.
НЦ-0127 nitroselluloza gruntovkasi (fon grunti) poliefir shpak- lovkasi bilan ishlov berilgan yog‘och-qirindili taxtalarni qim- matbaho yog‘ochga o‘xshatib pardozlashda qo‘llaniladi.
Nitrosellulozali shpaklovkalar bir komponentli lok-bo‘yoq materiallar bo‘lib, nihoyatda quyuq massadir. Ulardan nuqsonli joylami to‘ldirish, tekislash uchun foydalanish mumkin. Yop- pasiga shpaklovkalash uchun esa ular kerakli qovushoqlikka 646 yoki 647-raqamli erituvchilar bilan suyultiriladi. Oshxona, bolalar mebellariga shaffof bo‘lmagan (berkituvchan) pardoz bo‘yoq berishdan, nitroselluloza emallarini yuzaga surkashdan awal shunday shpaklovka bilan ishlov beriladi.
HU-0038 (Ty 6-10-1272-78), HU-007, HU-008 (TOCT 10277-76) rusumli shpaklovkalar mebel sanoatida ko‘p ishlati- ladi. 4-jadvalda ulaming ayrim xossalari keltirilgan.
4-jadval

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   18   19   20   21   22   23   24   25   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling