Yogoch material p65


Parafinli poliefir loklarning tarkibi, massa qism hisobida


Download 1.11 Mb.
bet30/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

Parafinli poliefir loklarning tarkibi, massa qism hisobida

Komponentlar

H3-246

H3-265

yozda

qishda

Yarimfabrikat lok

100

100

100

Qotirgich (initsiator): siklogeksanon peroksid giperiz

2

3

1

Tezlatkichlar: № 25 yoki № 30 № 31

0,75

1

1

Parafinning stiroldagi 3 % li eritmasi

1,7

l,o

1,7


nd-265 loki (TY 6-10-1445-80) ham to‘rt komponentlidir. U poliefir smolasining stirol, butilasetat va asetonli eritmasidan hamda parafinning stiroldagi eritmasi, 31-raqamli tezlatkich va initsiator — giperizdan tashkil topgan. Komponentlar alohida idishlarda saqlanadi va ishjoyiga keltiriladi. n3-265 lokini saq- lash muddati 4 oy.
11'3-265 loki mebelning yaxlit detallarida 1-toifali yuqori yal- tiroqlikka ega bo‘lgan parda qatlamlarini hosil qilishda ishlatiladi. Lok aseton qo‘shib ish qovushoqligigacha suyultiriladi. Yarimfab- rikat lokning initsiator va parafin eritmasi bilan hamda tezlatkich va parafin eritmasi bilan hosil qilgan aralashmasining ishga yaroq- lilik muddati kamida 24 soatga teng. Tayyor lokning ishga yaroq- lilik muddati esa 6 minutdan oshmaydi. Parda qatlamni pardoz- lagunga qadar tutib turish vaqti 3 soat. Bu lok ham quyish mashi­nalarida surkaladi.
Tayyor tarkiblami ishga yaroqlilik muddatijuda qisqa bo‘lgani sababli parafinli loklar yuzaga birdaniga berilmaydi. Buning uchun awal yarimfabrikat lok parafin eritmasi qo‘shib yaxshilab ara- lashtiriladi, so‘ngra bu eritma ikki qismga bo‘linadi. Birinchisiga initsiator, boshqasiga tezlatkich qo‘shiladi. Yuqorida aytganimiz- dek, ulaming ishga yaroqlilik muddati kamida 8 soatga teng. Bu tarkiblar quyish mashinasining ikkala kallagidan pardozlanadigan yuzaga 1:1 nisbatda alohida-alohida quyiladi. Shundayuzadato‘- liq qamrovli tarkibga ega bo‘lgan eritma hosil bo‘ladi. Natijada, sirtdajadal sur’atda sopolimerlanish reaksiyasi ketadi va parda qat- lam hosil bo‘ladi.
Parafinsiz loklar. Respublikamiz korxonalarida parañnsiz poliefir loklarining bir necha markasi ishlab chiqarilmoqda. Ular poliefir smolasining ТГМ-3 monomeridagi eritmasidan iborat bo‘lib, ulaming tarkibida yana organik erituvchili kolloksilin, alkid smolasi, initsiator hamda tezlatkich bo‘ladi.
Kolloksilin loklarning tiksotropik xossalarini yaxshilaydi, ulami har xil profilli va vertikal yuzalarga surtish imkonini beradi. Alkid smolasi esa lokning yog‘och bilan adgeziyasini oshiradi va parda qatlam sifatini yaxshilaydi. Kolloksilin va alkid smoladagi erituvchilar parda qatlam qotishijarayonida uchib ketadi. Shuning uchun parafinsiz loklarda quruq qoldiq miqdori parafinli loklarga qaraganda kam bofiadi (60—70 %).
Lok tarkibidagi parafinning bofimasligi lok surkashni oson- lashtiradi va qat’iy harorat rejimini ushlab turishga hojat qolmaydi. Ammo parafinsiz loklar mustahkamlik va dekorativlik sifatlari jihatidan parafinli loklardan keyinda turadi.
Mebel detal va buyumlarni pardozlashda sovuq holatida qotadigan parafinsiz loklardan ПЭ-232, ПЭ-247, ПЭ-250, ПЭ-250 M, ПЕ-250 ПМ, issiq holda qotadigan loklardan ПЭ-251 «А», ПЭ-251 «Б», ПЭ-2118 loklari va ultrabinafsha nuri yordamida qotadigan ПЭ-2106 va ПЭ-2136 loklari ishla- tiladi. Ular haqida qisqacha axborot berib o‘tamiz.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   26   27   28   29   30   31   32   33   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling