Yogoch material p65


Karbamid- va melamin-formaldegid smolalari asosida olingan lok-bo‘yoq materiallar


Download 1.11 Mb.
bet28/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

Karbamid- va melamin-formaldegid smolalari asosida olingan lok-bo‘yoq materiallar. Karbamid- va melamin-formaldegidli smolalar katalizatorlar ishtirokida karbamid va melaminni formaldegid bilan polikondensatlanish reaksiyasi natijasida olinadi. Sof holda bu smolalar lok va bo‘yoqlar tayyorlash uchun parda hosil qilmaydi, chunki ular juda mo‘rt va ko‘p kirishadi. Lekin ulaming bu xususiyati gruntovka, shpatlovka tayyorlashda yoki maxsus qog‘ozlarga ulami shimdirib pardozlash plyonkalari olishda va yelim tayyorlashda sira ham xalaqit bermaydi. Lok tayyorlash uchun organik erituvchilarda eriydigan moy hamda plastifikator bilan qo‘shila oladigan butanol bilan modifikatsiyalashtirilgan karbamid-formaldegid smolalari ishlatiladi.
Amino-aldegidlar va alkid smolalari asosida alkid-mochevina loklari (МЧ-52, МЧ-26, МЧ-22), alkid-melaminli loklar (МЛ-2111, МЛ-2111 ПМ) va emallar tayyorlanadi. Bunday smolalar asosida olingan lok va emallar mexanik xossalari yaxshi, yorug‘lik, suv, issiqlik hamda sovuqqa chidamli bo‘lgan parda qatlamlar hosil qiladi.
Melamin-formaldegidli lok-bo‘yoq materiallar o‘zining deko- rativligi va himoya xossalariga ko‘ra karbamid-formaldegidli mate- riallardan ustun turadi.
Karbamid-formaldegidli lok-bo‘yoq materiallar. Karbamid- formaldegidli lok, emal, gruntovka va shpaklovkalar ishlab chi- qarishda parda hosil qiluvchi modda sifatida alkid smolalari bilan butanol modiñkatsiyalashtirilgan va unda erigan karbamid- formaldegidli smola aralashmalari ishlatiladi. Bu eritmada sof butanoldan tashqari, butanolning solvent yoki ksilol bilan ara- lashmasi bo‘lishi mumkin. Eng ko‘p tarqalgan butanollashtiril- gan karbamid-formaldegidli smolaga uning butanoldagi eritmasi bo‘lgan K-411-02 rusumli smolani misol tariqasida ko‘rsatish mumkin. Unga alkid smolalari qo‘shib qizdirilganda tez quriydi- gan karbamid-alkidli lok va emallar olinadi.
Modifikatsiya qilingan karbamid-formaldegid smolalari aso- sidagi lok va emallar biror yuzaga surkalganda yaxshi yopishuv- chanlik xususiyatiga (adgeziyaga) ega bo‘lgan, yorug‘lik ta’siriga chidamli, dekorativlik va himoya xossalari yuqori bo‘lgan qattiq parda qatlam hosil bo‘ladi. Ularga misol qilib MH-52, MH-26, MH-270 loklari, MH-181 emali, MH-042 gruntovkasi, Mll- 0054 shpaklovkalarini ko‘rsatish mumkin.
MlI-52 loki (TY 6-10-767-80) — karbamid-formaldegid va plastifikatsiya qilingan organik erituvchili alkid smolalarining qotiruvchi modda (3,5—4 % li xlorid kislota) qo‘shilgan eritma- sidir. Lok asosiy tarkibining 93 massa qismiga kislotali qotirgich qo‘shiladi va zarur bo‘lsa PKB-2 rusumli suyultirgich qo‘shib loklarning qovushoqligi ishlatish uchun belgilangan holatga keltiriladi. Lok ikki komponentli bo‘lib, uning asosiy va qotiruvchi qismi ishjoyiga alohida idishlarda yetkazib beriladi.
MH-52 loki tiniq suyuqlik bo‘lib, rangi HMffl bo‘yicha 40 mg yod. Parda hosil qiluvchi modda miqdori 46—50 %; qovushoqligi B3-4 viskozimetri bo‘yicha 20°C da 60—80 s; ishga yaroqlilik muddati 20°C da 4 soatga teng; qurish vaqti 20°C da 120 minutdan, 60—80°C da esa 20 minutdan oshmaydi. Bu lok asosida olinadigan parda qatlam yaltiroq, qattiq qaytmas (termo- reaktiv) xossaga ega. Bu lok bilan buyumlar purkab yoki quyish yo‘li bilan loklanadi. MH-52 loki stullami yuqori kuchlanishli elektr maydonida pardozlashda ishlatiladi.
MH-270 lokining (TY 6-10-1186-76) rangi HMffl bo‘yicha 80 mg yod, qovushoqligi B3-4 viskozimetri bo‘yicha 20°C da 90— 160 s; uchmaydigan moddalar miqdori 48—52 %; 100—105°C da 5 minutda quriydi; parda qatlamining qattiqligi shartli ravishda 0,6. U yog‘och va metall buyumlami loklashda ishlatiladi. Lok purkaladi, quyiladi yoki cho‘tka yordamida surkaladi. Suyultirish uchun butanol va uayt-spirit aralashmalari (1:1) ishlatiladi.
МЧ-181 emali (ТУ 6-10-720-79) oq rangli suyuqlik. Qo- vushoqligi B3-4 bo‘yicha 20°C da 50—70 s; uchmaydigan mod­dalar miqdori 65-71 %; 18-22°C da 24 soat, 75°C da 50 mi- nutda quriydi; parda qatlamining qattiqligi shartli ravishda 0,25. МЧ-181 emali bilan eshik va derazalar bo‘yaladi. U yuzaga pur­kaladi yoki cho‘tka yordamida surkaladi. Quyuqlashib qolganda ksilol yoki solvent bilan suyuqlantiriladi.
МЧ-042 gruntovkasi (ГОСТ 10982-75) — oq rangli, qo- vushoqligi B3-4 bo‘yicha 20°C da 40—80 s.ga teng bo‘lgan mah- sulot; uchmaydigan moddalar miqdori 60—68 %; 100—110°C 0,5 soatda quriydi; parda qatlam qattiqligi shartli ravishda 0,2. Gruntovka yuzalarga bo‘yoq purkagich, yuqori kuchlanishli elektrik maydonida purkash orqali beriladi. Suyultirgich sifatida РКБ-1, 646-raqamli erituvchilardan foydalaniladi.
МЧ-0054 shpatiovkasi (ТУ 6-10-1536-75) rangi oqdan och ko‘kranggachabo‘ladi. Uchmaydigan moddalar miqdori 85—94 %; 100—110°C da 1 soatda qotadi. Undan yog‘och tolali taxtalar yuzasini tekislash va silliqlashda foydalaniladi. Shpaklovka valli mashinalarda surkaladi. Bu shpaklovka uchun etilasetat eng yaxshi suyultirgichdir.
Melamin-formaldegidli lok-bo‘yoq materiallar. Melamin- formaldegidli loklar tarkibiga ko‘ra, karbamid-formaldegid asosi- dagi lok-bo‘yoqlardan, karbamid o‘miga melamin ishlatilganini hisobga olmaganda, undanjiddiy farq qilmaydi. Ammo yuqorida aytib o‘tganimizdek, melamin-alkidli loklar asosida olingan parda qatlamlaming xossalari karbamid-alkid loklamikidan birmuncha yuqori: yaltiroq, atmosfera, ishqor va sovun eritmalari ta’siriga chidamli, yaxshi quyiladi va hokazo. Shuning uchun melamin- formaldegidli loklar xona ichida, shuningdek, bino tashqarisida ishlatiladigan buyumlami pardozlashda ishlatiladi.
Ular karbamid-formaldegid loklari singari bir xil suyultir- gichlar bilan suyultiriladi. Parda qatlamlarni quritishdan oldin 10—20 minut ushlab turiladi, so‘ngra 110—140°C haroratda 30—60 minut davomida quritiladi. Melamin-formaldegidli lok- bo‘yoqlar har xil komponentlar bilan yaxshi qo‘shila oladi. Ular asosida olinadigan МЛ-2111 va МЛ-2111ПМ, МЛ-2111М loklari keyingi vaqtlarda mebelsozlikda ko‘plab ishlatilmoqda.
Miï-2111 va MX-2111M, Miï-2111 HM loklari (TY 6-10­1848-82) melamin- va karbamid-formaldegid hamda alkid smolalarining organik erituvchilardagi aralashmasidan iboratbo‘lib, ularning tarkibiga yana xiralik beruvchi qo‘shimchalar va kislotali qotirgichlar (katalizatorlar) qo‘shilgan bo‘ladi. Bu loklar ikki komponentlidir. Lok asosi va qotirgich ishjoyiga alohida idishlarda olib kelinadi va lokni surkashdan oldin ular aralashtiriladi. Qo­tirgich sifatida sulfokislotalaming butanoldagi eritmasi ishlatiladi.
Qotirgich lok asosga quyidagi nisbatda qo‘shiladi: \L 1-2111 loki uchun 100:15, MH-2111 nM loki uchun esa 100:10. Loklar ish qovushoqligigacha ksilol qo‘shib suyultiriladi.

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   24   25   26   27   28   29   30   31   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling