Yogoch material p65
Download 1.11 Mb.
|
2 5319142487279808313
ПЭ-232 loki (ГОСТ 23438-79) yarimfabrikat lok-asos va initsiatordan tashkil topgan. Lok-asos ТГМ-3 monomeri, poliefir, kolloksilin va alkid smolalari hamda 25-raqamli tezlatkich- dan iborat. Initsiator sifatida giperiz ishlatiladi, u lokning har 100 gramiga 3,6 g miqdorda ishlatilishidan oldin qo‘shiladi. Olin- gan aralashma quyuq bo‘lsa, aseton yoki P-219 eritkichi bilan suyultiriladi. Lokning ishga yaroqlilik muddati 16 soat. U surkal- gandan keyin 10 soat mobaynida qotadi,jilvirlagunga qadar tutib turish vaqti 24 soat.
ПЭ-250 loki (ГОСТ 23428-79) ham yarimfabrikat lok-asos va initsiatordan tashkil topgan. Lok-asos poliefir smolaning ТГМ-3 monomerdagi eritmasi, kolloksilin bilan alkid smolaning organik erituvchilardagi eritmasi hamda 25-raqamli tezlatkichdan tashkil topgan. Lokni surkashdan oldin har 100 g yarimfabrikat lokka 3,9 gramm initsiator giperiz qo‘shiladi. Lok aseton yoki P-219 eritkichi bilan suyultiriladi. Tayyor lok tarkibining ishga yaroqlilik muddati 24 soat. Qurish vaqti xona haroratida 8 soat atrofida, 60°C haroratda esa 40—50 min. Surkalgan lok yaltiroq parda qatlam hosil qiladi. ПЭ-247 loki (ТУ 6-10-987-76) uch komponent: yarimfabrikat lok, initsiator, tezlatkichdan tashkil topgan. Yarimfabrikat lok poliefimi ТГМ-3 monomeridagi eritmasi, kolloksilin, nigrozin (qora bo‘yoq) va akril kislotaning organik erituvchilardagi eritmasining aralashmasidan iborat. Tezlatkich o‘mida naftenat, kobalt, initsiator o‘rnida esa giperiz ishlatiladi. Lokdagi komponentlar nisbati (massa qism): yarimfabrikat lok- 100; 25 yoki 30-raqamli tezlatkich-8,7; giperiz-3,5. Suyultirish uchun aseton yoki P-219 eritkichi ishlatiladi. Tayyor lokning ishga yaroqlilik muddati 20 soat. Qurish vaqti 12 soat. Jilvirlash jarayonigacha bo‘lgan tutib turish vaqti 24 soat. Bu lok bilan musiqa asboblari va mebel detallari pardozlanadi. ПЭ-250 M va ПЭ-250 ПМ loki (ГОСТ 23438-79)-to‘- yinmagan poliefir smolasining ТГМ-3 monomeridagi eritmasi bo‘lib, uning tarkibida undan tashqari, BB rusumli kolloksilin, alkid smola, xiralik beruvchi TK-800 moddasi va 25-raqamli tezlatkich bo‘ladi. Yarimfabrikat lok va initsiator (giperiz) ish- latishdan oldin 100:2,5 nisbatda bir-biri bilan yaxshilab ara- lashtiriladi. Loklar yog‘och yuzasida xira va qisman xira parda qatlamlar hosil qilishda ishlatiladi, purkab sepiladi. Ularning ishga yaroqlilik muddati tezlatkich qo‘shilgandan keyin 18—22°C haroratda 28 soat. Qurish vaqti 20—25°C da 8 soat, 60°C da esa 50 minut atrofida bo‘ladi. ПЭ-251 «A» va ПЭ-251 «Б» rusumli poliefir loklari uch komponent: yarimfabrikat lok, tezlatkich va initsiatordan tashkil topgan. Yarimfabrikat lok poliefir smolasining ТГМ-3 monomeridagi eritmasi, kolloksilin hamda alkid smolasidan tashkil topgan. Ikkinchi komponent 30-raqamli tezlatkich, uchinchisi esa initsiator-giperizdir. ПЭ-251 «A» loki uchun eritkich sifatida aseton va siklogek- sanon, ПЭ-251 «Б» loki uchun esa metilizobutilketon va siklo- geksanon ishlatiladi. Ular yuzalarga oddiy usulda yoki yuqori kuchlanishli elektr maydoni ta’sirida purkaladi. Loklaming tarkibi (massa-qism): yarimfabrikat lok-100; 30-raqamli tezlatkich—2,3; giperiz—1,4. Quyulib qolgan loklar PH-215 eritkichi qo‘shib suyultiriladi. Tayyor loklaming ishga yaroqlilik muddati kamida 10 soat. Qurish vaqti 70°C li haroratda 30 minut. Elektr toki maydonida sepiladigan nO-251 «B» poliefir loki uchun solish- tirma hajmiy elektr qarshilik 1 • 106—l • 108 Om • sm, dielektrik singdiruvchanligi esa 6—10 orasida bo‘lishi kerak. Download 1.11 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling