Yogoch material p65


Mh-2111 va Mh-2111 nM loklarining tavsifi


Download 1.11 Mb.
bet29/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

Mh-2111 va Mh-2111 nM loklarining tavsifi

Ko‘rsatkichlar

Mh-2111

Mh-2111 nM

Uchmaydigan moddalarning massa ulushi, %

50-54

49-53

Shartli qovushoqligi, B3-4visko- zimetri bo‘yicha, 20°C da, s

70-130

50-110

Ishga yaroqlilikmuddati, 20° da, soat

24

24

Qurish vaqti, min, quyidagi haroratlarda, °C:
20

60



55

20



120



1


MH-2111 loki mebel buyumlarida xira, yaltiramaydigan yupqa parda qatlamlar olish uchun mo‘ljallangan bo‘lib, purkash va quyish usulida surkaladi. MH-2111 nM loki qog‘oz-smolali plyon- kalarni loklash uchun ishlatilib, valli mashinalar yordamida surkaladi. Kislotali muhitda qotadigan loklar hosil qilgan parda qatlamlar yog‘och teksturasini berkitmaydi va yaxshi himoya- dekorativ qoplama hosil qiladi.
Poliefirli lok-bo‘yoq materiallar. Mebel detal buyumlarini par- dozlash uchun poliefir loklari yaratilib, surkash hosil bo‘ladigan parda qatlamning himoya-dekorativ xossalarini yaxshiladi hamda pardozlash texnologiyasini yanada takomillashtirdi. Shu vaqt- gacha ishlatib kelingan loklardan eng ko‘p qo‘llanilgani nitrolok bo‘lib, ularda quruq qoldiq miqdori 28—32 % dan oshmas edi. Nitroloklar bilan pardoz qilganda taxminan 70—75 % gacha qimmatli kimyoviy materiallar — erituvchi va suyultirgichlar qaytmas darajada isrof bo‘ladi va atrof-muhitni ifloslantiradi. Nitroloklarda quruq qoldiq miqdori oz bo‘lgani uchun pardozlash mashina-uskunalaridan bir marta o‘tkazilgan detallar sirtida qalinligi 20—25 mkm bo‘lgan yupqa parda qatlam hosil bo‘ladi.
Poliefir loklarining yaratilishi va mebelsozlikda tatbiq etilishi pardozlash ishlarida quruq qoldiq miqdori 90 % dan ko‘p bo‘lgan materiallar ishlatish imkonini berdi. Bunda detallar mashina yoki liniyadan bir yoki ikki marta o‘tkazilganda qalinligi 100—150 mkm. li parda qatlam olish mumkin. Poliefir loklaridan foydalanilganda ishlab chiqarish sikli qisqaradi va tashqi muhitga chiqib ketadigan zaharli moddalar miqdori salkam 10 marotaba kamayadi.
Poliefirli parda qatlamlarining nitrolokli parda qatlamlarga qara- ganda sifat ko‘rsatkichlarijuda yuqori. Poliefir loklari asosida qalin va yupqa parda qatlamlar olish mumkin. Poliefirli parda qatlam- larda qotish (qurish)jarayoni kimyoviy yo‘l bilan boradi, shuning uchun ulami (nitroloklarni fizikaviy qotishiga nisbatan qaral- ganda)jadallashtirish osondir. Poliefir loklarini ultrabinafsha (UB) va elektron nurlari ta’sirida bir necha sekund ichida qotirish mumkin.
Hozirgi kunda mebelsozlikda sovuq holda qotadigan para- finli poliefir loklari va sovuq holda, qizdirilganda hamda UB nur ta’sirida qotadigan parafinsiz loklar keng qo‘llanilmoqda. Poliefirli lok-bo‘yoq materiallar asosini ikki atomli spirtlar bilan malein- angidridning polikondensatlanishi natijasida olinadigan to‘yinma- gan poliefirlar tashkil etadi.
Ko‘pincha ikki atomli spirtlar o‘mida glikollardan etilenglikol, dietilenglikol ishlatiladi. Glikollar poliefirlarga elastiklik beradi. Bulardan tashqari, sistemaning reaksiya xususiyatini oshirish maqsadida glikollarga ko‘p atomli spirtlardan glitserin va pentaeritrit qo‘shiladi. Yog‘ochni pardozlash uchun eng ko‘p ishlatiladigan poliefirlar guruhiga poliefirmaleinatlar deb ataluvchi etilenglikol, malein angidrid va ftal angidridning polikondensatlanish mah- sulotlari kiradi. Poliefirmaleinat makromolekulasi tuzilishini quyidagicha ifodalash mumkin:
H-[-OCH-CH2O-OCCH=CHCO-OCH-CH2O-
-O-C=C-O-] -OH
n
Poliefirmaleinat olish reaksiyasida ishtirok etuvchi ftal angid- ridning molekula tuzilishida aromatik yadro borligi sababli, po- liefiming aromatik monomerlar, masalan, stirol bilan aralashishi va unda erish xususiyati yaxshilanadi hamda parda qatlami issiqqa chidamli, qattiq bo‘ladi.
Poliefir molekulasi tarkibida qo‘shbog‘larning bodishi uni to‘yinmagan monomerlar bilan yana boshqatdan sopolimerlanishi mumkinligini ko‘rsatadi. Poliefirmaleinatli parda qatlamlarning elastikligini oshirish uchun dastlabki xomashyolar tarkibiga to‘- yingan alifatik ikki asosli kislotalar (adipin va sebatsin) qo‘shiladi, lekin ular reaksiyada ishtirok etmaydilar.
To‘yinmagan monomerlar — stirol, oligoefirakrilatlar, allil spirtining efirlari poliefirlarda erituvchi vazifasini bajaradi. To‘- yinmagan monomer o‘mida stirol ishlatiladigan poliefirmaleinatli lok-bo‘yoq materiallar stirolning bug‘lanib ketishini oldini olish hamda uni havo kislorodidan himoya qilish maqsadida ular tar­kibiga qalqib chiquvchi qo‘shimcha moddalar kiritishni talab qiladi. Aks holda stirolning erkin radikallari havo kislorodi bilan reaksiyaga kirishib, stirol peroksiradikallarini hosil qiladi va ular sopoli- merlanishjarayonida o‘sib borayotgan molekulalar zanjirini uzib yuboradi va parda qatlamining qotishi sekinlashadi. Odatda, qalqib chiquvchi modda o‘mida poliefir smolasida eriydigan va xona haroratida (18—22°C) undan qalqib chiqadigan parafin ishlatiladi. Parda qatlami yuzasiga qalqib chiqqan parafin unda himoya parda hosil qiladi, u materialni havo kislorodining zararli ta’siridan yaxshi saqlaydi.
Parañnli poliefir loklari mebellarga pardoz berishda keng qo‘llaniladi. Ular yuqori quruq qoldiq miqdori (90—95 %), uncha yuqori bo‘lmagan dastlabki qovushoqlik va fizik-mexanik xossalarining yuqoriligi bilan ajralib turadi. Lekin bu loklar bilan tik yuzalami loklab bo‘lmaydi. Ishlab chiqarish texnologiyasida jilvirlash va jilolash operatsiyalari, albatta, bajarilishi kerak, lok eritmalarining ishga yaroqlilik muddati nisbatan qisqa. Shuning uchun tekislikka nisbatan ma’lum burchak ostida yotgan yaxlit detal va buyumlarni faqat parafmsiz poliefir loklari bilan par- dozlash tavsiya etiladi.
Parafmsiz poliefirmaleinat loklarida erituvchi monomer o‘r- nida TfM-3 trietilglikolning demetakril efiri ishlatiladi. Uning kimyoviy tuzilishi quyidagicha:
CH3 CH3
CH=C- CO- CH2-CH2-(OCH2-CH2-)2-OC- c=ch2
TrM-3 efiri stiroldan kam uchuvchanligi va shu bilan birga, reaksiyaga sust kirishishi bilan farq qiladi. TTM-3 efiri tarkibiga modifikatsiya qiluvchi qo‘shimcha modda sifatida oddiy allil efirlari qo‘shiladi va havo kislorodi ta’sirida gidroperoksid guruhlarini hosil qiladi:
CH=CH-CH-O-
O-O-H
Ular tezlatkich moddalar ta’sirida erkin radikallarga par- chalanib, sopolimerlanish reaksiyasini boshlab beradi. Bu parda qatlamlar qotish jarayonini qalqib chiquvchi komponentlarsiz ham amalga oshishini ta’minlaydi. Loklaming oqib tushish miq- dorini kamaytirish maqsadida ularning tarkibiga qo‘shilmalar qo‘shiladi. Masalan, yuqori qovushoqli kolloksilin, akril smolalari va boshqalar. Qo‘shimcha moddalarning hammasi eritma shaklida bo‘lgani uchun poliefir loklarining bu turida quruq qoldiq miq- dori ancha kam bo‘ladi.
Poliefirmaleinat va TfM-3 efiri orasida bo‘ladigan sopoli­merlanish reaksiyasinijadallashtirish maqsadida ularning tarkibiga initsiator va tezlatkichlar qo‘shiladi. Initsiator o‘rnida, asosan, har xil peroksidlar va gidroperoksidlar — benzoil peroksid, siklo- geksanon peroksid, izopropilbenzol gidroperoksid «giperiz» ish- latiladi. Ular ma’lum haroratda erkin radikallarga parchalanadi va polimerlanish reaksiyasi davrida dastlabki faol markazlar vazifasini bajaradi. Organik peroksidlarning parchalanish harorati 70—100°C atrofida bo‘ladi. Harorat qancha past bo‘lsa, shuncha yaxshi. Buning uchun reaksiyada ishtirok etuvchi moddalar tar­kibiga kuchli qaytarilish xossasiga ega bo‘lgan tezlatkichlar qo‘- shiladi. Tezlatkichlar sifati karbonvodorodlarda eriydigan ko‘p valentli metallaming tuzlari (kobalt, vanadiy, marganes) hamda uchlamchi alkilaril aminlar (dimetilanilin)dan foydalaniladi.
Amalda yog‘ochni pardozlashda, asosan, 30-raqamli tezlatkich (naftenat kobaltning stiroldagi eritmasi) va 31-raqamli tezlatkich (vanadiy (V) oksid asosida olingan tuzlaming monobutilfosfor kislotasidagi eritmasi)dan foydalaniladi.
Poliefir lok-bo‘yoq materiallariga qo‘shiladigan tezlatkich miqdorijuda aniqbo‘lishi kerak (kobaltga nisbatan lok massasining 0,01—0,5 %iga qadar). Tezlatkich miqdorining belgilangandan ortiq yoki kam bo‘lishi sopolimerlanish reaksiyasini sekinlatadi va mos ravishda parda qatlamining qotish muddati cho‘ziladi.
Initsiatorning tezlatkich ishtirokida parchalanish jarayoni nihoyatda tez kechadi va u portlashgacha olib kelishi mumkin. Shuning uchun initsiator va tezlatkich lok-bo‘yoq materialga alohida-alohida qo‘shiladi va yaxshilab aralashtiriladi.
Poliefir loklarga ulami tayyorlash va saqlash davrida ishla- tishdan avval qotib qolmasligi uchun ingibitorlar (stabilizator- lar) qo‘shiladi. Gidroxinon, pirokatexin yoki ulaming alkil hosi- lalari eng yaxshi stabilizator hisoblanadi. Ular lok massasining 0,01—0,03 % iga qadar qo‘shiladi. Stabilizatorlar qo‘shilgan po­liefir loklari smena oxirida ortib qolsa, ertasiga yangi tayyorlangan eritmadan qo‘shib ishlatilaveradi.
Parafinli loklar. Bu tipdagi loklar stirol, initsiator, tezlatkich va parafindan iborat qalqib chiquvchi moddalaming to‘yinmagan poliefir smoladagi eritmasidan iborat. Parda hosil bo‘lishjarayoni to‘yinmagan poliefir smolasi bilan stirol orasida bo‘ladigan sopo- limerlaming reaksiyasi natijasida sodir bo‘ladi. Reaksiyasi stirol xuddi parda hosil qiluvchi moddadagidek ishtirok etadi. Shu­ning uchun quruq qoldiq foizi juda yuqori bo‘ladi (90—95 %). Parafinli loklaming navbatdagi kamchiligi, ulaming ko‘p kom- ponentli bo‘lishi va profil hamda vertikal yuzalarga oqib tushishidir.
n3-246 loki (TY 6-10-791-79) to‘rt komponentdan tuzilgan, u to‘yinmagan poliefir smolaning stirol, butilasetat va asetondagi eritmasi; parafinning stiroldagi eritmasi; 25 yoki 30-raqamli tez­latkich va siklogeksanonning eritmasi. To‘rtala komponent alo­hida-alohida idishlarda olib kelinadi (5-jadval). Har bir kom- ponentni 4 oygacha saqlash mumkin.
Yoz oylarida ID-246 lokining tarkibiy qismlarida o‘zgarish ro‘y berishi mumkin, chunki issiqda reaksiya jadal ravishda bo­radi, bunda initsiator bilan tezlatkich miqdorini ozgina kamayti- rish kerak. Parafinning lok qatlami sirtiga qalqib chiqishi ham se- kinlashadi, shuning uchun parafin miqdori oshiriladi.
11'0-246 loki mebel yaxlit detallarida yuqori yaltiroqlikka ega bo‘lgan 1-toifali parda qatlamlarini olishda ishlatiladi. Lok aseton bilan suyultiriladi. Yarimfabrikat lokning initsiator va parafin eritmasi bilan hosil qilgan aralashmasining ishga yaroqlilik muddati 8 soat. To‘rtta komponent aralashtirilgandan keyin ulaming ishga yaroqliligi 18—22°C haroratda 8—30 minutni tashkil qiladi. Parda qatlam kamida 24 soat mobaynida pardozlanishi kerak. Parafinli poliefir loklari buyumlarga lok quyish mashinalarida surtiladi.
5-jadval

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling