Yogoch material p65


O‘zi yelimlanadigan plyonkaning tavsifi


Download 1.11 Mb.
bet37/81
Sana22.04.2023
Hajmi1.11 Mb.
#1377632
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   81
Bog'liq
2 5319142487279808313

O‘zi yelimlanadigan plyonkaning tavsifi

Plyonka qalinligi, mm

0,1-0,15

Plyonka eni, mm

4-18

Buzuvchi kuchlanish, MPa, kamida

45

Termikkirishishi, %:
uzunasiga (qisqaradi)
ko‘ndalangiga (uzayadi)

-1,5 +0,1

Yelimli qatlamning yog‘och materialga bo‘lgan adgeziyasi, MPa, kamida

0,1

Sun’iy charmlar (TY 17-493-70, TY 17-494-70, TY 17­1236-74) gazmol yoki noto‘qima materiallar ustiga yopishtirilgan polimer plyonkalardir. Ular turli xil plyonkali qoplamalarda ishlatiladi: nitrosellulozali, poliefirli, kauchukli, polivinilxloridli, poliuretanli, sun’iy zamsh va boshqalar. Ular har xil rangli bo- silgan va relyef rasmli, xira va yaltiroq bo‘lishi mumkin. Asos sifatida viskoza, paxta va sintetik gazmol materiallar ishlatiladi. Quyida sun’iy charmning ayrim tavsiflari keltirilgan:

Qalinligi kamida, mm

1,4

Uzunligi, m

30-150

Bir kvadrat metr yuzaning massasi, kg

0,85

Uzilishga bo‘lgan mustahkamligi, MPa: uzunasiga ko‘ndalangiga

3,2
2,8

Uzilishdagi nisbiy uzayishi, %: uzunasiga ko‘ndalangiga

12-25
70-160

Sovuqqa chidamliligi, °C

-30

Issiqqa chidamliligi, °C, kamida

100


Yotoqxona, bolalar va olis mebellarini tayyorlashda sun’iy charmlar eng samarali materialdir. Sun’iy charm qoplamalami termoplastiklik xossalaridan foydalanib, yog‘och materiallar yuzasini qoplashda qizdirilgan andaza yordamida ular sirtiga bosish usuli bilan har xil naqshlar solish mumkin.
Sun’iy charmlami detal yuzalariga qoplash lateksli yelimlar yordamida plitali presslarda bajariladi. Ular eni 1250—1360 mm bo‘lgan o‘ram holida ishlab chiqariladi.

  1. Smola shimdirilgan qog‘oz asosli pardozlash materiallari

Materiallar tavsifi. Smola shimdirilgan qog‘oz asosli qoplama materiallar hozirgi vaqtda shu maqsadlarda qo‘llaniladigan ma­teriallar orasida eng asosiylaridan biri bo‘lib qolmoqda. Mebel buyumlaming 35 % dan ortiq yuzasi smola shimdirilgan qog‘oz asosli plyonkalar bilan qoplanmoqda. Bunday materiallar qator afzalliklarga ega. Smola shimdirib quritilgan qog‘oz asosli 1 m2 plyonka material ikki kvadrat metr randalangan shpon o‘mini qoplaydi. Bundan tashqari, qog‘oz asosli plyonkalar bilan ish- langanda yog‘och shponlarida bodganidek, ularni bichish va randalash yoki jilvirlab silliqlash kabi og‘ir va xavfli texnologik operatsiyalarni bajarishga o‘rin qolmaydi, shpon teksturalari yo‘nalishining mos kelish yoki kelmasligini tanlashga vaqt sarf bodmaydi. Agar plyonkalar pardoz qilingan bodsa, qoplangani- dan keyin mebel detallariga boshqa pardoz berilmaydi. Qog‘oz plyonkaga bosib tushirilgan naqshlar o‘zining dekorativ sifatla- riga ko‘ra, tabiiy shpon teksturasidan o‘zib ketishi mumkin. Ular- dan mebel buyumlarining old tomonini, ko‘rinadigan yon to- monlarini va ichki yuzalarini qoplashda foydalaniladi.
Mebel ishlab chiqarishda smola shimdirilgan qog‘oz asosli qoplama materiallar plyonka va qattiq taxta ko‘rinishida (dekorativ qog‘oz qatlamli plastiklar) ishlatiladi. Plyonkali materiallar ikki xil ko‘rinishda bodadi: birinchisi — smola yetarli darajada todiq qotadi, ikkinchisi — smola todiq qotmaydi.
Shimilgan smola to‘liq qotmagan plyonkalar yog‘och material yuzasiga yelimsiz qoplanadi. Bunday plyonkalami tayyorlashda qog‘ozga shimilgan smola qotmagan (reaktiv holatga o‘tmagan) bodadi, u shunchaki qurigan bodadi. Shuning uchun plyonkalar press yordamida yog‘och yuzasiga qoplanganda undagi smola is- siqlik ta’siridan suyulib, plastik holatga o'ladi va u yelim sifatida plyonkani qoplanadigan detal yuzasiga yopishtiradi. Pressning bosimi ta’sirida smola plyonkaning ustki tomoniga suzib chiqadi va qotgandan so‘ng himoya-dekorativ parda qatlamini hosil qiladi. Uning sirti yaltiroq, xira yoki birorta naqsh bosib tushirilgan bodishi mumkin. Todiq qotmagan smolali plyonkalar bilan (yelim ishlatmasdan) yog‘och materiallar yuzasini qoplash jarayoni laminirlash, qoplanadigan material esa laminirlash uchun plyon­kalar — laminatlar deb yuritiladi. Mebel sanoati smolasi qotma­gan plyonkalar bilan qoplangan tayyor mebel yaxlit detallarini oladi, ular laminirlangan taxtalar deb ataladi. Masalan, «Fayz» xolding kompaniyasida (Toshkent shahri) har xil korpusli me- bellar laminirlangan taxtalardan yigdlmoqda. Laminirlashjarayoni ham shu korxonada amalga oshiriladi.
Shimilgan smola todiq qotgan plyonkalar oldin ko‘rib o‘tilgan qog‘oz-smolali plyonkalardan shunisi bilan farq qiladiki, bunda qog‘oz asos smola shimdirilganidan keyin yuqori haroratda uzoq- roqvaqt quritiladi. Natijada, shimilgan smola to‘liq qotadi, qaytmas (reaktiv) holatiga o‘tadi. Plyonkani yelimlash uchun xuddi yog‘och shponni qoplagandek yelim surkash kerak bo‘ladi. Qog‘ozga shimdirilgan smolaning qotish elastikligiga ko‘ra plyonkalar list va o‘ram holida ishlab chiqariladi. Ular, asosan, bir qatlamli, ayrim turlari (kambar yuzalar uchun) esa ikki va uch qatlamli qilib ishlab chiqariladi. Plyonkalar yuzaning ko‘rinish sifatiga qarab keyinchalik lok-bo‘yoq material bilan pardoz qilinadigan yoki pardoz qilinmaydigan bo‘ladi.
Dekorativ qog‘oz-qatlamli plastik (ffECn) — sun’iy termo- reaktiv smolalar shimdirilgan qog‘ozning bir necha qatlamini birga qo‘yib, issiq holda presslab olinadi. ^BCn, odatda, list ko‘rinishida bo‘ladi. U konstruksion va qoplama material sifatida ishlatiladi. Konstruksion plastiklar qattiq list shaklidagi material bo‘lib, odatda, qalinligi 1 mm.dan ortiq bo‘ladi. Qoplama plastiklaming qalinligi 1 mm.dan kam (0,4—0,6 mm) bo‘lib, ular yuqori elastik­lik xossasiga ega bo‘lib, faqat pardozlash materiali sifatida ishlatiladi.
Mebel yaxlit detallari kambar yuzalarini pardozlashda, asosan qalinligi 0,4—0,6 mm, serbar yuzalami pardozlashda esa 0,8— 1,0 mm.li qog‘oz qatlamli plastiklar qo‘llaniladi. Oshxona me- bellarining gorizontal ish yuzalarini pardozlashda 1,3 mm, ayrim hollarda 1,6 m qalinlikdagi plastiklami ishlatsa ham bo‘ladi.
Qoplama materiallar uchun qog‘oz turlari. Smola shimdirilgan qog‘oz asosli qoplama materiallar olish uchun bir necha turdagi qog‘oz ishlatiladi. Ular dekorativ va qatlamosti qog‘ozlar bo‘ladi.
Qog‘ozlaming shimuvchanligi, berkituvchanligi yuqori, silliq va begona jismlar aralashmasi minimal miqdorda bo‘lishi kerak. Qatlamosti qog‘ozlar dekorativ qog‘oz singari yuqori shimish xusu- siyatiga ega va uzilishga chidamli bo‘lishi kerak. Ulardagi kul miqdori, silliqligi va begonajismlar aralashmasi reglamentlanmaydi. Odatda, qatlamosti qog‘ozlar oqartirilmagan sulfat sellulozadan olinadi.
Dekorativ tasvirlar charm, gazlama yoki qimmatbaho toshlarga o‘xshatib tushirilgan hamda yog‘och teksturali bo‘lishi mumkin. Mebel sanoatida ko‘pincha yog‘och teksturasi tasviri tushirilgan qog‘ozlar ishlatiladi.
Mebel yaxlit detallarini qoplashda ishlatiladigan qog‘oz smolali plyonkalar uchun massasi 100, 120, 130, 160 g/m2 bo‘lgan qog‘ozlar ishlatiladi. Ular mebel fabrikalariga polotnoning eni 1000—1850 mm, diametri 400—800 mm bo‘lgan o‘ram holida keltiriladi. Qoplanadigan yuzalar qancha g‘adir-budur bo‘lsa, plyonka tayyorlash uchun ishlatiladigan qog‘ozlarning massasi shuncha og‘ir bo‘ladi. Ko‘pincha massasi 160 g/m2 bo‘lgan qog‘oz yog‘och-qirindili taxtalardan olingan yaxlit detallaming kambar yuzalarini pardozlaydigan plyonkalami olishda qo‘llaniladi. Shuni esdan chiqarmaslik kerakki, massasi og‘ir bo‘lgan qog‘ozlarni ishlatish buyumlaming material sig‘imini oshirib yuboradi va ulami qimmatlashtiradi.

  1. Qisman polikondensatsiyalangan smola shimdirilgan
    qog‘oz asosli plyonkalar


Bunday plyonkalar yaxlit detallami qoplash uchun ishlatiladi va ularga boshqa pardoz berish ishlari talab qilinmaydi. Qisman polikondensatsiyalangan smola asosli plyonkalar mebel sanoatida ishlatilmaydi. Mebel ishlab chiqarishda bunday plyonkalar bilan qoplangan yog‘och-qirindili taxtalar (TY 13-417-80) asosida olin­gan tayyor mebel detallan — laminirlangan taxtalar ko‘p ishlatiladi.
Yog‘och-qirindili taxtalar bunday plyonkalar bilan faqat qiz- dirilgan presslar yordamida va yuqori bosim ta’sirida qoplanadi. Plyonkadagi smola yuqori harorat ta’sirida yumshab, oqib, suzib chiqadi, bunda uning bir qismi taxtaga shimiladi va yelim vazi- fasini o‘taydi, qolgan qismi plyonka sirtida qolib pardoz qatlam vazifasini bajaradi. Pressdagi yuqori bosim taxta bilan plyonka orasida yaxshi kontakt bo‘lishini ta’minlaydi. Qizdirilgan press taxtalari ta’siri ostida shimilgan smolada polikondensatlanish re- aksiyasi kechadi hamda smolaning to‘liq qotishi nihoyasiga yetadi. Natijada, plyonka ustida yuqori fizik-mexanik va ekspluatatsion xossaga ega bo‘lgan qattiq parda qatlam hosil bo‘ladi.
Yog‘och-qirindili taxtalarni qoplash uchun ishlatiladigan plyonkalar olishda karbamid yoki melamin-formaldegidli smola qo‘llaniladi; xomaki qatlam sifatida ishlatiladigan plyonkalami olishda fenol-formaldegidli smolalar ishlatiladi. Melamin-for­maldegidli smolalar melamin va formaldegidning polikondensatla­nish reaksiyasiga kirishishi natijasida olinadi, ulaming nisbati hosil bo‘luvchi smolaning xossalari va turg‘unligini bildiradi. Odatda, melaminning formaldegidga nisbati 1:2 yoki 1:3 orasida bo‘ladi.
Hozirgi vaqtda plyonka olish uchun olimlar tomonidan formaldegidli smolalaming bir necha markasi yaratilgan, masalan, CnMO-1, CnMO-lA, CnMO-4, CnMO-6, CnMO-7 va boshqalar.
CnMQ-1 smolasi xira parda qatlamlar, CnMQ-lA esa yaltiroq parda qatlamlar hosil qilish uchun ishlatiladi. CnMQ-4 va CnMQ-5 smolalaming zaharliligi nisbatan kam va qotish tezligi sust (140— 150°C haroratda 7—10 minut ichida qotadi). Shuning uchun ular yog‘och taxtalami ko‘p qavatli presslar yordamida qoplashda ishla- tiladi, chunki bunda presslash texnologiyasiga binoan paketlami press qavatlari orasiga kiritish uchun ma’lum vaqt talab etiladi.
Yog‘och-qirindili taxtalami smolalar bilan bir qavatli presslarda qoplash uchun tez qotadigan (30—35 s) va yaxshi oquvchan СПМФ-6 va СПМФ-7 smolalari yaratilgan. Ko‘p qavatli press­larda ДСтПт qoplash uchun ishlatiladigan plyonka materiallar- ning massasi 130±4 g/m2, qalinligi 0,17 mm bo‘lgan qog‘oz ishlatiladi. Ammo keyingi vaqtlarda yuqori sifatli taxtalar olish imkoni bo‘lganligi sababli massasi 100±3 g/m2, qalinligi 0,15 mm bo‘lgan qog‘ozlar ham ishlatila boshlandi. Bulardan tashqari, ko‘p qavatli presslardan foydalanilganda qatlamosti plyonkalari qo‘llaniladi; ulami tayyorlashda qog‘ozning past navli B2 va B2 markalaridan (ГОСТ 81-72-73) foydalaniladi. Bu qog‘ozlaming massasi mos ravishda 80±2 g/m2 va 150±6 g/m2, qalinligi esa 0,15— 0,17 mm va 0,26—0,29 mm orasida bo‘ladi. Bir qavatli presslardan foydalanilganda plyonkalar massasi 80 g/m2. li qog‘ozlardan tayyor- lanadi va bunda qatlamosti plyonkasi qo‘yilmaydi.

  1. Shimdirilgan smola to‘liq qotgan list materiallar

Tarkibidagi smola to‘liq qotgan qog‘oz asosli plyonkalarni awalgidek mebel sanoatida list ko‘rinishidagi material sifatida ishlatib kelinar edi. Ular kerakli o‘lchamdabichilar, so‘ngra xuddi yog‘och shponi singari qoplanar va pardoz qilinardi. Shuning uchun list ko‘rinishidagi materiallarning dastlabki turlari «sin- tetik shpon» deb nom oigan.
Smolasi to‘liq qotgan plyonka materiallaming qattiqligi va mo‘rtligi ulami o‘ram qilib yig‘ishga imkon bermaydi, aks holda ular sinadi. Tavsifiga ko‘ra list ko‘rinishidagi plyonkalar А, В, C va D tiplarga bo‘linadi.
A va D tipdagi plyonkalar uchun oddiy shimiluvchi 1, 2, 3 tarkiblar (9, 10, 11-jadvallarga qarang) qo‘llaniladi. В tipdagi plyonka uchun modifikatsiya qilingan 5, 6, 8-tarkiblar ishlatiladi va ularga poliefir emulsiyasi qo‘shilgan bo‘ladi.
C tipdagi plyonka yelimli smola asosida olingan oddiy (mo­difikatsiya qilinmagan) shimuvchi 4-tarkib yordamida shimdiri- ladi. Tayyor plyonkalaming tavsifi 9-jadvalda keltirilgan.
Yetarli miqdorda smolasi bo‘lmagan A va C tipdagi plyonkalar, albatta, pardoz qilinadi, chunki ulaming sirtida amalda himoya parda qatlami bo‘lmaydi. Tarkibida smola miqdori yetarli bo‘lgan B, D plyonkalari sirtida yupqa himoya parda qatlami bo‘lib, ular asosan, mebel ichki sirtlarini pardoz bermasdan qoplash uchun ishlatiladi. Taxta plyonkalar material sirtiga yelim surkab, xuddi yog‘och shponi kabi qoplanadi. So‘ngra zarur bo‘lsa, ustidan lok surkalishi mumkin.
9-jadval

Download 1.11 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   81




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling